MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
78
3. Ota-onalar va jamoatchilik bilan ish uslublarini izohlab ko‘rsating.
4. XTB – ning yillik ish rejasi mazmunini sxemalashtiring.
9-MODUL MUDIRA
10-MAVZU: MUDIRA – MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASASI RAHBARI.
MUDIRANING TARBIYAVIY ISHLARGA RAHBARLIK QILISHI.
Reja:
1. Mudira tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakalipedagog va unga qo'yilgan talablar.
2. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta‘lim tarbiya ishlariga rahbarlik qilish.
3. Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri faoliyati.
Tayanch tushunchalar:
medik-pedagogik kengash, programm-metodik, kontingent, operativ
masalalar, metodik ish kompleksi, tahlil, qiyosiy nazorat
1. Mudira tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali
pedagog va unga qo'yilgan talablar
Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom
va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak
.
Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, mudiraning undagi roli, faoliyati
ko'p qirralidir. Mudira - ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning
faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli
hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va
gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni ta'minlaydi.
O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik
qiladi.
Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror,
qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik va
siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan
asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga
muvofiq davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta‘lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta‘lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston Respublikasi
Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda Toshkent shahar
maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga
tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |