343
Diplomatik 1. Davlatning chet mamlakatlar bilan boʻladigan rasmiy munosabatlari va
diplomatiyaga oid. Diplomatik akt. Diplomatik aloqa. Diplomatik munosaqbat.
Koʻchma. Chuqur va nozik oʻylab, ehtiyotkorlik bilan aytilgan yoki qilingan. Diplomatik
javob.
Shunday boʻlsa ham diplomatik ravishda xotini va qizi orqali ochiqdan-ochiq Saidiyga
bildirar edi.
Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2006; 624
Diplomatik hujjatlarning shakli, tashqi koʻrinishi qanchalik muhim boʻlmasin, diqqat
e’tibor asosiy qismga, uning mazmuniga qaratilmogʻi lozim. Fikrni aniq, toʻgʻri, mantiqiy izchil
asosli hamda ikkinchi tomonning xususiyatlarini hisobga olgan holda bayon etish zarur. Ushbu
hajjatlarda, noaniqlik, davlatlarni notoʻgʻri koʻrsatish boʻlmasligi lozim. Chunki uni keyin
toʻgʻirlab yozish yoki alohida ma’lumot berish mumkin emas.
Diplomatik yozishmalar tashqi ishlar vazirliklari tomonidan shu mamlakatning davlat
tilida olib boriladi va biror xalqaro tildagi tarjimasi ilova qilinadi. Elchixonalar, konsulliklar ham
oʻz yozishmalarini oʻz davlat tilida yoki oʻzlari faoliyat yuritayogan mamalakatning davlat tilida
olib borishlari kerak. Dilomatik hujjatlarda soʻzga e’tibor juda kuchli boʻlmogʻi lozim. Uning tili
sodda va ravon boʻlib, koʻchma ma’nolardan xoli boʻlmogʻi, soʻz mazmun bilan mutlaqo mos
boʻlmogʻi, undan boshqacha ma’no anglatilmasligi kerak. “Kosa tagida nim kosa” qabilidagi
ifodalarga diplomatik hujjatlarda oʻrin yoʻq. Agar soʻz ma’nosida qandaydir ma’no
nozikligi
yoki mavhumlik boʻlsa, yaxshisi uni boshqa soʻz bilan almashtirilgani ma’qul. Shuning uchun
ham, diplomatik terminlarning ma’nosini bilish, ularning qoʻllanilish oʻrinlari haqida aniq
ma’lumotlarga ega boʻlish diplomatlar uchun ham, katta ahamiyat kasb etadi. Diplomatik
terminologiya va adabiy til soʻzlarining, qoʻllanilish oʻrinlarida ma’lum farqlar bor. Bu ayniqsa
diplomatik hujjatlarda yaqqol koʻrinadi.
Demak, diplomatik hujjatlar tili terminologiyasi lisoniy jihatdan oʻziga xos leksik-
uslubiy, morfologik va sintaktik xususiyatlaarga ega.
Oʻz atamalar tizimiga, qoliplashgan turgʻun birikmalarga, sinonim, antonim kabi turli
ifoda vositalariga ega. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish keraki, rasmiy ish uslubi hissiy-boʻyoqdor
soʻzlardan holi boʻlgan holda diplomatik yozishmalar hissiy boʻyoqdor soʻzlarga boyligi,
maqtov
soʻzlarga egaligi bilan ajralib turadi. Maqtov soʻzlari diplomatik yozishmalarning eng asosiy turi
boʻlmish nota – bayonotlarning zaruriy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning oz-koʻp
qoʻllanilishiga koʻra ushbu hujjatlar ma’lum bir turlarga ham ajraladi. Chunonchi, notalarda
“Janobi oliylari”, “hurmatli janob”, “Sizga boʻlgan yuksak hurmatimga ishonch bildirgaysiz”
kabi hurmat-e’zoz soʻzlarining koʻp qoʻllanishi unga doʻstonalik, oz qoʻllanishi esa rasmiy tus
beradi.
Diplomatik yozishmalar sinonimik qatorining koʻproq uslubiy neytral soʻzlari emas, balki
ijobiy hissiy boʻyoqli boʻlishi va kitobiy uslubga xos soʻzlari koʻp qoʻllaniladi. Chunonchi,
bildiraman soʻzi oʻrnida izhor etaman, vaqt oʻrnida fursat, bir marta soʻzi oʻrnida bir bora
mansab oʻrnida lavozim, rahmat oʻrnida tashakkur, xursand soʻzi oʻrnida mamnun soʻzlari
qoʻllaniladi. Diplomatik protokolda (ayniqsa, ogʻzaki nutqda)
iboralar, koʻchma ma’noda
qoʻllaniluvchi turgʻun soʻz birikmalari, jumladan, bosh ustiga, boshim koʻkka yetdi,
koʻnglingizni choʻktirmang, bir yoqadan bosh chiqarib, bir tan-u bir jon boʻlib kabi iboralar,
shuningdek, xalq maqollari, donolar bisotidan olingan aforizmlar, keng qoʻllaniladi. Bunday
turgʻun birikmalar nutqqa koʻtariki ruh berishga ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi.
Qadimda iboralar diplomatik hujjatlarda ayniqsa koʻp qoʻllanilgan.
Hozir ham ayrim rasmiy
shaxsiy xatlarda tez-tez uchrab turadi.
Umuman olganda diplomatik hujjatlarda doʻst qiladigan ham, dushman qiladigan ham -
soʻz deydi xalqimiz. Oʻz oʻrnida aytilgan yoki yozilgan soʻz xalqlarni bir –
biriga
.
yaqinlashtiradi, ba’zi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi
Сатоу,
1961;17
.
344
Rasmiy uslubning ushbu turi grammatik jihatdan ham oʻziga xos xususiyatlarga ega.
Diplomatik yozishmalarda koʻpincha I yoki III shaxs nomidan soʻzlanadi, shu sababli
gaplarning kesimi I yoki III shaxs shaklida boʻladi. Shuni alohida qayd qilib oʻtish kerakki,
diplomatik nutqda passiv konstruksiyalar koʻp qoʻllaniladi. Hatto bir shaxs tomonidan yoki “biz
tomonidan qabul qilingan qaror” kabi majhul shakllarda ifodalash hollari koʻp uchraydi. Gap va
soʻz birikmalarining koʻproq biriktiruvchi bogʻlovchilar ( ham, va, hamda) yordamida, ergash
gapli qoʻshma gaplar esa –ki , shuning uchun, shu sababli, shu
tufayli kabi ergashtiruvchi
bogʻlovchilar, ravishdoshning -b, -ib shakli vositasida bogʻlanishi kuzatiladi. Diplomatik
yozishmalarda kirish soʻz va kirish birikmalar koʻp qoʻllaniladi.
Morfologik jihatidan kishilik, oʻzlik, koʻrsatish olmoshlarining, tuslanmagan fe’l
shakllari, ayniqsa, harakat nomining -moq shakli, majhul nisbat shakllarining, qoʻshma ot
kesmlari (hamkorlik qilmoq, umid qilmoq, muyassar boʻlmoq, bekor qilmoq, ma’lum qilmoq,
gullab yashnamoq ) kabi qoʻshma va juft fe’llarning koʻp ishlatilishini kuzatish mumkin. Bu
oʻrinda shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, diplomatik yozishmalar koʻtarinki
ruhda yozilgani
uchun koʻtarinkilikka xizmat qiluvchi grammatik – morfologik shakllar koʻp qoʻllaniladi.
Chunonchi, harakat nomining -
moq
shakli, fe’llarning
ishonch bildirgaysiz, qabul etgaysiz
kabi
arxaik va kitobiy shakllarning qoʻllanilishi va hokazo.
Diplomatiya tili juda ham nozik boʻlib, u elchidan soʻz tanlashda katta mahorat talab
etadi.
Sinonimlar tushuncha ifodalashda bir birlariga qanchalik yaqin boʻlsaklar ham ma’no
nozikligini ifodalashda bir - biridan farq qiladi. Diplomatiya sohasida ham sinonimlarning fikrni
aniq va maqsadga muvofiq qilib ifodalashda ahamiyati kattadir. Jahon diplomatlari
“diplomatiyada muzokaralar jarayonida noqulay vaziyatlarga tushib qolish hollari koʻp
uchraydi, bu diplomatiyada hali muammolar borligini koʻrsatadi. Shulardan biri sinonimlardir”
deyishadi, diplomatiyaga ular: millatlar orasida muzokaralar olib borish, millatlar orasida
oʻzaro kelishuv asosida faoliyat olib borish qobilyati sifatida qarashadi. She has had a long and
distinguished career in diplomacy.
Masalan; Tact, tactfullness- odobli, xushmuomala, tartibli. He
gave a tactfull critique of her story. Ingliz diplomatlari
diplomacy
soʻzining oʻrniga
politic
soʻzini bemalol almashtirib qoʻllash mumkin. Ularning ma’nolari bir xil ya’ni sinonimlardir”
deyishadi
Михалькевич, Г, 2009; 95-96
. It would not be politic to ignore them.
Diplomatiya, tashqi siyosat soʻzlari sinonimdir. Ittifoq, birlashma, alyans, konfideratsiya
koalitsiya soʻzlari ittifoq soʻzi asosida bitta sinonimik qatorga birlashadi. Lekin soʻzlar
bitta
ma’no umumiyligi asosida birlashganiga qaramay, ularning ayrim ma’no qirralari orasida farqlar
bor.
Alyans – shartnoma asosidagi birlashma;
Konfederatsiya – muayyan maqsaddagi ittifoq, birlashma ;
Koalitsiya – uyushma ittifoq
Diplomatik sinonimlarni turlarga ajratishda ilmiy har xillik kuzatiladi. Shu jihatdan,
sinonimlarni 2 guruhga ajratib olish mumkin.
-
Ma’nosi farqlanmaydigan sinonimlar ( absolyut yoki dublet) rahmat, tashakkur;
mamnun boʻlmoq, xursand boʻlmoq; bildirmoq, izhor qilmoq; mansab, lavozim;
Bir bora, bir marta; va boshqalar
Xulosa qilib aytganda, sinonimiya hodisasining diplomatiya sohasida, ayniqsa, diplomatik
hujjatlarning nomlanishida keng qoʻllanishi salbiy oqibatlarga olib kelishi amalda kuzatilgan.
Shu boisdan, hujjatlar imzolanishidan oldin sinologlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil etilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: