A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Alohidalanishning belgilar jamlanishiga ta’siri



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Alohidalanishning belgilar jamlanishiga ta’siri 
1. Antropologlarning ta‘kidlashicha, ibtidoiy jamoaning shakllanish jarayonida 
uzoq vaqt kam sonli odamlardan tashkil topgan odamlar guruhi o‘zlarini boshqa 
guruhga qarshi qo‘ygan, ularning tilini bilmagan, ba‘zan geografik jihatdan ulardan 
alohida - alohida bo‘lib yashaganlar. 
2. Zoogeograflarning guvohlik berishicha, kenja turlar orasidagi tafovut, ularning 
bir - biridan qanchalik uzoq muddat davomida alohida - alohida yashaganliklari va 
ularning o‘zaro aralashib ketmaganligi bilan belgilanadi. 
3. Genetiklarning ta‘kidlashicha, alohidalanish populyatsiyalarda belgilarning 
tarqalishiga gomozigota formalarni alohida - alohida ko‘payishiga sababchi 
bo‘ladi. Odam guruhi alohida yashashiga sabab har bir guruh o‘z taqdiri kelajagini 
Shu yer sharoiti bilan bog‘laydilar. Bunga misol qilib eskimoslarning shimolda, 
bushmenlarning sahro – cho‘lda yashashini olish mumkin. 
Irq va millat 
Irq bilan millat tushunchalarini farqlash lozim. Odam tili, yashash hududi, 
turmush kechirish tarzi, ruhiy holatining o‘xshashligi bilan millatga ajraladi. 
Millatdan farqli ravishda irq deganda ma‘lum areal bilan bog‘liq odamlar jismoniy 
tipi o‘xshashligi tushuniladi. 
Rus irqi, ingliz irqi yoki italyan irqi deb atash xato hisoblanadi. Masalan, 
shimolda yashovchi italyanlar janubda yashovchi italyanlarga qaraganda baland 
bo‘yli qoramtirroq ko‘z va sochlidir. Har bir irqqa kiruvchi odamlar turli xil tilda 
gaplashadilar. Irq bilan millat orasidagi tarqalish xilma – xil, masalan, azarbayjon 


136 
yevropa irqining janubiy variantiga yakutlar, mongoloid, chuvashlar ural irq tipiga 
mansub. Melaneziyaliklar, malayziyaliklar, polineziyaliklar antropologik tipi bo‘yi-
cha farqlansalar ham malay – polineziyaliklar til guruhiga kiradi. Shunga o‘xshash 
dalillar til bilan irq o‘rtasida sababli bog‘lanish yo‘qligini ko‘rsatadi. Ba‘zi holatlarda 
til bilan irq o‘rtasida tarixan bog‘lanish bo‘ladi. Til bilan irq o‘rtasida tarixan 
bog‘lanish har xil shakllarini o‘rganish natijasida tubandagi xulosalarga kelish 
mumkin:
1. Til va madaniyat antropologik tiplarni aralashmasi bo‘lmasa ham tarqalishi 
mumkin. Lekin antropologik tipi ma‘lum madaniyat tilni tashimasdan tarqala 
olmaydi.
2. Antropologik dalillar u yoki bu xalqning tarkibidagi irqlarni aniqlashda muhim 
rol o‗ynaydi.
3. Antropologik tarkib bo‗yicha bir xil aholining har-xil tilda gaplashadigan 
guruhlarga ajratilsa, tarixiy jarayonda ularning umumiyligini ko‘ramiz. 
4. Xalqlarni tarixiy - madaniy klassifikatsiya qilishda ikkita prinsipni farqlash 
lozim.
A) xo‘jalik - madaniy formasi bilan klassifikatsiyalash (Masalan: serktik dengiz 
oldi ovchilar, tundra kiyik boquvchilar ko‘chmanchi chorvadorlar);
V) tarixiy etnograf shoxobchasi bo‘yicha klassifikatsiyalash, ya‘ni xalqlarning 
tarixiy taqdirining birligi uzoq vaqtdan beri ularni o‘zaro aloqasi, ta‘siri bo‘yicha 
klassifiqatsiyalash). 
5. Irqlar muammosini hal etish tarixiy etnografik klassifikatsiyalash xo‘jalik 
madaniy klassifikatsiyaga nisbatan katta ahamiyatga ega.
6. Antropologik tiplarning chegarasi tarixiy - etnografik oblasti, xo‘jalik, madaniy 
tiplar chegara nisbatiga mosdir.
Irq bilan millatni farqlash kerak. Odamlarni tili, yashash hududi, iqtisodiyoti, 
hayot kechirish tarzi va ruhiyatining umumiyligi bilan millatga ajratiladi. 
Irq esa ma‘lum geografik hudud bilan aloqador bo‘lgan odamlarning 
antropologik tipi sanaladi. Bir millat ichida irsiy belgilar turli variantlarda 
uchraydi. Masalan, Andijon aholisining ko‘pchiligi mongoloid, Farg‘ona, 


137 
Toshkentda yashovchi o‘zbeklarning ko‘pchiligi yevropoid irq tipiga mansub 
belgilarni o‘zida namoyon qiladi. Til bilan irq o‘rtasida hech qanday bog‘lanish 
bo‘lmaydi. 
Masalan, MDH davlatlarining turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlari orasida 
azarbayjonlar janubiy yevpopoid, yakutlar, mongoloid irqiga mansubdir. Bir irq 
doirasida turli tilda so‘zlashuvchi odamlar bo‘ladi. Masalan, yevropoid irqidagi 
fransuz, nemis, polyak kabi millatlar boshqa tillarda gaplashadilar.
Til va madaniyat irqiy belgilari migratsiya irqiy komponentlarni tashib yuradi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish