442
Ammo
tovush
terminida boshqacha ma’no torayishi ham kuzatiladi. Masalan, bizni oʻrab
turgan borliqdan eshitilayotgan har qanday sas bu tovush hisoblanadi. Ma’lumki, tovushlar bir
necha xil boʻladi. Shulardan biri nutqiy tovushlar hisoblanadi. Nutqiy tovushlar terminida
ishtirok etayotgan tovush soʻzida ma’no torayga. Endi u faqat nutqqagina xos boʻlgan
tovushlarni
ifodalaydi, xolos.
Valentlik
terminida ma’no kengayishi hodisasini kuzatishimiz mumkin. Valentlik asli
kimyo sohasiga xos xususiyat boʻlib, uning ma’nosi kengayib tilshunoslik sohasida ham
qoʻllanila boshlagan.
Determinant
termini ham xuddi shunday terminlardan biri. Determinant
matematika sohasiga oid termin boʻlishiga qaramay, tilshunoslikda oʻz oʻrnini topgan.
Hozirgi zamonaviy tilshunosligimizda ma’no kengayish hodisasi asosida kirib kelgan
terminlar koʻplab uchraydi. Psixolingvistika, Kognitiv tilshunoslik,
Lingvokulturologiya,
Sotsiolingvistika kabi sohalarda yangi terminlar paydo boʻlgan. Ammo bu terminlar qaysidir
sohada oldindan mavjud boʻlgan. Masalan, reaksiya termini, psixolingvistikada koʻp ishlatiladi.
Insonga nimadir ta’sir etishi bilan oʻsha narsaga reaksiya paydo boʻladi, ya’ni shaxs javob
beradi, soʻzlaydi. Yoki
gender
terminini olaylik. Gender termini dastlab, biologiya, keyinchalik
sotsiologiya uchun xos termin hisoblangan. Hozirgi kunda gender tilshunosligining
rivojlanayotganligi gender terminining tilshunoslik terminiga ham aylanayotganini koʻrsatib
turibdi.
Har qanday amaldagi til doim rivojlanib, takomillashib boradi. Bu oʻz navbatida
terminologik tizimga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi, yangi tushunchalar, terminlar vujudga keladi.
Ba’zan davr uchun mos kelmaydigan, ijtimoiy yaroqsiz narsa (predmet)lar oʻzi
ifodalayotgan
tushuncha(termin) bilan birga eskiradi va foydalanilmaydi. Bulardan birinchisi, terminologik
neologizmlar, ikkinchisi terminologik arxaizmlar hisoblanadi. Terminologik arxaizmlar kamdan
kam uchrashi terminologiya sohasining oʻziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bunga
terminlardagi sinonimiya hodisasi asosiy sababdir. Chunki har bir mutaxassis oʻzi uchun ma’qul
boʻlgan terminni qoʻllaydi. Shuning uchun ham terminlarning yoʻqolishi, eskirishi koʻp
uchraydigan hodisa emas.
Ma’lumki, oʻzbek tilshunosligi shakllanish tarixi mobaynida turli tillar ta’siri kuzatilgan.
Xalifalik davri, Temuriylar davri, shoʻrolar davri oʻzbek tilshunosligi hozirgi oʻzbek
tilshunosligi uchun asos vazifasini oʻtagan. Dunyoda hech bir til yoʻqki, bir biridan soʻz
oʻzlashtirmasa, soʻz olmasa. Muloqot, ehtiyoj bor ekan, bu almashinuv davom etadi. Shu
jihatdan til boyiydi, tilda yangi tushunchalar paydo boʻladi. Terminlarni
qabul qilishda esa
mutaxassislar ehtiyotkor boʻlishni ta’kidlaydilar. Chunki termin aniq, loʻnda va qisqa, xalq
uchun foydali, qabul qilinishi oson boʻlishi, tezda muloqotga kirishi lozim.
Har qanday sohada ham yangi bir tushunchaning paydo boʻlishi va uni tilda ifodalash
zaruriyati tufayli terminlar shakllanishining ilk bosqichida sinonimiyaning vujudga kelishi tabiiy
bir bosqich hisoblanadi. Eng asosiysi, ularni tartibga solishda tushuncha yoki predmetning eng
xarakterli tomonini, vazifasini, ijtimoiy mohiyati va qimmatini
ifodalagan terminni tanlab
olishda.
Terminologiya bu tez oʻzgaruvchan, leksikasi boy soha hisoblanadi. Oʻzbek
tilshunosligida, balki boshqa sohalarda ham terminlarni oʻzlashtirish, ularni iste’moldan chiqarib
tashlash tezda hal qilinadigan masala emas.
Masalan, “1) bor deb qaralgan narsa (hodisa)ning, tushunchaning yoʻq ekanligi ma’lum
boʻladi, natijada, uning ifodasi uchun qoʻllangan termin ham iste’moldan chiqadi. “Oʻzak”,
“negiz” terminlari va ular ifodalagan “tushunchaning taqdiri bunga misol boʻla oladi, ya’ni,
jumladan, oʻzbek tilshunosligi taraqqiyotining keyingi davrlarida oʻzak va negiz deb atalishi
mumkin boʻlgan tushunchaning yoʻqligi ma’lum boʻldi va bu terminlar iste’moldan chiqdi.
Mavjud ilmiy tushuncha uchun qoʻllangan termin uning mohiyatini aniq ifodalay olmasligi
mumkin” .
443
1930-yillarda Abdurauf Fitrat tomonidan oʻzbek tilshunosligiga kiritilgan oʻzak termini
hozir ham ishlatilmoqda. Bugungi kunga kelib oʻzak va negiz tushunchasining yoʻqligi uchun
ularni ifodalovchi terminlar iste’moldan chiqdi deb hukm chiqarish munozarali. Oʻzak soʻzi
anglatayotgan tushuncha yoʻqligini asoslash kerak boʻladi. Bizning fikrimizcha,
bu qarash
ilmiy asosga ega emas. Shu sababli oʻzak termini hamon ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: