Bilishi lozim:
a) O'zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to'g'risida'gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
to'g'risida"gi va ―Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida'‘gi qonunlarini;
b) maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablarining mazmunini;
v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta‘lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-
huquqiy hujjatlarni;
g) bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va
tarbiyalash shakl va metodlarini;
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida
o'qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini;
j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, ta‘lim muassasasa faoliyatiga qo'yilgan
sanitariyagigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma‘lumot yoki kamida bakalavr
darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;
b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji Jamoadagi to'g'ri, o'zaro munosabatlar har bir xodimning
mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishni ta‘minlaydi.
Rahbarlik mavqeyi mudira o'z g'oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy, huquqiy saviyasini va
mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni bolalarga ta'lim-tarbiya berish
nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta‘lim oldida turgan
vazifalarni
bilishga, o'z bilimlaridan amaliy faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik
instruktiv, me'yoriy hujjatlarni yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning
mohiyatini chuqur bilib, yutuq va kamchiliklar ini darhol bartaraf qilish choralarini ko'rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Maktabgacha ta'limni boshqarish organlari tomonidan
oliy ma'lumotga va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lgan shaxslardan
tayinlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasida
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo'yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim
muassasasi kengashining faollari ishtirokida ma'muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim
muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va
madaniy darajasini muntazam o'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga
olgan holda va maktabgacha ta'lim muassasasi manfatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o'z
vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ular bilan doimiy ish olib
Do'stlaringiz bilan baham: |