138-masalaga javob.
1. Isitma ko‘tarilishi, antibiotiklarga sezuvchanlik yo‘qligi,
kamqonlik sindromi,
ECHT-ning ortishi (70 mm/soat), gematuriya va belda og‘riq bo‘lishi
gipernefroma borligini bildiradi. Suyak ko‘migida plazma hujayralarining ko‘payishi ko‘pincha
infeksiyali kasalliklarda, qo‘shuvchi to‘qimalarning diffuz kasalliklarida, xavfli o‘sma
kasalligida va gipernefroma kasalligiga organizmning reaksiyasi hisoblanadi (I.A.Kassirskiy o‘z
vaqtida bu simptomlarni yozgan). Bemor organizmida siydik-tosh kasalligining bo‘lishi
surunkali piyelonefrit kasalligini kaytalantirishi mumkin, siydikda leykotsitlarning bo‘lmasligi,
qaltirash, AG, penitsillinning foyda bermasligi va kamqonlik sindromining bo‘lishi piyelonefrit
kasalligi yo‘qligini ko‘rsatadi. Kamqonlikning kuchayishi va ECHT ning juda ham
tezlashganligi miyelom kasalligiga o‘xshaydi. Ammo plazmatik щujayralar borligi miyelom
kasalligi emasligini ko‘rsatadi. Anamnezida va tekshirish vaqtida proteinlarning bo‘lmasligi, AB
ning normada bo‘lishn, isitma ko‘tarilishi va buyrak yetishmovchiligining yo‘qligi surunkali
glomerulonefrit kasalligiga o‘xshamaydi. Tugunli artritda butun sistema kasallanadi, A/B ortadi,
yurak, o‘pka, asab sistemasi zararlanadi, bemor ozib ketadi, konda leykotsitlar mikdori
ko‘payadi.
2. Gipernefroma kasalligi borligini tekshirish uchun obzorli rentgenografiya, urografiya
qilish, buyrakni angiografiya va kompyuterli tomografiya qilish. kerak.
139-masalaga javob.
1. Qaytalovchi korin og‘rishi xurujining bo‘lishi jarrohlik
kasalligining yo‘qligi, plevrit va isitma kutarilishi, bemorning akasi va onasida shunday
simptomlarning kuzatilishi, buyragida amiloidoz asorat qoldirgani millatga xos davriy kasallik
ekanligini ko‘rsatadi. Bu kasallik nasldan-naslga o‘tadigan kasallik bo‘lib, qaytalab turadi. Seroz
(plevrit, peritonit) va sinovial kavatni kasallantiradi. Ko‘pincha millatlarga (arman, yaxudiy) xos
kasallikdir. Davriy kasallikda asosan bemorlar buyrak amiloidozi va surunkali buyrak
yetishmovchiligidan vafot etishlari mumkin. Asosan kasallikni klinik ko‘rinishiga qarab (torakal,
abdominal, isitmali va aralash) har xil tashxis qo‘yish mumkin, ya’ni o‘tkir o‘pka yallig‘lanishi,
miokard infarkti, qovurg‘alar oralig‘i nervlari nevralgiyasi kabilarga gumon qilinib tashxis
ko‘yish maqsadida laparatomiya qilinadi. Sistemali qizil volchanka kasalligiga o‘xshamaydi,
chunki bo‘g‘imlar sindromi, terining zararlanishi, leykotsitlarning kamayishi aniqlanmaydi.
Siydik sindromining borligi buyrak amiloidoziga o‘xshaydi, lekin o‘tkir piyelonefritga
o‘xshamaydi (leykotsitlarning siydikda uncha ko‘p bo‘lmasligi, oqsilning ko‘payganligi).
2. Davriy kasallik ekanligini tasdiklash uchuk milkdan yoki to‘g‘ri ichakdan bioptat
olinib, amiloidoz borligiga tekshiriladi. Amiloidoz ko‘pincha buyrakda bo‘ladi. Agar buyrakda
amiloidoz borligi aniqlansa, davriy kasallik asorati ekanligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |