77
Bugungi shiddatli zamon kishisi uchun tana azoblari, ruh qiynoqlari begona
emas. Jism va ruh qiynoqlaridan qutqaradigan tabiiy holat mavjud, bu yana shu
meditatsiyadir, ya’ni inson xotirasini jam qilgan holda jim kuzatadi. Tinch
kuzatish nazarimizda barcha yo’llar berkilganda umid beradi va sog’lom
bo’lishga yo’naltiradi.
Meditatsiyaning nimaligiga, uning tub mohiyatiga ko’pchilik
tushunib
yetavermaydi, aksincha, kasal kishilar qanchalar kam, sog’lom, baxtiyor
insonlar qanchalar ko’p bo’lardi. Meditatsiya tom ma’noda ajoyib va g’aroyib
vosita-u salomatlik asosi hisoblanadi.
Geshe Rabten meditatsiyani aqlni o’zgartirish, bo’ysundirish va boshqarish
vositasi deb ta’riflaydi.
Meditatsiyaga insonlar ko’pincha stresslarga qarshi vosita sifatida murojat
qilishadi. O’tgan asrning 70 –yillarida unga ilmiy yondashildi. Izlanishlar shuni
ko’rsatdiki, meditatsiya kuzatilgan o’zgarishlar qatorida jismonan o’zgarishlarga
ham sabab bo’ladi. Meditatsiya ta’sirida modda almashinuvi jarayonlari
sekinlashgani ma’lum bo’ldi.Organizmning kislorodga bo’lgan
ehtiyoji
kamaygan, karbonat angidrid ajratish pasaygan.Bu fan uchun katta kashfiyot edi.
Olimlar qon bosimini tushirishda, stress tufayli ruhiyat buzilishlarida
meditatsiya amaliyoti orqali mijozlarga yordam berishni tavsiya qildilar. Agar
biz meditatsiyaga stressga qarshi vosita sifatida qarasak, meditatsiya amaliyotida
tanada sodir bo’ladigan o’zgarishlar natijalari foydali bo’lar edi. Ammo biz
Sharq qarashlari ortidan ergashamiz va meditatsiyani ma’naviy yuksalish hamda
kamolotga yetish vositasi deb hisoblaymiz.
Meditatsiya ong, aql, idrok bilan
bevosita ishlaydi. Meditatsiyaga kirishayotganda biz ixtiyorsiz ravishda inson
mohiyati negiziga, inson mavjudligi asoslariga to’xtalamiz.
Meditatsiya holatiga kirganimizda ko’p narsalarga, jumladan, huzur –
halovatga ega bo’lamiz. Kimki meditatsiyadan natija kutar ekan, mutlaqo hech
narsaga erishmaydi.
Muhimi natija emas, balki holatning, jarayonning o’zi
ekanini tushungan kishigina natijaga ega bo’ladi, aynan hech nima kutmagani
uchun kutilganidan-da ortiq afzalliklarga erishadi.
Vizualizatsiya – maqsadning tasavvurdagi obrazini yaratish. Nimaga
erishishni istashingizni, buni qanday amalga oshirishni tasavvur qilasiz.
Ko‘pchilik vizualizatsiyani kelajak haqidagi yaxshi umidlar sifatida qabul qiladi.
«Istaklar taxtasini yarat va unga qara». Bunday strategiyaga bir muhim jihat –
haqiqat bilan bog‘liqlik yetishmaydi. Agar chiroyli
uyda yashashni tasavvur
qilib, unga erishish uchun qanday qilib pul ishlashni o‘ylamasangiz, orzu
orzuligicha qoladi. Samarali vizualizatsiya istak ob’ekti va unga erishish
78
harakatlarini o‘z ichiga oladi. Maqsadingizga erishish uchun har bir qadamni
tasavvur etishingizga to‘g‘ri keladi: qaysi yo‘nalishda ishlaysiz, qanday
to‘siqlarni yengishingiz lozim va buni qanday amalga oshirasiz.
Bu oddiy
orzular kabi u qadar yoqimli emas, biroq ko‘plab sohalarda haqiqiy natijalarga
erishishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: