38
S. Razin davri qo‘shiqlar tsiklining o‘ziga
xos tomonlariga suyanib, S.
Slonimskiy “Ozod ayol qo‘shig‘i”da kuy cho‘ziqligini, intonatsiyalarning ko‘p
variantliligini, intonatsiya qilishning o‘ziga xos usulini ifodalagan.
Kompozitor qo‘shiqlarga opera alomatlarini kiritadi. Ular dramatik
ko‘rinishlarga, ya’ni ba’zida monolog sahnalariga (“Bir nafas olib, o‘ylab ko‘r!”),
ba’zida dialoglarga (“Bilgan insoningni sev”) aylanib ketadi. Qo‘shiqdagi
muloyimlik va lirizm tabiiy kuch va jasoratlik bilan almashinib keladi.
G. V. Sviridovning asarlari
.
G. V. Sviridov 60-70-yillar boshida yaratgan
asarlarida “Kichik triptixda” (1965), “Qayg‘uli qo‘shiqlar” kantantalarida (1962),
“Qadimgi Rus”da (1964), “Kursk qo‘shiqlari”da (1964), A. K. Tolstoyning “Podsho
Fedor Ioannovich” tragediyasi musiqasida (1969), Yurlov xotirasiga bag‘ishangan
xor kontsertida (1974) o‘zi oldin topgan intonatsiya va obrazlilik tamoyillar rivojini
davom ettirdi va yangi sifatlar bilan to‘ldirdi.
Kursk oblastida tug‘ilgan G. Sviridov uchun yoshligidan tanish bo‘lgan
qo‘shiqlarning jonli ijrosini, xalq tilining musiqaviy poetikasini “Kursk qo‘shiqlari”
juda nozik did bilan aks etadi. “Kursk qo‘shiqlari” yagona syujet liniyasiga ega emas,
ammo ular ayollarning og‘ir mehnati haqida hikoya qilib beradi. Musiqiy material
o‘ziga xos harakat-duo vazifasini bajaradi (birinchi qism). Ba’zida
u bir joyda
jamlanib, nikoh to‘yidagidek sirli (uchinchi qism), ba’zida insonning keng fe’li va
kuchini (beshinchi qism) aks etadi. Xalq ichidan chiqqan ayolning his-tuyg‘ulari,
tasavvurlari aks etadi.
Variantlilik, maromning aniqligi, yagona intonatsion-garmonik tuzilish (tritonli
tetraxord, turli bosqichlarning septakkordlari), barcha qismlardagi orkestr rang-
barangligi asar yaxlitligini ta’minlaydi.
Barcha sanab o‘tilgan xususiyatlar kontrast qo‘shiqlarni lirik kantanta-poemaga
aylantiradi.
Y. Butskoning “Nikoh to‘yi qo‘shiqlari”
. Xalq qo‘shiqchiligining tabiati va xalq
tafakkuriga chuqur kirib borish Y. Butskoning “Nikoh to‘yi qo‘shiqlari”da seziladi
(1966). Kompozitor xalq
urf-odatlarining koloritini, rus kishisining psixologiyasini,
uning dunyo va dil go‘zalligi haqidagi tasavvurlarini ifoda etadi.
39
“Nikoh to‘yi qo‘shiqlari” rus ayolining taqdiri haqida hikoya qilib beradi. Unda
qayg‘uli va dramatik sahifalar mavjud, ammo umuman olganda qadimgi to‘y niqohi
urf-odati kabi obrazlar yorqin va go‘zaldir. Xalqning etika tushunchalari orqali Y.
Butsko folklorning musiqa tizimini qabulqiladi va undan foydalanadi. Kompozitor
xalq qo‘shig‘ining
oddiyligini va tabiiyligini, erkin davomli rivojlanishini saqlaydi.
“Nikoh to‘yi qo‘shiqlari”da iqtiboslar mavjud emas, uning musiqiy tili XX asrning
professional musiqasining turli vositalari
tizmlariga asoslansa ham, ammo u xalq
asaridek qabul qilinadi.
Glissando, ot choptirish, forshlaglar kabi ekspressiv
elementlar xalq tili
xarakterini chuqurroq va aniqroq ochib berishga imkon yaratadi. G. Sviridovning
“Kursk qo‘shiqlari”ga, Y. Butskoning “Nikoh to‘yi qo‘shiqlari” ga V. Salmanovning
“Oqqushcham” (1967) xor kontserti qo‘shiladi. Mazkur asarlar ham xalq matni
asosida yozilgan bo‘lib, xalq qo‘shiqchiligi san’atini noan’anaviy
xatlar texnikasi
bilan birlashtirgan.
Boshqa milliy madaniyatlarda qo‘shiq janri O. Taktakishvilining “Guriya
qo‘shiqlari”, Sh. Chalayevning “Lak qo‘shiqlari”, R. Boykoning “Vyatka
qo‘shiqlari”da keng taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: