cha parchalangan uglevodlar qonga so'riladi va hujayralar tomoni-
dan o'zlashtiriladi. Ayniqsa. uglevodlarga non.
yormalar, sabzavot
va m evalar kabi o'sim lik oziqalar ju d a boy. Hayvonot dunyosi
mahsulotlari (sut bundan mustasno) juda kam miqdorda uglevodlar
saqlaydi.
Uglevodlar. ayniqsa. kuchli jism oniy ish bajarganda energiya-
ning asosiy manbayi hisoblanadi.
Voyaga yetgan odamlarning
organizmi uchun zarur bo'lgan energiyaning yarmidan ko'pini
uglevodlar hisobidan oladi. Uglevodlar parchalanishi natijasida
energiyaning hosil bo'lishi ham kislorodsiz muhitda, ham kislorod
ishtirokida amalga oshishi mumkin. Kislorodli muhitda uglevodlar
parchalanishining oxirgi mahsuloti bo 'lib karbonat angidrid
gazi va
suv hisoblanadi. Uglevodlar boshqa organik moddalarga nisbatan
juda tez parchalanadi va oksidlanadi.
O g 'ir musobaqalar paytida kuchli charchagan paytida bir necha
bo'lak qand iste'm ol qilinsa. organizmning holati vaxshilanadi.
Qon tarkibida glukozaning miqdori nisbatan doimiy darajada
(110 mg %) saqlanib turiladi. Glukoza miqdorining kamayishi tana
haroratining pasayishini chaqiradi. asab tizimi faoliyatining buzi-
lishiga. holsizlanishga olib keladi. Qon tarkibidagi qand m iqdori
ning doimiy darajasini ta'm inlashda jigar katta rol o'ynaydi. Gluko
za miqdorining ortishi uning jigarda zaxira hayvon
kraxmali - gli-
kogen shaklida o'tirishini chaqiradi. Qon tarkibidagi qand miqdori
kam ayganida jigar tom onidan glikogenning glukozaga aylantirili-
shi yuz beradi. Glikogen faqatgina jigarda hosil b o ‘lmasdan. balki
muskullarda ham hosil bo'ladi va u yerda 1-2 % gacha jam lanishi
mumkin. Glikogenning jigardagi zaxirasi 150 g gacha yetadi. Och-
lik paytida va jismoniy ish bajarganda bu zaxiralar kamayadi.
Agarda qon tarkibidagi qandning miqdori 0,175 gacha ortsa. u
organizmdan siydik bilan chiqariladi. Odatda, bu holat ovqatlar bi
lan katta miqdorda uglevodlar qabul qilganda yuz beradi.
Shundav
bo'lsada qondagi qandning miqdori o 'z holiga qaytib tenglashadi.
Lekin qon tarkibidagi qandning miqdori turg'un holda ko'taril-
gan - oshgan bo'lishi mumkin. bu esa sekretsiya bezlari faoliyati
buzilganida (ayniqsa, m e'daosti bezi) yuz beradi, chunki bu qandli
www.ziyouz.com kutubxonasi
diabetning rivojlanishiga olib keladi. Bu kasallik paytida to'qim a-
lar qandning o'zlashtirish xususiyatini y o ‘qotadi hamda uni gliko-
genga aylantirish va jigarda jamlanishi ham buziladi.
Shu sababli
qondagi qandning miqdori doimo ko'tarilgan, bu esa uning siydik
bilan kuchli ajralishini chaqiradi.
Glukozaning organizm uchun ahamiyati uning energiya man-
bayi ekanligi bilan tamom b oim ayd i. U sitoplazm atarkibiga kiradi
va demak, ayniqsa, o'sish davrida yangi hujayralar hosil bo'lishi
uchun zarur. Uglevodlar nuklein kislotalar tarkibiga ham kiradi.
Uglevodlarning markaziy asab tizimidagi moddalar almashinu-
vida ham ahamiyati ju d a kattadir. Qon tarkibida qandning miqdori
keskin kam ayganida asab tizimi faoliyatida
keskin buzilish kuzati-
ladi. M uskullarning tortilishi, alahsirash, hushini yo'qotish, yurak
faoliyatining o'zgarishi boshlanadi. Agarda bunday odamning qo-
niga glukoza kiritilsa yoki odatiy qand yedirilsa. m a’lum
muddat-
dan keyin bu o g 'ir sim.ptoml.ar yo'qoladi.
Ovqatlar tarkibida qand yoki uglevodlar bo'lm aganida ham qon-
da qand yo'qolm avdi. chunki organizmda oqsillardan va yog'lar-
dan ham uglevodlar hosil b o ia d i.
Turli a'zolarning glukozaga bo'lgan talabi har xil. Masalan. jigar
o'ziga kelgan glukozaning 12 % gacha bo'lgan miqdorini ushlab
qolsa, ichaklar - 9 %, muskullar - 7 %, buyraklar - 5 % ushlab qola-
di. Taloq bilan o'pkalar umuman glukozani o'zida ushlab qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: