353
Dialektlar – til leksikasini boyitish manbayi
Dialectes
–
the basis of enrichment of language vocabulary
Hasanov Abdumannon Majidovich
*
Annotation
. This article analyzes the role of dialects in enriching literary language.
Comments have been made on the ability of dialectal words to fill lexical gaps in literary
language.
Key words
: dialects, literatural language, lexic, lexical enrichment, literal norm,
normalization.
Globallashuv va integratsiya avj olayotgan bugungi davrda har bir millat oʻzligini,
madaniyatini, qadriyatlarini va tilini saqlab qolishga intilmoqda. Bu tabiiy jarayonda har bir xalq
oʻz oʻtmishining kelajak bilan tillasha olishi uchun oʻz ona tilini avlodlarga imkon qadar sof va
asl holicha yetkazishi zarur. Aks holda millatning nomi ham, uning tili ham tarix qa’rida qolib
ketishi mumkin.
Xalqimiz asrlar mobaynida til sofligi va ravnaqi uchun kurashib kelgan [Abdullayev, 1972:
48]. Bu kurash hozirda ham tadrijiy davom etib kelmoqda. Biroq hozirgi dunyodagi mafkuraviy
jarayonlar silsilasini kuzatib bu tadrijiylik miqyosini bir qadar jadallatish zarurligini hech kim
inkor etmaydi.
Tilning leksik fondini sofligicha saqlash borasida yurtimizda koʻplab ishlar amalga
oshirilmoqda. Hatto bu boradagi ishlarga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21- dekabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili
sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli
Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 – 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til
siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi. Mazkur konsepsiyada tilimizning bugungi
holati tanqidiy tahlil etilib, uni bartaraf etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar yoʻnalishi koʻrsatib
berilgan. Xususan, ijtimoiy sohalardagi koʻplab atamalarni oʻzbekchalashtirish, yangi atamalarga
mos muqobil soʻzlarni topish, sheva soʻzlarini oʻrganishni takomillashtirish, tilimiz sofligini
ta’minlash uchun zaruriy choralarni koʻrish belgilangan. Ijtimoiy sohaga oid atamalarni ilmiy
asoslash va ularni keng qoʻllanilishi uchun til lugʻat boyligiga kiritish bu boradagi ishlarning eng
ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qayd etilgan. Bu esa tilshunos olimlar va tadqiqotchilardan
bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarida til sofligini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida ahamiyat
qaratish zarurligini koʻrsatadi. Bu boradagi izlanishlar va tadqiqotlar, sa’y-harakatlar faqatgina
davlatimizning tilga nisbatan e’tibori boʻlib qolmasdan, til orqali milliy madaniyatimiz,
qadriyatlarimizni saqlab qolish va shuning barobarida, bebaho yodgorlik boʻlgan tilimizni oʻz
shakl-u shamoyilini saqlagan holda kelajak avlodga yetib borishini ta’minlashdan iboratdir.
Bugungi
kunda
fundamental
fanlar,
zamonaviy
kommunikatsiya
va
axborot
texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, bank-moliya tizimi kabi oʻta muhim sohalarda ona tilimizning
qoʻllanish doirasini kengaytirish, bu sohalardagi terminlarni imkoni boricha oʻzbekchalashtirish,
muqobili boʻlmagan tushunchalarga shevalarimizdan mos soʻzni tanlash va ularni keng miqyosli
muomalasiga koʻmaklashish, etimologik va qiyosiy lugʻatlar nashr etish, zarur atama, tushuncha
va kategoriyalarni ilmiy asoslash va ularning muqobillarini xalq shevalaridan topish hamda
ommalashtirish, bir soʻz bilan aytganda, oʻzbek tili leksikasini ilmiy asosda har tomonlama
oʻrganish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Tilshunosligimizning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri hozirgi oʻzbek adabiy
tilida leksik lakuna (boʻshliq)larni toʻldirish, bu borada shevalardagi soʻzlarni adabiy tilga olib
kirish va shu asosda til leksikasini boyitishdir. Bu borada ayrim ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti,
abdumannon293167@mail.ru
354
da, til leksikasining lakunar boʻshliqlarini sheva soʻzlari bilan toʻldirishga alohida diqqat
qaratilmagan. Soʻnggi yillarda oʻzbek adabiy tili leksikasining xalq shevalari bilan boyitish
masalalari, mazkur jarayonda amal qiladigan qonuniyatlar, lingvistik va ekstralingvistik omillar
kabi masalalarni oʻrganishga maxsus bagʻishlangan ishlar kam. Mazkur masalaga bogʻliq yoki
qisman aloqador ishlar sanoqli. Masalan, F.Abdullaevning «Til qanday rivojlanadi?»
G.Muhammadjonovaning «Oʻzbek tili leksikasi taraqqiyotining ba’zi masalalari», M.
Poʻlatovning «Rus tilining oʻzbek tili taraqqiyotiga ta’siri haqida», N..Gʻulomovaning «
Русскые лексические заимствования в узбекском языке » nomli ishlarida mazkur
masalalarga u yoki bu darajada murojaat qilingan. Lekin mazkur tadqiqotlar ancha yillar oldin
amalga oshirilgan. Bu esa bugungi kunda til leksikasini sheva soʻzlari bilan boyitish masalasiga
jiddiy ahamiyat qaratish zaruratini yuzaga keltiradi.
Mazkur holat tilshunosligimizda quyidagi muhim vazifalarning bajarilishini taqozo etadi:
- Adabiy me’yor darajasiga koʻtarilgan sheva soʻzlarining lisoniy xususiyatlarini uning
barqarorlashuv jarayoniga bogʻlab oʻrganish;
- Til lugʻat tarkibiga kiruvchi sheva soʻzlarining omma tomonidan qabul qilinish
jarayonlarini oʻrganish;
- Sheva soʻzlarining qoʻshimcha vazifalarni bajarishdagi imkoniyatlari va ularning
yuzaga chiqish jarayonlarini tadqiq etish;
- Sheva soʻzlarining hozirgi oʻzbek adabiy tilida leksikasini boyitish manbai sifatidagi
ahamiyatini yoritish;
- Sheva soʻzlari va milliy madaniyat munosabatini tavsiflash;
- Sheva soʻzlarida qadimiy va zamonaviy til xususiyatlarining namoyon boʻlishini tahlil
qilish;
- Turli sohalarga oid leksik lakunalarni sheva soʻzlari bilan toʻldirish borasida ilmiy
takliflar ishlab chiqish va uni asoslash;
- Yangi tushunchalarni nomlash jarayonida shevaga oid soʻzlardan unumli foydalanish
mezonlarini ishlab chiqish va h.
Tilning taraqqiyotida uning leksikasi boshqa sathlariga nisbatan tez va sezilarli darajada
oʻzgarishlarga uchrashi koʻpgina adabiyotlarda qayd etilgan [Begmatov, 1982: 54]. Darhaqiqat,
borliqda sodir boʻladigan turli-tuman oʻzgarishlar natijasida yuz beradigan, paydo boʻladigan
narsa va hodisalar, jarayon va holatlar eng avvalo tilda uni nomlovchi maxsus atamalar boʻlishini
talab etadi. Ayni shu obyektiv sabablar asosida tilda yangi-yangi soʻzlar paydo boʻladi va til
lugʻat tarkibi boyib boraveradi. Albatta, bu jarayonda sheva soʻzlarining adabiy til leksikasini
boyitishda asosiy manba boʻlishi oʻz-oʻzidan ravshan. Lekin har qanday sheva soʻzlari ham
adabiy til birligi darajasiga koʻtarila olmaydi. Boz ustiga koʻp shevalarga ega boʻlgan oʻzbek tili
uchun bu holat tabiiy tartibni keltirib chiqaradi: bir tushunchani ifodalash uchun bitta soʻzni
adabiy tilga qabul qilish yetarli. Mazkur tartib adabiy tilning normalanish jarayoni uchun ham
juda atta ahamiyatga ega.
Oʻzbek adabiy tilining XX asrgacha va XX asrdan keyingi holatiga baho berilganda shu
ikki farqli holatni yodda tutish kerak: 1.Adabiy tilning barqarorlashuvi (normalashuvi) da OAV
hamda soʻz ustalari shoir va adiblar asarlari katta ahamiyatga ega boʻladi. 2.Tilning boyish va
rivojlanish jarayonlariga boshqa til(lar)ning faol ta’siri salbiy natijalarga olib keladi. Avvalo
qayd etish kerakki, oʻzbek tilining XX asrda boshqa tillar bilan aloqasi, oʻzga tilning oʻzbek
tiliga ta’siri masalasida faqat uning rus tili bilan aloqasi, rus tilining oʻzbek tiliga ta’sirini koʻrish
mumkin. Lekin shevalardan soʻz olish borasida XX asrning boshlaridayoq tilshunos
olimlarimizning koʻpchiligi oʻzbek xalq shevalarining hammasidan soʻz olish borasida oʻz
takliflarini bildirgan [Shoabdurahmonov, 1960: 35].
Buyuk jadid ma'rifatparvari va tilshunos
olim Abdurauf Fitrat bu masalaga “Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Sarf. Nahv” nomli
oʻzbek tili darsligining soʻz boshisida alohida toʻxtalgan va oʻzbek shevalariga oʻz munosabatini
quyidagicha bildirgan edi: “Bilamizki, bizning shaharlarimiz yuzlab yillardan beri arab, forsiy
355
adabiyotning hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar tili buzulgʻondir. Tilimizning
sof shaklini daladagʻi el-aymoqlarimizda koʻra olamiz”.Sheva soʻzlarining adabiy til birligi
sifatida normalashuvi muayyan me’yor va mezonlarni talab etadi. Ma’lumki, m
illiy adabiy til
umumxalq tilining sayqallangan, ma’lum normalarga solingan shaklidir. Normalanish esa uzoq
vaqt davom etadigan, rivojlanayotgan til uchun esa doimiy (hamma vaqt boʻlib turadigan, davom
etib turadigan) hodisadir. Normalanish, ayniqsa, har bir milliy adabiy tilning shakllanish
jarayonida aniq-oshkor tarzda, turli bahs-munozaralar bilan, maxsus imlo lugʻatlari yaratish bilan
amalga oshib boradi. Normalanish va normalash turli sohalarga nisbatan, tilning leksika sohasida
nisbatan qiyinroq kechadigan jarayondir. Bunda ikki xarakterli holatni qayd etish kerak boʻladi.
Birinchidan, leksikada normalanadigan (normalanish, normaga solinishi kerak boʻlgan)
birlikning (lugʻaviy birlikning - soʻz va iboralarning) oʻzi koʻp boʻladi. Ikkinchidan, oʻzbek tili
koʻp dialektli til boʻlib, adabiy til uchun norma sifatida bu dialekt va shevalarga oid soʻzlardan
qaysi birini tanlash, belgilash ancha murakkab masala. Nihoyat, uchinchidan, tilda doim yangi
soʻzlar paydo boʻlib turadiki, bularni ham adabiy til uchun qabul qilish mumkin yoki mumkin
emasligini belgilab berish talab etiladi va bu ham oson ishlardan emas. Normalanishda
leksikaning boshqa sohalarga nisbatan oʻziga xosligi sifatida yana shuni aytish mumkinki,
leksika sohasidagi normalanish boshqa sohalardagi normalanishga nisbatan “stixiyali” tarzda
boʻladi.
Aniqroq
qilib
aytganda,
leksik
normalar
maxsus
qonun-qoidalar
bilan
rasmiylashtirilmaydi [Begmatov, 1997: 38]. Bu esa oʻz navbatida sheva soʻzlarining adabiy til
tomonidan osonlikcha qabul qilinmasligini koʻrsatadi. Dialektal soʻzlarning adabiy til
leksikasidan joy olishida, albatta, muayyan me’zonlarga tayanish zarur. Quyida ayni shu
jarayonda amal qilinishi kerak boʻlgan me’yorlarning ayrimlarini izohlashga harakat qilamiz:
1. Til leksikoniga olib kirilayotgan dialektizm qoʻllashga qulay, iloji boricha sof turkona va
ayni damda keng ommalashishga imkoniyatli boʻlishi lozim. Ayniqsa bu borada eski oʻzbek
tilida (yoki turkiy tilda) qoʻllanilgan, sof turkona ohangga ega boʻlgan soʻzlarga alohida imtiyoz
berish juda toʻgʻri yoʻldir. Bu orqali tilimizning sofligi ta’minlanishi barobarida oʻzbek tilining
turkiy tillar bilan uygʻunlashuvi ham amalga oshishi shubhasiz.
Oʻzbekistonning turli hududlaridagi shevalarda qoʻllaniluvchi
shuvot
soʻzini tahlilga
tortaylik. Bu soʻz bilan bogʻliq shivalamoq fe’li ham shevalarda faol qoʻllaniladi. Shuning
barobarida u sof turkiy tilga xos boʻlib, qardosh tillarda ham mavjud soʻzlardan biridir. Shuvot
soʻzining ma’nosi zarra (tomchi emas) holida yogʻayotgan yomgʻirni ifodalaydi.
2.Dialektizmni adabiy til leksikasiga olib kirishda unga muqobil soʻz mavjud emasligiga
va shu soʻzga lisoniy-nutqiy ehtiyoj mavjudligiga alohida e’tibor berish kerak. Masalan, aksar
qarluq shevalarida mavjud boʻlgan
Do'stlaringiz bilan baham: |