199
AGRAR SOHADA KONSALTING XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
N. Mardiev
–TDAU dotsenti, i.f.n.
J.Q. Raxmatova
- TDAU magistranti
Agrar iqtisodiyot sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jadal
rivojlanib
borar ekan, ichki va tashqi agrar bozorda xo‘jalik yuritish
sub’ektlarining – fermer va dehqon xo‘jaliklarining ko‘proq, arzon va sifatli tovar
ishlab chiqarish va iste’molchilarga taklif qilishga bo‘lgan intilishlari ko‘chayib
boradi. Bu jarayonda ularning moliyaviy holati, moddiy-texnika bazasining
qanchalik mustahkamligi
kabi omillardan tashqari, xizmat ko‘rsatish tizimining
mavjudligi hamda zarur axborotlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham eng yuqori
bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bu hol bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday
xo‘jalik yuritish sub’ekti kabi, fermer va dehqon xo‘jaliklari ham o‘z
faoliyatini
samarali yo‘lga qo‘yishi uchun ma’lum bir axborot va ma’lumotlarga, xizmat
ko‘rsatish tizimiga ehtiyoj sezishini ko‘rsatadi. Eng kerakli axborotlarga o‘z
vaqtida va muntazam ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaligi esa kuchli raqobat
sharoitida yashovchanlik va moslashuvchanlik xususiyatlarini saqlab qolgan holda
barqaror faoliyat ko‘rsata olishi mumkin.
O‘zbekiston tadbirkorlik sub’ektlarni professional qo‘llab-quvvatlashda
bugungi kunda bir necha mutaxassislardan iborat bo‘lgan yuzdan ortiq xususiy
konsalting firmalari xizmat ko‘rsatmoqda. Hozirda O‘zbekiston
konsalting
xizmatlari bozori ham o‘zining etuklik xususiyatlariga ega bo‘lib, jahon konsalting
bozoriga kirib bormoqda.
Dunyo mamlakatlarida agrokonsalting xizmatlari ko‘rsatish turli uschullarda
amalga oshiriladi, masalan YAponiya qishloq xo‘jaligi kooperativlari faoliyati
ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan kelgan daromad va a’zolik badallari
hisobidan,
davlat hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari vazirligi
tomonidan moliyalashtiriladi. Qishloq xo‘jaligi tizimida subsidiya tizimi mavjud
bo‘lib, umumiy xarajatlarining 30-35 foizi davlat tomonidan qoplanishi,
qishloq
xo‘jaligi kooperativlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini
kengaytirishga, xizmat turlarini ko‘paytirishga olib keldi, pirovardnatijada
fermerlarga turli AKXlari ko‘rsatish tizimining barqaror rivojlanishi ta’minlandi.
Respublikamizda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi
131
-son
qarori bilan Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi
va hisobotini yuritish
markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi [2].
Markazlar Prezidentning 2018 yil 2 iyuldagi
PQ–3824
-son qaroriga muvofiq
tashkil etilgan, ularning asosiy maqsadi – fermer xo‘jaliklarida hisob-kitob tizimini
va bank xizmatlari ko‘rsatilishini tubdan takomillashtirish. Har bir Markaz shtati 3
birlikdan iborat: direktor, soliq va statistika hisobotlari bo‘yicha
maslahatchi
hamda moliyaviy hujjatlarni yurituvchi buxgalter. Bitta buxgalter 20 ta fermer
xo‘jaligiga biriktiriladi [1].