«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining
barcha bosqichlarida qatnashadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar
doirasida quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
*mamlakatlar o‗rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta‘minlaydi;
*kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va
bu jarayonni tezlashtiradi;
*har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala
xarajatlarini qisqartiradi.
Xalqaro kreditlar xarakteri bo‗yicha - davlatlararo, xususiy, firma
kreditlariga;
shakli bo‗yicha - davlat, bank, tijorat;
tashqi savdo tizimida tutgan o‗rni bo‗yicha
- eksportni kreditlash, importni
kreditlashga;
muddati bo‗yicha-qisqa muddatli-1 yilgacha, o‗rta muddatli -1 yildan 5
yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga;
ob‘ekti bo‗yicha - tovar va valyuta;
ta‘minlanganligi bo‗yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki hujjatlar
bilan
ta‘minlangan kreditlarga bo‗linadi.
Tovar shaklida beriladigan xalqaro kredit yoki firma kreditlari tijorat
kreditining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida qo‗llanilishi hisoblanadi va bir
mamlakat firmasining tovari ikkinchi mamlakat firmasiga kreditga - to‗lov muddati
kechiktirilib sotiladi. Bu jarayon odatda tratta (o‗tkazma veksel) bilan
rasmiylashtiriladi. Eksportni kreditlashda davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi
uchun firma kreditlari bo‗yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor
bahosidan past bo‗ladi.
Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga
xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari
tomonidan beriladigan
kredit), evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
hisobidan evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo‗lgan muddatga, o‗zgaruvchan
foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud.
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv
asosida rivojlangan
mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga tovar yoki valyuta
shaklida, foiz to‗lash yoki foiz to‗lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga
beriladi.
Xalqaro valyuta - kredit tashkilotlarining kreditlari qisqa muddatli - 1
yilgacha (xalqaro valyuta fondining kreditlari), o‗rta muddatli - 5 yilgacha (Jahon
tiklanish va taraqqiyot banki) va uzoq muddatli - 20 yilgacha (Evropa tiklanish va
taraqqiyot banki va boshqalar) kreditlar berishi mumkin Xalqaro valyuta-kredit
tashkilotlaridan olingan kreditlar xususiy tijorat banklaridan olingan kreditlardan
(bu kreditlar bo‗yicha o‗rtacha foiz stavkasi yiliga 7-9% ni tashkil qiladi.) arzonga
tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: