Namangan davlat universiteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana15.05.2021
Hajmi0,8 Mb.
#64408
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani boyicha maruzalar matni

Populyatsiyalar 
dinamikasi. 
Populyatsiyalar 
ekologiyasi 
zararkunandalarning  ko’payishini  oldindan  aniqlaydi  va  unga  qarshi  kurash 
yo’llarini  ishlab  chiqadi.  U  turlarning  kritik  soni  va  yashovchanligini  o’rganadi. 
Populyatsiyadagi  organizmlar  sonining  dinamikasi  uzoq,  vaqt  muddat  davomida 
kuzatishlar  olib borib, uning tashqi muhit  omillariga  bog’liqligi  aniqlanadi.   
Populyatsiyalar 
ekologiyasining 
predmeti 
populyatsiyaning 
tuzilishi, 
dinamikasini,  yoshi  va  jinsini  o’rganishdan  iborat.  CHunki  ular  hosildorlik  va 
ko’payish  xarakterini  ko’rsatadi,  bu  esa  yashash  sharoitiga  moslashish  kriteriyasi 
bo’lib, o’lish bilan ko’payish o’rtasidagi nisbatan belgilaydi. 
Populyatsiyaning  muhim  xususiyatlaridan  biri,  o’zini  son  jihatidan  idora 
etishdir.  Ayni  sharoitda  individlar  optimal  sonning  individlar  saqlanib  turilishi 
populyatsiyaning  gomeostazi  deyiladi.  Ta’rifdan  ko’rinib  turibdiki  populyatsiya 
guruhiy  birlashma  hisoblanadi.  Individlar  o’rtasida  aloqalar  bo’lishi  bilan  birga, 
ularning  yashab  turgan  joylari  bilan  ham  aloqalari  mavjud.  Guruhli  hayot  tarzi, 


populyatsiya  uchun  o’ziga  xos  xususiyatlarni  keltirib  chiqaradi.  Bunday 
xususiyatlar  quyidagilardan  iborat:  populyatsiyaning  soni,  zichligi,  tug’ilishi, 
o’lishi, populyatsiyaning  o’sishi, o’sish sur’ati, biotik potentsiali  va boshqalar. 
Individlarning  ma’lum  xududda  tarqalishi,  jinsi  va  yosh  bo’yicha nisbatlari, 
morfologik,  fiziologik  xulqi  va  genetik  xususiyatlar  populyatsiyaning  tuzilmasini 
ifodalaydi. 
Populyatsiyadagi  individlar  bir—biridan  yoshi,  jinsi,  o’zaro  chatishadigan 
avlodlariga  hayot  tsiklining  turli  fazalar  va  guruhchalarga  (poda,  koloniya  va 
boshqalar)  mansubligi  bilan  farq  qiladi.  Har  qanday  tur  populyatsiyalar  tizimidan 
tarkib  topadi.  Uning  tuzilmasi  esa  individlarning  harakatlanishi  yoki  ma’lum 
xududga  bog’liklik  darajasi,  tabiiy  to’siqlarni  yengib  o’ta  olish  kabi  biologik 
xususiyatlari 
bilan 
belgilanadi. 

doimiy  emas.  Populyatsiyalar  ichida 
organizmning  o’sishi,  turilishi  va  boshqa  ko’pgina  sabablarga  ko’ra,  ya’ni  tashqi 
muhitning  o’zgarishi,  dushmanlar  sonining  o’zgarishi  kabi  qator  omillarga  bog’liq 
holda o’zgarish vujudga  keldi. 
Populyatsiyaning  jins  tuzilmasi,  turli  yosh  va  guruhlardagi  erkak  va 
urg’ochi  individlarning  soni  orqali  ifodalanadigan  nisbatidir.  Populyatsiyadagi 
jinslar  nisbati,  birinchidan,  jinsiy  xromosomalarning  qo’shilishiga,  ya’ni  genetik 
qonuniyatlarga  bog’liq.  Ikkinchidan,  unga  ma’lum  darajada tashqi muhit xam ta’sir 
etishi  mumkin.  Populyatsiyaning  evolyutsiyasi  uchun  urg’ochi  organizmlarning 
soni  muhim  ahamiyatga  ega,  Masalan,  odamlar  populyatsiyasining  potentsial 
o’sishi,  o’smir  va  qariyalar  emas,  15  yoshdan  35  yoshgacha  bo’lgan  ayollar 
hisobiga to’g’ri keladi. 
Populyatsiyadagi  individlarning  nobud  bo’lishi  va  jinslar  nisbati  amaliy 
ahamiyatga  ega. 
Populyatsiyaning  yosh  tuzilmasi  qayta  tiklanish  jadalligi,  nobud  bo’lishi 
darajasi  va  nasllar  gallanishining  tezligi  kabi  muhim  jarayonlarni  ifodalaydi.  U 
aniq  sharoitga  qarab,  har  bir  populyatsiya  uchun  turning  genetik  hususiyatiga 
bog’liq bo’ladi. Yosh tuzilmasi  har xil  usullarda  ifodalanadi. 


Populyatsiyani  boshqarish,  foydalanish,  monitoring  va  muhofaza  vositasi 
bo’lib  xizmat  qiladi.  CHunki  populyatsiya  sonining  boshqarilishi  tabiatda 
kuzatiladi,  uning  bir  qismi  olinganda  u  yana  tiklanadi.  SHuning  uchun 
populyatsiyani  boshqarish  muhofaza  vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi.  U  monitoring 
vositasi  ham,  chunki  tur  emas,  ularning  populyatsiyasini  kuzatish  kerak.  Muhofaza 
qilganda  esa  populyatsiyalarni  muhofaza  qilish  orqali  o’simlik  va  hayvon  turlarini 
saqlab qolish mumkin. 
Hozirgi  vaqtda  antropogen  omillar  ta’sirida  tabiiy  o’simliklar  jamoasida 
ba’zi  bir  ko’p  iste’mol  qilinadigan  dorivor  va  yem-xashak  o’simliklarining 
populyatsiyalaridagi  organizmlar  meyorsiz  foydalanish  natijasida  yo’qolib 
ketmokda.  Masalan,  mollar  ko’p  yeydigan  yem  —xashak  o’tlari  meyorsiz 
foydalanish  natijasida  Angren  adirlari  va  boshqa  joylarda  kamayib  bormoqda, 
ularning  joyini  esa  termopsisga  o’xshagan  mollar  iste’mol  qilmaydigan  o’simliklar 
populyatsiyasi  egallamoqda.  SHuning  uchun  foydali  o’simliklar  populyatsiyasini 
saqlab  qolishda  populyatsiyalarni  monitoring  yo’li  bilan  kuzatish  kerak  va  foydali 
o’simliklar  populyatsiyasining  tiklanishi  uchun  tabiatdan  me’yorda  foydalanish 
kerak. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish