153
mahsulotlarni ishlab chiqarish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga ko’maklashish va h. o’z ichiga
olgan bo’lishi mumkin.
Tahlilning birinchi darajali vazifasi – loyihaning turli tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatlarni
aniqlashtirishdir. Maktab va tibbiyot muassasalarini barpo etish qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining
unumdorligiga qandaydir munosabatda bo’lishi yoki bo’lmasligi mumkin.
Agarda loyiha tarkibiy qismlari o’zaro qalin bog`langan bo’lsa, individual tarzda xarajat va
daromadlarni taqsimlashning ma'nosi yo’q; shuning uchun ham turli
xil tarkibiy qismlar uchun
daromadlilik stavkalarini alohida-alohida hisoblash kerak emas. Bunday holatda butun loyiha uchun
sof samarani hisoblash, va keyinchalik, qaysi bir tarkibiy qism hisobiga
uni oshirish mumkinligini
ko’rib chiqish lozim.
Agarda loyiha tarkibiy qismlarining o’zaro bog`liqlik darajasi past bo’lsa, ularning har birini
alohida tahlil qilish lozim. Buning uchun moliyaviy tavsiflardan ham foydalaniladi, bunda turli xil
tarkibiy qismlar olinayotgan foyda nuqtai nazaridan o’zaro o’rinbosuvchi, to’ldiruvchi
yoki mustaqil
bo’lishlari mumkin.
Agarda loyihalarni birgalikda amalga oshirishning umumiy foydasi, ularni alohida amalga
oshirishda olinadigan foydadan kam bo’lsa, bunday loyihalar
o’zaro o’rinbosuvchi
deb,
aks holda
o’zaro to’ldiruvchi
loyihalar deb ataladi. Agarda loyiha mustaqil tarkibiy qismlardan tashkil topgan
bo’lsa, unda har bir tarkibiy qismni alohida amalga oshirishdan olingan foyda summasi, loyihaning
umumiy foydasiga teng bo’ladi. Xarajatlar nuqtai nazaridan ham o’xshash
tahlil amalga oshirilishi
mumkin.
Ayrim ko’p qismli loyihalar, xarajatlar nuqtai nazaridan o’zaro to’ldiruvchi, foyda nuqtai
nazaridan esa o’zaro o’rinbosuvchi bo’ladilar. Bunda moliyaviy tahlil, ko’p
qismli loyihani amalga
oshirishdagi xarajatlarning tejalishi umumiy loyiha samaradorligiga qay tarzda ta'sir ko’rsatishini aks
ettirishi lozim. Bundan tashqari, ko’p qismli loyihalarning amaliy bahosi tahlilning texnik, texnologik,
tijorat va boshqa jihatlarini ham e'tiborga olishi lozim.
Joylashuv.
Loyiha joylashuviga ta'sir etuvchi omillar ham juda xilma-xil bo’lib ularni ham
prognoz qilish lozimdir. Tabiiyki, so’nggi natijani maksimumga olib keluvchi joylashuv eng qulay
hisoblanadi. Ko’pgina
hollarda joylashuvni tanlash, turli xil fikrlar o’rtasida barchani qoniqtiradigan
qarorga kelish zaruriyati bilan ifodalanadi. Har bir qaror o’z ustunlik va kamchiliklariga ega, ularni
baholaydilar va eng yaxshisi tanlanadi.
Turli xil variantlar, quyidagilarning yaqinligi va qiymatini hisobga olgan holda ko’rib chiqiladi:
- qulay fizik tavsiflarga (yer tuzilishi, qurilish uchun sharoitlar va h.) ega yer uchastkasi;
- xom-ashyo va materiallar bozori;
- loyiha bo’yicha ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan, mahsulot bozori;
- energiya manbalari;
- ishlab chiqarish infratuzilmasi (suv, elektr uzatish liniyalari, yoqilg`i, aloqa vositalari, avtomobil
va temir yo’llar va h.);
- ijtimoiy infratuzilma (bolalar bog`chalari, maktablar, do’konlar, kasalxonlar va h.);
- ishchi kuchi (malakali, past malakali, malakasiz).
Tanlangan variant loyihaning barqaror amalga oshirilishini va minimal xarajatlar
bilan maksimal
daromadga erishishini ta'minlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: