O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saida kasimxodjayeva



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/107
Sana09.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#646988
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107
Bog'liq
fayl 1681 20210827

KOMPOZITORLAR VA FOLKLOR 
Tayanch so‘zlar:
Chastushkalar, poetik yondoshuv, maskalar teatri. 
 
R. Shedrinning “Sho‘x chastushkalar”
 
kontserti
. Xalq san’atining turli janr 
sohalari R.Shedrin ijodini qamrab oladi. Uning ijodi misolida “kompozitor va 
folklor” mavzusi haqidagi tasavvurni kengaytirish mumkin. Qayd etish lozimki, R. 
Shedrin folklor bilan 50-yillardan boshlab qiziqa boshlagan (fortepiano kontserti
simfoniya, “Bukri otcha” baleti) va chastushka uning eng yaxshi ko‘rgan janriga 
aylangan.
Mazkur aforistik janr oldin qayd etilganidek, o‘zining lo‘ndaligi, yorqin 
teatrlashtirilgan sahnalari va yumori bilan kompozitorning iqtidoriga yaqin bo‘lgan. 
Bu jihatlar S. Prokofyev va I. Stravinskiylar an’analarini davom ettiruvchi R. 
Shedrining usuliga o‘xshab ketadi. R. Shedrin ko‘proq chastushkalar bilan qiziqqan 
ijodining dastlabki paytida uning musiqasi maskalar teatrini, tomosha teatrini, I. 
Stravinskiyning “Petrushka” va S. Prokofyevning “Masxaraboz” teatrini eslatar edi.
Raqs va lirik chastushkalar mavzusiga asoslangan o‘tkir variatsiyali orkestr 
uchun yozilgan “Sho‘x chastushkalar” kontserti (1963) ana shunday edi. Jonli quvnoq 
teatrga yaqin bo‘lgan kontsertda lirikaga juda kam joy ajratilgan. Sho‘x va o‘tkir 
skertsoli chastushkalar ijrosining variantli rivojlanishi asosiy harakatni tashkil qilgan. 
Nomi musiqaga to‘liq mos keladi.
Ohanglardagi kutulmagan ranglar, musiqiy asboblarda tipik bo‘lmagan 
ko‘rinishda ijro etish uslublari asarga quvnoqlik bag‘ishlaydi. Asarni turli va har xil 
ritmik tashkillashtrilishi, kontsert mazmunini aks etuvchi asboblarda mohirona 
o‘ynash ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi.
S. Antonovning hikoyasi asosida yozilgan R. Shedrinning “Nafaqat muhabbat” 
(1961) operasida chastushkalar zamondosh obrazini ochib berishga xizmat qiladi. 
Chastushka komik, satirik, lirik, dramatik kabi turli xil janr ko‘rinishda, shuningdek, 
yakka ijroli va xor ijroli shakllarda taqdim etilgan. Kichik shakllar turli his-
tuyg‘ularni aks etishga qodirdir. Asarga liriko-psixologik tus beruvchi kengaytirilgan 
sahnalar ana shularga asoslangan. 


42 
R. Shedrin ijodiga taalluqli ikkita misol asosida ko‘rinadiki, chastushkalar 
kuchli o‘zgartirilgan, uning elementlari kompozitorning ifodaviy vositalariga 
aylangan edi.
Keyinchalik ular chastushkalar mavjud bo‘lmagan asarlarda barqaror bo‘lib 
qolgan edi. “Sho‘x chastushkalar” va Ikkinchi fortepiano kontserti tahlili misolida 
Tarakanov bu fikrni ishonarli darajada isbotlaydi. Uning fikricha, R. Shedrin folklor 
material bilan ishlayotgan paytda mavzuga oid bir talay materiallar topgan (223, 65) 
va u simfonik musiqani yaratishda unumli ishlatilgan. Chastushkaga yondoshishda
A. Blokning “O‘n ikkita” poemasi bilan o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Shoir ham 
chastushkaga asoslanib, uning maromini o‘z she’rida ishlatgan. Bu holatda janr 
funksiyasi o‘zgarib, u mohiyatan past janr bo‘lgan shahar epigrammasidan ijtimoiy-
falsafiy darajagacha ko‘tarilgan. Ma’lum darajada chastushkani murakkab simfonik 
harakatga tenglashtirish janrning shunga o‘xshash ko‘tarilishi haqida dalolat beradi. 
Mazkur xususiyat flklor yo‘nalishida umumiy hisoblanadi.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish