358
V SHU’BA. AMALIY TILSHUNOSLIK VA LINGVODIDAKTIKA
Oʻzbek tili taraqqiyoti va rivojlanish omillari
Factors of development and progressing of the uzbek language
Mengliyev Baxtiyor Rajabovich*
*
Annotation.
The article is devoted to the diversity of languages, the differences in the
development of our native language in the former Soviet Union and the years of independence,
using of literary language and dialect today, the problems of teaching Uzbek as a foreign
language. The role of computer and corpus linguistics in the development of the Uzbek language
is also discussed.
Key words
: language, literary language, dialect, Uzbek language, teaching Uzbek as a
foreign language, computer linguistics, Uzbek language and artificial intelligence
Har qanday hodisa murakkab. Tilning ham koʻplab qirralari bor. Fanda tilga berilgan
yuzdan ortiq ta’rif mavjud. Tilning har bir qirrasi boʻyicha berilgan turli tavsif har xil soha
xulosalari. Aniqrogʻi, tilning siyosiy, falsafiy, yuridik, madaniy, sotsial, psixologik, tarixiy,
lingvistik, biologik, fizik, matematik va h. tomonlari mavjud. Barcha jihatlarida uning alohida
submohiyatlari aks etadi.
Shu bilan birga, bu aspektning barchasini birlashtirib yagona ta’rif
berish imkoni ham yoʻq. Masalan, “oʻzbek tili – fonetik jihatdan unlilar uygʻunligiga asoslangan,
9 ta unli fonemali, grammatik ma’no jihatidan morfologik-sintaktik-leksik asosli va gap qurilishi
kesim markazli, hokim unsurning tobedan keyin kelishiga asoslangan til” ta’rifi faqat lingvistik
asosda.
Sobiq ittifoq davrida oʻzbek tili oʻchoqboshi tiliga aylanib, haqorat botqogʻiga botib
qolganligi haqidagi asossiz fikrlarga qoʻshilib boʻlmaydi. Hozirgi goʻzal oʻzbek adabiy tilining
ilmiy me’yorlari oʻsha davrda yaratildi. Adabiy tilda bir xillikka erishildi. Buning millatni
jipslashtirishdagi ahamiyati katta boʻldi. Oʻtgan asrning 20- yillarigacha mamlakatning turli
hududidagi oʻzbeklar bir til vakillari sifatida bir-birlarini tushunishlari qiyin edi (xuddi bugungi
afgʻonistonlik va oʻzbekistonlik oʻzbeklar orasida boʻlgani kabi). Hozirgi adabiy til oʻzbek
xalqini birlashtirdi. Hozirgi oʻzbek adabiyotining goʻzal namunalari shu davrda yaratildi. Yuksak
darajada me’yorlashgan oʻzbek adabiy tili XX asr kinofilimlarida namoyon boʻldi. Bunda shoir
va yozuvchilar, jurnalistlarning, kino san’ati namoyandalarining xizmatlari behad katta. Adabiy
tilda chiroyli husnixatda, bexato yozib, burro gapiradigan 40 yoshdan oshgan ziyolilar nutqini
oʻsha davr ona tilidagi ta’lim,
adabiyot, OAV shakllantirdi. Aksincha, hozirgi yoshlarning
ogʻzaki va yozma nutqi, OAV, kinofilimlar tili gʻariblashib qoldi. Katta yoshdagi ziyolilarning
yozma nutqida imlo xatolarini kamdan kam uchratasiz, aksincha, hozirgi yoshlar orasida xato
yozmaydiganlari esa barmoq bilan sanarli. Oʻzbek tili davlat tili boʻlgandan keyin, “oldingdan
oqqan suvning qadri yoʻq” deganlaridek (shuningdek, pul, foyda – moddiyat muqaddas tus
olishi ham bunga ta’sir qildi), tilga, savodga, adabiy tilga e’tibor susayib ketdi,
nutqiy pala-
partishlik kuchaydi. Maktab darsliklarida, koʻcha-koʻyda, televideniyeda imlo xatoliklari tabiiy
holga aylanib, sheva unsurlari kinofilimlar “bezagi” boʻlib qoldi. Lekin shunday boʻlsa-da,
Oʻzbekiston mustaqil boʻlgani uchun davlat qatorida oʻzbek tili ham jahonga yuz tutdi. Uni
oʻrganishga qiziqish kuchaydi.
Xorijliklarning oʻzbek tilini oʻrganishga ehtiyoji, qiziqishlari oshayotgani ayni haqiqat.
Lekin bu borada muammolar ham bor, albatta... Avvalo, xorijliklarga oʻzbek tilini oʻrgatish
metodikasi shakllanmayapti. Sifatli qoʻllanmalar yoʻq. Ularni shunchaki yozib tashlash ham
*
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universiteti professori, filologiya fanlari doktori
359
mumkin emas, albatta. Til boʻyicha qoʻllanmalarning sifatli/sifatsizligi, samarali/samarasizligi
darror koʻzga tashlanavermaydi. Zero, til egalari ona tilini faqat ta'lim yoʻli bilangina
egallamaydi. Oila, jamiyat, radio-televideniye ham aslida “ona tili oʻqituvchilari”. Lekin
xorijliklar uchun aniq-tiniq natija beradigan mukammal manbalar kerak.
Tilimizning
murakkablik boʻyicha bosqichlari ilmiy aniqlanib, shu asosda turli leksik-grammatik darajadagi,
ketma-ketlikka asoslangan qoʻllanmalar yaratish – dolzarb vazifa. Birinchi oʻrinda lingvistik
baza shakllantirilishi zarur. Bu tizimli, chuqur ilmiy tadqiqotlarni taqozo etadi. Ayni muammo
doirasida kamida 10ga yaqin lingvistik, metodik yoʻnalishdagi fundamental va innovasion
tadqiqot amalga oshirilishi lozim. Keyin qoʻllanmalar yaratishga oʻtiladi. Najot eshigi – amaliy
ahamiyatli, maqsadli ilmda.
Insoniyat tomonidan toʻplangan koʻp yillik tajriba va bilimlarni formal koʻrinishda
shakllantirish (modellashtirish) va shu orqali kompyuterda bilimlarni ifodalashning turli
usullarini ishlab chiqish, qolaversa, kompyuterning inson kabi “fikrlashi”, shu asosda undan turli
maqsadlar yoʻlida samarali foydalanishni tashkil etish bugun soha oldida turgan eng dolzarb
masalalardan. Endi rivojlanishga da’vogar har qanday til sun’iy intellekt tiliga aylanishi kerak.
Ona tilimizning dunyo miqyosidagi nufuzi faqat tashviqot-targʻibot bilan oshmaydi. Sun’iy
intellektga doxil boʻlmagan tilning taraqqiyoti haqida gap ochish ham toʻgʻri emas. Bu
muammolarni hal etish borasida olimlar tomonidan koʻplab ilmiy tadqiqot va amaliy ishlar
bajarilishi kerak. Buning natijasi oʻlaroq, oʻzbek sun’iy intellekti, oʻzbek
intellektual sistemasi
yoki oʻzbek ekspert sistemasi kabi yangi ilmiy tushunchalar zamonaviy fanlarimiz doirasida
keng yoyilmogʻi lozim. Sun’iy intellekt deganda, bir tomondan, inson aqliy harakatlari modelini
oʻzida namoyon etuvchi intellektual mashinalarning umumiy nomi, ikkinchi tomondan esa, shu
intellektual mashinalarni yaratish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan tushuniladi. Shu nuqtayi
nazardan, sun’iy intellektga fan sifatida koʻplab ta’riflar berildi. Ularni umumlashtirib aytish
mumkinki, sun’iy intellekt kompyuter yordamida intellektual masalalalarni yechish metodlari
bilan shugʻullanuvchi ilmiy yoʻnalishlar majmuasidan iborat yaxlit soha. Sun’iy intellekt
metodlari asosida aniq bir predmet, til sohasiga tegishli intellektual masalalarni yechishga
moʻljallangan dasturiy yoki texnik sistemalar intellektual sistemalar deb yuritiladi. Muayyan
predmet sohasidagi masalalarni amaliy yechishga moʻljallangan intellektual sistemalar esa
ekspert sistemalardir. Xullas, bularni oʻzbek tili doirasida yaratish
uchun miliy kompyuter
lingvistikasi sohasi jadal va keng qamrovli, tizimli va aniq maqsad-rejali rivojlanmogʻi lozim.
Korpus – til birliklarining xususiyatlarini aniqlash maqsadida qidiruv dasturiga
boʻysundirilgan matnlar majmui, tabiiy tildagi elektron shaklda saqlanadigan yozma yoki
ogʻzaki, kompyuterlashtirilgan qidiruv tizimiga dasturiy ta’minot asosida joylashtirilgan matnlar
jamlanmasi. Til korpuslari – til boʻyicha tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun inkor
etib boʻlmas ish quroli. Jahon tillarining juda koʻpchiligi mukammallik darajasi va matnni ilmiy
qayta ishlash imkoniyati bilan farq qiluvchi oʻz milliy korpuslariga ega. Milliy til va davlat tili
taraqqiyotida milliy korpuslar ahamiyati va oʻrnining qanchalik muhimligini davr koʻrsatmoqda.
Nafaqat dunyo tili sanalgan ingliz, ispan, xitoy, arab, fransuz, rus, nemis tillarining milliy
korpuslari yaratilgan,
balki polyak, polyak-ukrain, chex, slovak, serb, xorvat, bosniya, bolgar,
bolgar-rus, makedon, shotland, niderland, niderland-fransuz, shved, dat, norveg, island, farer,
oʻrta asr fransuz tili, ispan, italiyan, portugal, rumin, litva, latish, grek, sharqiy arman, osetin,
alban, hind, xett, fin, ural tillari, eston, veps, venger, udmurt, gruzin, ingliz-gruzin, lazgin, turk,
tatar, tojik, boshqird,
qrim-tatar, qalmiq, buryat, mongol, arab, ivrit, amxar, yapon, qadimiy
yapon, baman, esperanto tillarining ham korpuslari mavjud. Dunyo kompyuter lingvistikasida
Milliy til korpusining mavjudligiga tilning yashovchanlik va kompyuter tiliga aylanish mezoni
sifatida qaralmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: