Er yuzida tirik moddaning asosiy sayyoraviy funktsiyasi fotosintez jarayonida
quyosh energiyasini bog’lash va uni zaxiraga o’tkazishdir.
Organizmlar tog’
jinslarining nurashida, tuproq hosil bo’lishida, relьef
shakllarini o’zgarishida, yonilg’i qazilma boyliklarning paydo bo’lishida va
atmosferaning hozirgi tarkibini vujudga keltirishda katta rol o’ynaydi.
To’xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga
solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi biosferaning o’ziga xos
belgisidir. Atmosferada sarf bo’ladigan kislorod o’rnini fotosintez va boshqa
jarayonlar natijasida to’ldirib turiladi. O’simliklar karbonat angidridni yutib,
organik mahsulot yaratadi.
Biosferada suvning almashinuvida tirik moddalar katta rol o’ynaydi.
Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni
aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to’xtovsiz
aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta.
Biotik aylanishda million tonnalab fosfor va azot, katta miqdordagi kaliy,
kalьtsiy, temir hamda juda ko’p miqdorda suv ishtirok etadi.
Suvning aylanishida bug’lanish, transpiratsiya jarayonlari muhim rol
o’ynaydi. O’simliklarning yer ustki qismlari tomonidan suvning bug’lantirilishi
ko’tarish kuchini hosil qiladi, tuproqdan eritmalarni oladi. Ular o’simlikni suv
bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Suv tuproqdan bug’ holatida
atmosferaga ko’tarilib, soviydi, keyin kondensatsiyalanib, yomg’ir holida u yana
quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi.
Biosferada uglerod ham davriy aylanadi(11-rasm.). Atmosferada 0,03%
SO
2
bor. Fotosintez jarayonida o’simlik atmosferadan SO
2
ni yutadi va organik
modda hosil qiladi va oziq zanjirlari orqali hayvonlarga o’tadi. Uglerod
o’simliklar va hayvonlarning nafas olishi va boshqa jarayonlarda ajralib chiqadi.
V.I.Vernadskiyning bo’yicha, tirik organizmlar biosferada kimyoviy
elementlar migratsiyasi (ko’chib yurishi)ning asosiy omillaridir. Bu migratsiyani
ikkita qarama —qarshi, ammo, o’zaro bog’langan jarayon keltirib chiqaradi: 1)
quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib
topishi; 2) organik moddalarning energiya ajralib chiqishi bilan birga davom
etadigan yemirilishi. Bunday yemirilish jarayonida organik moddalar mineral
moddalarga aylanadi.
Turli moddalarning migratsiya qobiliyati mutlaqo bir xil emas. Lekin
davriy sistemadagi kimyoviy elementlarning ko’pchiligi biosferada faol ravishda
migratsiyalanish qobiliyatiga ega. Bunday faol migrantlarni ikki gruppaga bo’lish
mumkin:
1,Havo migrantlari — ular migratsiya jarayonida gazsimon fazani bosib
o’tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod).
2. Suv migrantlari — oddiy yoki kompleks ionlar, yoxud molekulalar
tarzida migratsiyalanuvchi elementlar. Bular jumlasiga Na, F, S, Cl, K kabi
elementlar, kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |