112-masala.
28 yoshli G. ga tuqqanidan bir hafta keyin (qisqich qo‘yilgan) isitmasi
ko‘tarilganligi uchun penitsillin buyurilgan. Isitma penitsillin ta’sirida tushmagan, aksincha
yo‘talib yiringli balg‘am ajrata boshlagan, qon tuflagan, hansirash paydo bo‘lgan, Bemor 5
yildan beri sistemali qizil volchanka kasalligi borligi sababli kuniga 10—15 mg dan prednizolon
ichib yurgan. Kasallik qaytalanganda esa prednizolon miqdorini 40 mg gacha oshirgan.
Antibiotiklar sulfanilamid va yallig‘lanishga karshi nosteroid dorilar bemorga yoqmay qolgan.
Obyektiv tekshirilganda bemorning ahvoli og‘ir, kuchli xavo yetishmaslik sezgisi bor,
o‘pkasining ikkala tomonida quruq va turli kattalikdagi nam xirillashlar eshitiladi. Oyoqlarida
shish paydo bo‘lgan, yurak qisqarishlari soni minutiga 100 marta, A/B—170/110 ga teng.
Rentgenologii tekshirilganda ikkala o‘pkasida ham infiltratli o‘zgarishlar bor. Qonda neytrofillar
ko‘paygan, ECHT—50 mm/soat, kreatinin miqdori — 0,6 mmol/l gacha ko‘paygan.
1. Bemorning ahvoli yomonlashishiga qanaqa kasallik sababchi bo‘lgan?
2. Quyida ko‘rsatilgan davolash usullarining kaysi biri qo‘llansa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) prednizolon dozasini 60 mg gacha ko‘paytirish kerak;
b) prednizolon dozasini oshirib, antibiotik be-rishni kuchaytirish zarur; v)
antikoagulyantlardan geparin va antibiotik-lar berish kerak;
g) izoniazid, PASK berish zarur;
d) gemobsorbsiya yoki plazmaforez qilish zarur.
113-masala.
65 yoshli ayol bir necha oydan beri qornida tarqoq og‘riq borligidan,
mushaklari bo‘shashishi (sochini qiynalib taraydi, zinapoyadan qiyinchilik bilan ko‘tariladi),
terisiga toshma toshayotganidan, isitmasi 37,8—38°S gacha ko‘tarilganidan shikoyat qiladi.
Obyektiv tekshirilganda: bel mushaklari paypaslanganda og‘riydi, qovog‘i osilgan (ptoz) yuz
terisiga, ko‘proq qovoqlariga eritemali toshmalar toshgan. Ichki a’zolarida kasallik yo‘q. Qonda
kand mikdori 8 mmol/l gacha ko‘paygan. Elektromiografiya usuli bilan tekshirilganda mushaklar
amplitudasining pasayganligi aniqlanadi.
1. Birinchi o‘rinda qanday kasallnk tug‘risida o‘ylash mumkin?
a) miasteniya;
b) dermatomiozit;
v) diabetik polineyropatiya;
g) sistemali sklerodermiya;
d) tugunli artrit.
2. Qasallikning xususiyatini bilish uchun kanaqa qo‘shimcha tekshirish usulini qo‘llash
kerak?
114-masala.
26 yoshli S. ning isitmasi birdaniga ko‘tarilib, antibiotiklar ta’sir qshshagan,
bo‘gimlarida, mushaklarida og‘riq bo‘lib, oyoq panjalari uvishgan. Ozgina vaqtdan keyin yo‘tal
paydo bo‘lib, kon aralash balg‘am ajralgan va nafas olishlari soni 30 ta gacha ko‘paygan.
O‘pkasida vezikulyar nafas asosida ikkala tomonda ham mayda pufakchali nam xirillashlar
eshitiladi. A/B—180/110 ga teng. Rentgenologik tekshirilganda o‘pkada qon tomirlar surati
kuchaygan, infiltratli joylar aniklanib, okargan joylar bilan almashib turganligi aniqlangan.
Qonda neytrofillar ko‘payib, miyelotsitlargacha siljigan. Siydik analizi: solishtirma og‘irligi—
10
10
, oqsil—1,65%, ko‘rish maydonida eritrotsitlar soni—8—10, silindrlar —
2
—4 ta.
Nevropatolog ko‘rib, ikki tomonlama polirit kasalligi bor deb tashxis qo‘ygan.
1. Qaysi tashxisni qo‘ysa to‘g‘ri bo‘ladi?
a) paraspetsifik o‘zgarishlari bo‘lgan o‘pka sili;
b) ikki tomonlama abssessli pnevmoniya;
v) o‘pka, buyrak, nervlarni kasallantiruvchi tugunli artrit;
g) sistemali kizil volchanka;
d) sepsis.
2. Bemorni davolash dasturini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: