MITRAL KLAPAN YETISHMOVCHILIGI 127-masalaga javob. 1. Yakka xolda mitral klapaag yetishmovchiligi kam uchraydi.
Amaliyotda yurak yetishmovchiligi tashxisini qo‘yish qiyin bo‘lganda bundash tashxis qo‘yiladi.
Eshitib va rentgenologik yo‘l bilan tekshirilganda, yurakning chap qorinchasi tukillatib
ko‘rilganda kattalashgani yaxshi aniqlanmaydi. Agar ko‘p yildan beri yurak qopqoqlari
yetishmovchiligi mavjud bulsa (sistolik shovqin 4 yildan kam bo‘lmasa) chap bo‘lmacha sezilarli
darajada kattalashgan bo‘ladi.
2. Agarda qizilo‘ngachga kontrast modda yuborib rentgenda tekshirish ham xulosa
qilishga yordam bermasa, u holda bemorni exokardiografiya qiladigan muassasalarga yuborish
kerak. U yerda yurakning chap qismi o‘lchamlari va qopqoqlarining o‘zgarganligi aniqlanadi.
Jarrohlik yo‘li bilan dano qilinganda qanchalik o‘zgarish borligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Uncha
kuchli o‘zgarish bo‘lmaganda operatsiyasiz davolash mumkin.
128- masalaga javob. Ayolning ahvoli yomonlashishi bo‘lmachalar hilpillashini keltirib
chiqargan revmatik mitral stenozga o‘xshaydi.
2. Qizilo‘ngachga kontras modda yuborib yurakni rentgenoskopiya qilish va
exokardiografnya qilish tashxisni tasdiqlaydi va yurak qopqoqlari yetishmovchiligi qay darajada
(bo‘limlar o‘lchami va kichik kon aylanilishidagi dimlanish belgisiga qarab) ekanligini
aniqlaydi. Tekshirish paytida revmatizm faollagi xam aniqlanadi.
129-masalaga javob. 1. Yurak qopkoqlari yetishmovchiligi uzoq vaqtdan beri davom
etayotganligi, bo‘lmachalarning sezilarli darajada kattalashishi, yurak mushaklari ahvolining
yomonligi, hilpillashi doimiyligi sababli yurak ritmini tiklab bo‘lmaydi. Bunday vaqtda yurak
ritmini maromiga keltirish juda qiyin bo‘ladi (xinidinning yukori dozasini va kuchli elektr
fazryadini berish kerak. Yurak ritmi maromiga kelgan taqdirda ham kasallik kaytalanishi va
kilingan harakatlar befoyda bo‘lishi mumkin. Anamnezida trombozboliya bo‘lsa kiska vaqtga
ritmni maromga keltirish qayta tromboemboliya xavfini tug‘diradi.
2. Bunday yetishmovchilikda mitral va aorta qopqoqlari o‘rniga protez kopkoklar
qo‘yiladi. Qardiomegaliya va yurak yetishmovchiligi (kamida ikki yil bo‘lgan bo‘lsa) yurak
mushaklari yomon axvolda ekanligini ko‘rsatadi. Bunday holda operatsiya yo‘li bilan yurak
illatlari yo‘qotilsa ham qon aylanishi yaxshilanmaydi. Foydali operatsiya qilish vaqti qo‘ldan
boy berilgan hisoblanadi. Bemorning axvolini yaxshilash uchun parhez tutish, jismoniy harakat
qilmaslik va doimiy ravishda (digoksin bilan) davolanish kerak, buni bemorga tushuntirish zarur.