38
5A320201 - «Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari
(ishlab chiqarish bo‘yicha)
Tuzuvchi:
Axmedov X.I.– «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent
Isayev D.T.– «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi assistenti
Taqrizchi:
Sharipov A.J.– NKMK NMZ ICHB bosh texnolog o‘rinbosari
Kirish
O‘zbekistonimizni har tomonlama rivojlantirish uchun yetuk kadrlarni tayyorlash,
ularga ilm-fanning eng ilg‘or yutuqlari orqali bilim berishda Prezidentimiz aytganlaridek
«kuchli ruhiy quvvat beradigan milliy madaniyatimiz, Sharq falsafasining hayotbaxsh va
teran buloqlaridan bahramand bo‘lish muhimdir».
Muhtaram o‘quvchi, mustaqillikka erishilgandan buyon o‘tgan
qisqa davrdagi
yutuqlarimizni rivojlantirish uchun sizlardan chuqur bilim olishlaringni va kelajakda
jahon bozoriga «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» tamg‘asi bilan sifatli, raqobatbardosh
mahsulot bilan chiqishlaringni talab qiladi.
Ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga yangi texnikani etkazib beradigan
mashinasozlik mamlakatning texnik jihatdan rivojlanishini belgilaydi va yangi mustaqil
respublikamizning moddiy bazasini yaratishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Shuning
uchun mashinasozlikni rivojlantirishga har doim ham birinchi darajali ahamiyat berilgan
va berilmoqda. Mustaqillikning birinchi yillaridanoq Asakada «UzDAEWOOAvto»
qo‘shma korxonasining qurilishi va bu korxonada engil avtomobillarni, Samarqandda
«SamKo`chAvto» qo‘shma korxonasida mikroavtobus va yuk tashuvchi avtomobillarni
ishlab chiqarila boshlanishi va boshqalar bundan dalolat bermoqda.
Yuqori
unumdorli, avtomatlashtirilgan va Yuqori aniqlikka ega bo‘lgan
takomillashgan yangi mashinalarni fanning eng yangi yutuqlari asosida uzluksiz ravishda
yaratish Yuqori malakali chuqur bilimga ega bo‘lgan va yangi texnika va ishlab chiqarish
texnologiyasini mukammal biladigan mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi.
Mashinasozlik texnologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanishi texnologik va
texnik fanlarning majmuasiga keng ko‘lamda tayanadi. O‘quvchi konstruksion
materiallar texnologiyasi,
materialshunoslik, metrologiya, o‘zaro almashinuvchanlik va
standartlashtirish sohasida yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lishi hamda mashinalarni
loyihalash asoslari bo‘yicha kursni to‘liq bilishi kerak.
«Mashinasozlik texnologiyasi» fanining asosiy g‘oyasi
detallarni tayyorlashda va
mashinani yig‘ishda texnologik jarayonni ishlab chiqishni bilishdan iborat. Ushbu o‘quv
qo‘llanmada mashinasozlik texnologiyasining nazariy asoslari bayon qilingan,
mashinalarni ishlab chiqarish, mexanik ishlov berishda xatoliklar va ularni hisoblash
usullari, texnologik tizimlarning aniqlikka va unumdorlikka ta’siri,
mexanik ishlov
berishda aniqlikni ta’minlash, texnologik o‘lchamlarni hisoblash, mashinasozlikda
bazalash va bazalar, mexanik ishlov berishda qo‘yim qatlamlari
va tejamli texnologik
jarayonlarni loyihalash masalalari yoritib berilgan.
39
Magistraturaga kiruvchilarning bilim va malakalariga kuynladigan talablar.
Magistraturaga kiruvchi:
- 5320200 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chikarishlari
jixozlari va ularni avtomatlashtirish
bakalavriatta’lim yo‘nalishi
negizidagi umumiy
malakaviy kompetensiyalarni egallagan bo‘lishi kerak;
-
intellektual, madaniy, ma’naviy, jismoniy va kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish va
takomillashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi va bu qobiliyatni amalda qo‘llay bilishi;
-
o‘zining shaxsiy dunyoqarashi orqali ijtimoiy va shaxsiy kabi ahamiyatga ega
bo‘lgan muammolarni tushunishi va ularni tahlil qilishi;
-
o‘z faoliyatida me’yoriy huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;
-
mashinasozlik texnologiyasi, jihozlari va tizimlari
sohasida chuqur nazariy va
amaliy bilimlardan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
-
mashinasozlik
texnologiyasi,
jihozlari
va
tizimlari
sohasida
axborot
texnologiyalar yordamida mustaqil ravishda yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarni
mustaqil ravishda egallash va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish qobiliyatiga ega
bo‘lishi;
-
yangi g‘oyalarni yaratish va ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil olib borish
qobiliyatiga hamda ilmiy jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
faoliyatning ilmiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarida faol ishtirok etish
qobiliyatiga ega bo‘lish;
-
fikrlash madaniyatini egallagan bo‘lishi, og‘zaki
va yozma nutqini
argumentlangan holda aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
-
internet tarmog‘idan axbrotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy
metodlari, usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida
kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Do'stlaringiz bilan baham: