M. A. Xujamberdiyev



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/113
Sana08.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#645356
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Bog'liq
ichki kasalliklar boyicha tibbiy masalalar (2)

138-masalaga javob. 
1. Isitma ko‘tarilishi, antibiotiklarga sezuvchanlik yo‘qligi, 
kamqonlik sindromi,
 
ECHT-ning ortishi (70 mm/soat), gematuriya va belda og‘riq bo‘lishi 
gipernefroma borligini bildiradi. Suyak ko‘migida plazma hujayralarining ko‘payishi ko‘pincha 
infeksiyali kasalliklarda, qo‘shuvchi to‘qimalarning diffuz kasalliklarida, xavfli o‘sma 
kasalligida va gipernefroma kasalligiga organizmning reaksiyasi hisoblanadi (I.A.Kassirskiy o‘z 
vaqtida bu simptomlarni yozgan). Bemor organizmida siydik-tosh kasalligining bo‘lishi 
surunkali piyelonefrit kasalligini kaytalantirishi mumkin, siydikda leykotsitlarning bo‘lmasligi, 
qaltirash, AG, penitsillinning foyda bermasligi va kamqonlik sindromining bo‘lishi piyelonefrit 
kasalligi yo‘qligini ko‘rsatadi. Kamqonlikning kuchayishi va ECHT ning juda ham 
tezlashganligi miyelom kasalligiga o‘xshaydi. Ammo plazmatik щujayralar borligi miyelom 
kasalligi emasligini ko‘rsatadi. Anamnezida va tekshirish vaqtida proteinlarning bo‘lmasligi, AB 
ning normada bo‘lishn, isitma ko‘tarilishi va buyrak yetishmovchiligining yo‘qligi surunkali 
glomerulonefrit kasalligiga o‘xshamaydi. Tugunli artritda butun sistema kasallanadi, A/B ortadi, 


yurak, o‘pka, asab sistemasi zararlanadi, bemor ozib ketadi, konda leykotsitlar mikdori 
ko‘payadi. 
2. Gipernefroma kasalligi borligini tekshirish uchun obzorli rentgenografiya, urografiya 
qilish, buyrakni angiografiya va kompyuterli tomografiya qilish. kerak. 
139-masalaga javob. 
1. Qaytalovchi korin og‘rishi xurujining bo‘lishi jarrohlik 
kasalligining yo‘qligi, plevrit va isitma kutarilishi, bemorning akasi va onasida shunday 
simptomlarning kuzatilishi, buyragida amiloidoz asorat qoldirgani millatga xos davriy kasallik 
ekanligini ko‘rsatadi. Bu kasallik nasldan-naslga o‘tadigan kasallik bo‘lib, qaytalab turadi. Seroz 
(plevrit, peritonit) va sinovial kavatni kasallantiradi. Ko‘pincha millatlarga (arman, yaxudiy) xos 
kasallikdir. Davriy kasallikda asosan bemorlar buyrak amiloidozi va surunkali buyrak 
yetishmovchiligidan vafot etishlari mumkin. Asosan kasallikni klinik ko‘rinishiga qarab (torakal, 
abdominal, isitmali va aralash) har xil tashxis qo‘yish mumkin, ya’ni o‘tkir o‘pka yallig‘lanishi, 
miokard infarkti, qovurg‘alar oralig‘i nervlari nevralgiyasi kabilarga gumon qilinib tashxis 
ko‘yish maqsadida laparatomiya qilinadi. Sistemali qizil volchanka kasalligiga o‘xshamaydi, 
chunki bo‘g‘imlar sindromi, terining zararlanishi, leykotsitlarning kamayishi aniqlanmaydi. 
Siydik sindromining borligi buyrak amiloidoziga o‘xshaydi, lekin o‘tkir piyelonefritga 
o‘xshamaydi (leykotsitlarning siydikda uncha ko‘p bo‘lmasligi, oqsilning ko‘payganligi).
2. Davriy kasallik ekanligini tasdiklash uchuk milkdan yoki to‘g‘ri ichakdan bioptat 
olinib, amiloidoz borligiga tekshiriladi. Amiloidoz ko‘pincha buyrakda bo‘ladi. Agar buyrakda 
amiloidoz borligi aniqlansa, davriy kasallik asorati ekanligini tasdiqlaydi. 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish