Suv va mineral tuzlar, asosan,
organizmning ichki muhitini
tashkil etadi, qon plazmasi, limfa va to'qim alararo suyuqliklarning
asosiv qismini tashkil qiladi. Qonning suyuq qismida erigan ayrim
tuzlar, gazlarning qon bilan tashilishida ishtirok etadi.
Suv va mineral tuzlar hazm
shiralarining tarkibiga kiradi, chun
ki ularning ovqat hazmi jarayonidagi ahamiyatini aniqlab beradi.
Suv ham mineral tuzlar ham organizm uchun energiya manbayi
hisoblanmasada, ularning m o'tadil holatda organizmga kiritilishi
va chiqarilishi, uning m o'tadil faoliyati uchun zarur sharoit hi
soblanadi. В uning uchun voyaga y etgan
odamlar organizmining
tana og'irligining yaqin 65 % ni, bolalar organizmining esa 80 %
ni suv tashkil qilishini aytishni o'zi kifoya. Organizm tomonidan
suvning yo'qotilishi o g 'ir buzilishlarga olib keladi. Masalan, ema-
digan bolalarning ovqat hazmining buzilishida organizmni suvsiz-
lanishi juda xavfli, oqibatda
muskullarning tortishishi, hushdan
ketish holatlari kuzatiladi. Odamlarga bir necha kun davomida suv
bermaslik o 'lim bilan tamom bo'ladi.
Suv almashinuvi.
Odam tanasining suv bilan to 'lig 'ic h a ta ’min-
lanishi, uning ovqat hazmi tizimidan doimiy ravishda surilishi hiso-
biga amalga oshadi.
Odamlar uchun m o'tadil ovqatlanish tartibida va atrof-muhitning
m o'tadil haroratida bir kecha-kunduzda 2-2,5 / suv talab qilinadi.
Bu miqdordagi suv quyidagi manbalardan olinadi: 1) Ichiladigan
suvlardan (1 / ga yaqin), 2) Ovqatlar tarkibida saqlanadigan suvdan
(1
I
ga yaqin) oqsillar, yog'lar va uglevodlar
alashinuvi natijasida
organizmda hosil bo'ladigan suvlardan (300-500 ml).
Organizmdan suvlarni haydovchi asosiv a ’zolar b o ‘lib buyrak-
lar, ter bezlari, o ‘pka va ichaklar hisoblanadi. Buyraklar orqali bir
kecha-kunduzda siydik tarkibida 1,2-1,5
I
suv organizmdan
chiqa-
riladi. Ter bezlari bilan bir kecha-kunduzda teri orqali ter shakli-
da 500-700 ml suv ajratiladi. Havo harorati va namligi m o'tadil
b o ig a n id a har daqiqada 1 sm2 teri yuzasidan 1 mg suv ajraladi.
O 'pka orqali suv bug'lari shaklida 350 ml suv ajraladi. Suvning
bu miqdori nafas olish chuqurlashganda va tezlashganda keskin or-
tadi va bir kecha-kunduzda 700-800 ml suv ajralishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ichaklar orqali najas bilan bir kecha-kunduzda suv chiqarili-
shi mumkin. Ichaklarning faoliyati
buzilganida katta miqdorda
suv chiqarilishi mumkin (ich ketish paytida) bu esa organizmning
suvsizlanishini keltirib chiqaradi. Organizmning m o'tadil faoliya
ti uchun eng muhimi xarajat b o ’lgan suvning o 'm in i to 'lig 'ic h a
to'ldiradigan suv tushishi zarur.
Agar organizmga tushayotgan suvning miqdori chiqarilayotgan
suvdan kam bo'lsa. bu paytda chanqoqlik seziladi. Iste’mol qilin
gan suvning miqdori bilan ajratilgan suvlar miqdorining o'zaro nis
bati suv muvozanatini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: