Plugni ish holatidan transport holatiga o‘tkazish uchun traktor osish mexanizmining
gidrotsilindridan foydalaniladi. Uning ko‘tarish qobiliyatini tekshirish uchun gidrotsilindr
shtogiga tushadigan kuchni aniqlashga to‘g‘ri keladi va shunga asosan osish mexanizmga
o‘rnatilgan gidrotsilindrning traktorga osilgan plugni transport holatga o‘tkazish qobiliyati
Plugni ish holatidan transport holatiga o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan,
traktorning osish mexanizmi gidrotsilindri ta’minlab beradigan kuchni N.E.
chuqurlikning yarmiga ishlov berishi; tupoqqa ishlov berishni tugatgan va transport
Plug maksimal chuqurlikda ishlov berish xolatidan yuqoriga ko‘tarilish jarayonida
gidrotsilindr shtogiga plugning og‘irligi va tuproqning qarshilik kuchlaridan tashqari
korpuslar ishchi sirtida joylashgan tuproqlarning og‘irligi ham ta’sir ko‘rsatadi. Plug
yuqoriga ko‘tarilgan sari tuproqning qarshilik kuchlari va og‘irligi kamayib boradi,
Korpus lemexlari tuproqdan chiqqan paytida faqat plugning og‘irligi ta’sir qiladi, xalos.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tayinlangan ishlov berish chuqurlikda shudgorlayotgan
plugni yuqoriga ko‘tarishga nisbatan, ushbu chuqurlikda ishlov berayotgan, lekin to‘xtab
turgan holda ko‘tarilsa, gidrotsilindr shtogiga ta’sir qiladigan kuch 10...15% ga ko‘proq
bo‘lar ekan. Plugning bunday holatida unga, uning ishlayotgan holatiga nisbatan
korpuslari ishchi sirtida joylashgan tuproqning og‘irligi hamda ishlov berilayotgan tuproq
qatlamlarni hali deformatsiyalanmagan qatlamlardan uzib olishga sarflanadigan qarshilik
kuchlari ta’sir qiladi. Ushbu holatda, plugni transport holatga o‘tkazishda osish mexanizm
gidrotsilindri shtogiga maksimal kuch ta’sir qiladi. Plug tuproqdan to‘liq chiqanidan keyin
esa bunday kuchlar plugni yuqoriga ko‘tarishda ishtirok etmaydi. Gidrotsilindr shtogiga
tushadigan kuchni aniqlash uchun ana shu holat qabul qilinadi va bunda plug bilan
ko‘tarilayotgan tuproqning og‘irligi plugning og‘irligiga teng deb olinadi. Hisobiy ishlarda
plugning og‘irlik markaziga ta’sir qiladigan kuchni Gpl + Gt
u
p
_
2
Gpl ga teng deb qabul
qilinadi.
Tezliklar planini ishdan to‘xtatilgan va endigina transport holatiga o‘tkazilaboshlagan
plugnining holati uchun quriladi (17-rasm) va gidrotsilindr shtogiga tushadigan kuch
aniqlanadi. Buning uchun tezliklar plani qutbini belgilab, undan
1-2
bo‘g‘inga parallel
chiziq o‘tkaziladi va unga
1-2
bo‘g‘inning uzunligini o‘lchab qo‘yiladi. Bu osish mexanizmi
pastki tortqisi 2-chi sharnirining Juqovskiy usulida belgilangan tezligining vektor kattaligi
- V
2
hisoblanadi. Qutbga osish mexanizmi bo‘g‘inlarining tezliklari nulga teng bo‘lgan
sharnirlari (sharnirlar 1, 4, 7, 10) ni joylashtiriladi.