95
rollarni bajaruvchi kishilar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish uchun
taklif qilinadi. Ijtimoiy rollarga biz hayotda o’zimiz
sezmagan holda duch
kelamiz. Jumladan, oilada turmush o’rtoq, ota - o’gil ona - qiz, yo’lovchi ,
xizmatchi, talaba, rahbar va xakozolar. Bular faqat inson ekanimizni anglatuvchi
tushunchalargina emas, balki muayyan ijtimoiy rollar hamdir. Ulardan har biri
o’z yo’l-yo’riqlari va xulq-atvor qoidalari va normalariga ega.
Rolli o’yinlarda asosiysi – muloqot yoki munosabatdir. O’z pozitsiyamizni
o’zgalarnikiga moslashtirish jarayonida munosabatlarning yangi usullarini ishlab
chiqishimiz mumkin. Bunda odatlanilgan xulq –atvorning
yaxshi va yomon
jihatlari yaxshiroq aylanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita muloqot
jarayonida yangi xulq – atvor ko’rinishlari shakllantiriladi.
Rolli o’yinlarda xulosa chiqarish, tajriba to’plash va uni anglash va
kundalik hayotga tadbiq etish muhimdir.
Rolli o’yinlarni o’tkazish qoidalari.
Qoidalar nafaqat o’yinga,
shuningdek, uning yakunlarini muhokama qilishga ham tegishlidir. O’yin
qoidalari o’yinning mazmunidan kelib chiqqan holda ishlanadi. Bunda o’yindagi
o’zaro munosabatlar va tajriba almashishga katta ahamiyat berish zaryr.
1.
O’yinda qatnashayotgan har bir ishtirokchi o’zi va o’zgalar
bilan
samimiy munosabatda bolishi, taklif qilingan rolga ma’suliyat bilan yondoshishi
zarur.
2.
Tajribalarni o’rtoqlashayotgan ishtirokchilarning fikri treningning fikriga
mos kelmagan holda ham trener ularning nuqtai – nazarini hurmat qilishi zarur.
Shuning uchun ham hamma bir-birini fikrini bo’lmasdan, diqqat bilan eshitib
boshqa ishtirokchilarning o’yin jarayonida nimalarni his qilganini tushunishga
harakat qilish zarur.
3.
Muhokamada barcha ishtirokchilar o’z kechinma va hissiyotlari haqida
gapirishi, boshqalarning xatti – harakatini tahlil qilmasligi shart. Ularning fikrini
tajribasini o’zidan eshitgan ma’qul.
Rolli o’yinlar foydali usul bo’lishi bilan birga uni o’zlashtirish qiyinroqdir.
Quyidagi tavsiyalar bu usulning foydaliligini oshirishga yordam beradi:
Treningni dastlabki kunlarida o’yinga ko’ngilli,
sergap va faol
ishtirokchilarni tanlab olish lozim;
Trenerning o’zi ham bosh ro’llarda birini ijro etishi maqsadga muvofiqdir;
Ishtirokchilarga qaysi yo’nalish bo’yicha haharakat qilishlari lozimligini
tushuntirish yoki ularning ishini boshlab olishlari uchun birorta ssenariy taklif
etish kerak;
96
Ishtirokchilarga instruksiya berishda “rekvizit”lar – shliyapa,
ismlar
yozilgan kartochka pariklar va h.xakozalardan foydalanish mumkinligi
ekanligini;
Trener imkon bo’lsa, vaziyatni yumor bilan to’ldirishga harakat qilishi
lozim;
Butun guruhni juftliklarga bo’lib tashlash va ha bir juftlik hayotiy
vaziyatlardan
kelib chiqib, ma’lum bir sahnani (ota – o’gil kabi) rollar ijro
etishni so’rash kerak. Shu tarda butun guruh oilada mavjud bo’lgan xijolatchilik,
bir – biridan uyalish kabilar yo’qoladi.
Psixodramma usuli Y.L.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, guruhiy
psixoterapiiyaning turlaridan biridir. Psixodramma sahnalashtirilgan tomosha
shaklida o‘tkaziladi. Mijozlar uchun og‘riqli va muammoli bolgan vaziyatlar
sahnalashtiriladi. Qatnashchilar bu vaziyatlarda o‘zining yoki boshqa kimsaning
rolini ijro etadilar. Ba o’zida sahnalashtirilgan muammoli vaziyatni tomoshabin
sifatida kuzatadilar. Rolli o‘yindan keyin mijozlar ruhan yengil tortib, o‘zlarini
yaxshiroq
anglay boshlashadi, muloqot ko‘nikma va malakalarini egallab
borishadi. Psixodrammada qollaniluvchi asosiy texnikalar quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: