125-masala.
69 yoshli bemor birinchi marta harakat qilganda stenokardiya xuruji
bulganligi uchun poliklinkkaga kelgan. Bemor ish joyida yurak ishemiya kasalligi bilan 10
yildan beri vrach nazoratida yurishini aytadi. Keyingi yillarda yurak
sohasida sistolik shovqin
bo‘layotganligi bemor diqqatini tortadi. Ob’yektiv tekshirilganda: ko‘krakning o‘ng tomonida II
qovurg‘aning to‘sh suyagiga birikkan joyida, uyqu arteriyasida dag‘al sistolik shovkin eshitilib,
ugla joyda titrash seziladi. Tomir urishi minutiga 66 marta, ritmik A/B—200/90 ga teng. Yurak
yetishmovchiligi belgilari yo‘q. Exokardiografiya yurak chap korinchasi devori qalinlashgani,
aorta qopqoqlari to‘liq ochilmayotganligi va ularga kalsiy o‘rnashganiki aniqlaydi. Vrach aorta
qopqoqlari yetishmovchiligi bor deb uylaydi.
1. Qanday tashxis qo‘yilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) aorta qopqoklarining kuchli yetishmovchiligi;
b) aorta kopqoklarining bir
oz yetishmovchiligi;
v) aorta teshigining kuchli stenozi;
g) mavjud ma’lumotlar kuchli aorta kopqoqlari
yetishmovchiligi borligini
tasdiqlamaydi;
d) aorta qopqoqlari oldidagi gradiyent bosimini o‘lchash kerak.
126-masala.
55 yoshli bemor revmatizm kasalligi natijasida aorta qopqoklari
yetishmovchiligi borligi uchun kasalxonaning revmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bemorda
kasallik 30 yoshida boshlangan, bu uning harakat qilishini chegaralamagan. 50 yoshida stenokar-
diya bilan kasallangan, 52 yoshida esa ozgina jismoniy zo‘riqishdan xansirash sezadi (yurak
glikozidlari, siydik haydovchi dorilar ichadi, uzi nogiron). Oxirgi 6 oy ichida hansirash kamayib,
oyoqlari shishgan va o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq seza boshlagan. Obyektiv tekshirilganda bo‘yin
venalari bir oz bo‘rtgan, tnnch turganda hansirash sezilmaydi, yurak uchi turtkisi VII qovurg‘a
oralig‘ida, old ko‘ltik osti chizig‘ida kuchaygan. Tomir urishi minutiga 90 marta, ritmik, A/B—
130/0. Jigarining pastki qirg‘og‘i qovurg‘a ostidan 6 sm pastga tushgan, oyoqlarida ozroq shish
bor, qon analizi normada.
1. Bemorni kardioxirurgiya bo‘limiga o‘tkazish
haqida muxokama ketyapti;
2. Qaysi muxokama natijasi to‘g‘ri hisoblanadi?
a) kasallik yaxshi kechayotganligi uchun operatsiya qilishga xali erta (xansirash
kamligi uchun).
b) anchadan beri yurak miokardi kasal bo‘lganligi uchun operatsiya qilish
mumkin emas;
v) operatsiya qilishning ayni
vaqti kelgan;
g) yoshi kattaligi uchun operatsiya qilish mumkin emas;
d) yurak glikozidlari va siydik xaydovchi dorilar berilpb, ahvoli yaxshilangandan
keyin operatsiya qilish masalasi xal kilinadi.
3. Nima uchun bemorda hansirash kamaygan?
Do'stlaringiz bilan baham: