Aksionerlik jamiyati - daromad topish maqsadida
hissadorlik qoidalari asosida uyushgan sherikchilik jamiyati. Dividend (lotincha - taqsimlanadigan narsa) - aksiya- dorlar jamiyati foydasining aksiya egasiga har yili berila- digan va uning daromadiga aylanadigan qismi. Savdo monopoliyasi - savdo sohasida tanho hukmronlik qiluvchi tashkilotlar. Negosiant - ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi savdogar. Bu atama ko'pincha chet ellar bilan savdo qiladigan savdogarlarga nisbatan ishlatilgan. Patent (lotincha - ochiq, aniq-ravshan) - 1) biror-bir ixtironing davlat tomonidan e'tirof etilgani va ixtirochining o'z ixtirosiga olgan huquqini tasdiqlovchi hujjat; 2) savdo yoki ishlab chiqarish huquqi yoki imtiyozini beruvchi hujjat.