bozorlarda savdo haftasiga bir yoki ikki kun bo 'lardi. Shaharlarning о' sib
borishi bilan bozorlar har kuni ishlay boshladi.
XVII asrdan boshlab usti yopiq bozorlar qurilishi keng avj oldi. Bunday
bozorlarning eng yirigi Parij va London shaharlarida qurilgan.
Shu asr oxiriga kelib, bozor savdosi bilan d o ' k o n savdosi o'rtasida
raqobat vujudga keldi. Yangi davr bozorlarining yana bir о 'ziga xos tomoni
- bu tovarlarni uni ishlab chiqarganlarning о 'zlari emas, savdogarlikni kasb
qilib olgan kishilar tomonidan sotishning vujudga kelganligi edi.
O ' s h a davr manbalarida: « D o ' k o n l a r dunyoni egalladilar. Ular
shaharlarni yutib yubormoqdalar», - degan ibora yozilgan edi.
Shaharlar to 'xtovsiz о 'sib borayotgan bir sharoitda, ahyon-ahyonda
tashkil etiladigan yarmarkalar shahar ahoUsining talabini qondirolmay qoldi.
О 'rta asr yarmarkalari о 'z ahamiyatini yo 'qotdi. Shahar ahoUsining ehtiyojini
har kuni savdo qiluvchibozorginaqondira boshladi. Savdogarlarhayotiga,
mol-mulMga solinayotgan doimiy xavf-xatar ularni birlashishga majbur etgan.
Bu omil, o'z navbatida, savdo kompaniyalari sonining ko'payishiga olib
kelgan. Kompaniya a'zolari uning faoliyati uchun o'z mol-mulklari bilan
javobgar edilar. Shu tariqa dastlabki
aksionerlik jamiyatlari tashkil topgan.
Savdo-sotiqning rivojlanishi, kompaniyalar qudratining oshishi oqibatida
savdo
monopoliyalari vujudga keldi. Bu hodisa ham yangi davrning muhim
belgilaridan biri edi.
Jahon savdosi. Gollandiya va Angliya j a h o n savdo-sotig'ining
markazlariga aylandi. Dengiz osha savdo qilish ingliz savdogarlarini
h a m kompaniyalarga birlashishga majbur etgan.
Angliyaga chetdan qalampir oUb keUsh huquqi faqat «Ost-Indiya» kom-
paniyasiga berilgan. Kompaniya qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi
boylikka ega bo 'ldi. Natijada о 'z aksiyadorlariga hatto 500% gacha miq-
dorida dividend h a m to 'lay boshladi. Angliyaga paxta olib kelish huquqi
esa «Levantiy» kompaniyasiga berilgan. Bu kompaniya ayni paytda О'rta
Yer dengizi mamlakatlari bilan savdo qilish huquqini h a m qo 'lga kiritgan.
Rossiya bilan savdo aloqasi olib borishga «Moskva» kompaniyasi haqli
edi.
Bankirlar, dallollar, qassoblar, pivo tayyorlovchilar va hatto eng
mashhur dvoryanlargacha - h a m m a qaysidir bir kompaniyaning aksiya-
dori edilar. Hatto qirollar h a m bundan mustasno emasdilar. Ayni paytda
ular savdo kompaniyalari tashkil etilishiga qarshilik qilmaganlar. Chunki
k o m p a n i y a tashkil etish uchun berilgan
patent xazinaga j u d a katta
16
miqdorda daromad keltirar edi. Bundan tashqari, savdo kompaniyalari
o ' z l a r i g a u z o q mamlakatlarda Angliya manfaatlarini h i m o y a qilish
majburiyatini h a m olar edilar. X V I I asr boshlarida Angliya savdo
kompaniyalari Erondan Shimoliy Amerikagacha, Shvetsiyadan Hin-
distongacha bo 'lgan juda katta hududni о 'z ta'sirida tutgan. Hindiston va
Amerikaga tobora k o ' p r o q kirib borgan.
Qisqa vaqt ichida Angliya savdosining hajmi ikki barobar ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: