«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
O‗tkazma vekselda kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar
summasi uning topshirig‗iga asosan uchinchi shaxsga yoki vekselni
ko‗rsatuvchiga o‗tkazilishi zarur. Kreditorning vekselda ko‗rsatilgan summani
uchinchi shaxsga to‗lash to‗g‗risidagi buyrug‗ini ifodalovchi
hujjat amaliyotda
tratta deb ham yuritiladi.
Tijorat krediti bank kreditidan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
1. Kreditor (qarz beruvchi) rolida maxsus kredit-moliya tashkilotlari emas,
balki tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug‗ullanuvchi turli
yuridik shaxslar ishtirok qiladi;
2. Tijorat krediti faqatgina tovar shaklida beriladi;
3. Tijorat kreditida ssuda kapitali, sanoat
va savdo kapitali bilan
integratsiyalashgan holda harakat qiladi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitda turli
ixtisosdagi va faoliyat yo‗nalishdagi korxonalarni o‗z ichiga oluvchi xolding,
moliyaviy kompaniyalarning vujudga kelishida o‗z amaliy aksini topadi;
4. Berilgan vaqt oralig‗ida tijorat kreditining o‗rtacha qiymati bank foizining
o‗rtacha stavkasidan doimo kichik bo‗ladi;
5. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o‗rtasidagi
shartnoma huquqiy
rasmiylashtirilganda tijorat krediti bo‗yicha to‗lov (foiz stavkasi) alohida
aniqlanmaydi. Foiz to‗lovi tovar bahosiga qo‗shilgan holda rasmiylashtiriladi.
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida tijorat krediti keng tarqalgan. MDH
davlatlari bank amaliyotida tijorat krediti qo‗llanilmaydi. Sobiq ittifoq davrida
kredit munosabatlarining rivojlanishiga nazar soladigan bo‗lsak, 1930-32 yillardagi
kredit islohatigacha amaliyotda tijorat kreditidan foydalanilgan. Bu kredit tovarlar
ishlab chiqarishning mo‗l-ko‗lchiligi sharoitida tovarlarni sotish jarayonini
tezlashtirishda qulay hisoblanadi. 30- yillarda
kreditning bu shaklidan
foydalanishda malum kamchiliklarga yo‗l qo‗yilgani uchun kredit islohati
o‗tkazish davomida bu kreditdan foydalanish bekor qilindi va xo‗jaliklar
to‗g‗ridan-to‗g‗ri bank tomonidan kreditlashga o‗tkazilgan.
Hozirgi sharoitda jahon amaliyotida tijorat kreditning asosan 3 turi
qo‗llaniladi:
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
*qayd qilingan to‗lov muddati bo‗yicha kredit;
*tovarlarni sotgandan keyingina qarzni to‗lash bo‗yicha kredit;
*ochiq hisobvaraq bo‗yicha kreditlash.
Bunda tijorat krediti shartlari bo‗yicha, keyingi tovar partiyasini jo‗natish,
oldingi jo‗natilgan tovarlar bo‗yicha qarzlarni to‗lash muddatigacha amalga
oshirilishi zarur.
Korxonalar tomonidan tijorat kreditidan foydalanish ular tomonidan bank
kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi. Tijorat krediti
bank kreditidan farq
qilsada, ularning harakati bir biri bilan chambarchas bog‗liq bo‗lishi mumkin.
Korxonalar tijorat kreditidan foydalanganda, bank krediti korxona faoliyatiga
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tasir qiladigan kredit sifatida namoyon bo‗la olmaydi. Tijorat
kreditida korxonalarning hisob kitob schetida mablag‗lari bo‗lmagan
sharoitda
korxonalar tovarlarni kreditga sotib oladilar. SHuning uchun iste‘molchi
korxonalar bank kreditiga ehtiyoj sezmasligi mumkin. Ayni vaqtda mol sotuvchi
korxona faoliyatida u tovarlarini kreditga sotganligi uchun mablag‗ga muhtojlik
sezilishi mumkin. Mana shu sharoitda mol etkazib beruvchi korxona pul
mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojini qoplash maqsadida
kredit olish uchun bankga
murojaat qilishi mumkin. Bu hol 30-yillar amaliyotida bank tomonidan egri
kreditlash deb yuritilgan. Egri kreditlash deb yuritilishining sababi shundaki,
kreditni haqiqatda mablag‗i etarli bo‗lmagan korxona, mol sotib oluvchi korxona
olishi zarur edi. Mol sotib oluvchining xo‗jalik faoliyatidagi mablag‗lar
etishmovchiligi mol etkazib beruvchiga bank tomonidan kredit berish yo‗li bilan
qoplangan.
YUqorida ko‗rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti
tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag‗larini
xo‗jalik faoliyatidan tezroq bo‗shashini ta‘minlashda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: