168
Qï
l
d
a
ch
ï
Bo
l
d
ä
ch
i
Dostondagi masnaviylarning aksariyatida qofiyaning oʻzak tarkibiga koʻra murdaf va
muqayyad qofiya turi qoʻllangan. Bu holat qofiya tarkibidagi oxirgi rukn bilan bogʻliq. Oʻta
choʻziq hijo bilan tugagan, mutaqoribi musammani maqsur vaznida yozilgan misralar mohiyatni
yetkazishga muhim ahamiyat kasb yetgan.
Yürimäz yätmäz üdimäz udugʻ,
V - - | V - - | V - - | V ̴
Yä menzəg yaŋzagʻ kɵtürməz bodugʻ.
V - - | V - - | V - - | V ̴
(
U yurmaydi yo yotmaydi, uxlamaydi, (u) uygʻoqdir,
Yo mengzaydigan, yo oʻxshaydigan surati yoʻqdir
)
Raviydan oldingi choʻziq
unli ridfi asliyni hosil qilib, bunday qofiya turi murdaf qofiya
sifatida baholanadi.
Qator undos’hli boʻgʻinga asoslanadigan soʻzlar qofiyaning murdaf va muqayyad turiga
namuna boʻlib, bu misralar mutaqoribi musammani maqsur vaznida yozilgan. Bu kabi qofiya turi
dostonda boshqa qofiya turlariga nisbatan kamroq qoʻllangan.
Äpäŋ tegsə yemgək qadgʻu saqïnch,
V - - | V - - | V - - | V ̴
Serinsə kelir otruqïra sevinch.
V - - | V - - | V - - | V ̴
(Agar mehnat, mashaqqat yoki qaygʻu-alam yuz ursa,
Ularga sabr qilsang, oʻngingdan shodlik keladi)
Hazv
Qayd
Raviy
Saq
ï
n
ch
Sevi
i
n
ch
Masnaviydagi
saqinch – sevinch
qofiyadosh soʻzlari oʻta choʻziq
hijoni qayd asosida
yuzaga keldirgan. Shuning uchun ham bunday qofiya turi muqayyad qofiya, qofiyadosh soʻzlar
raviy bilan tugagani bois ham qoʻshimcha tarkibiga koʻra muqayyadi muqayyad qofiya deb
yuritiladi.
Biri beg sɵzini qatïgʻ tütsä berk,
V - - | V - - | V - - | V ̴
Yekinchi havaqa uqush qïlsa erk.
V - - | V - - | V - - | V ̴
(Birinchidan, beg soʻzlarini juda qattiq sir tutsa,
Ikkinchidan, havasni bosishga zehni gʻolib boʻlsa(ya’ni irodasi kuchli boʻlsa))
Hazv
Qayd
Raviy
B
e
r
k
e
r
k
Koʻrinib turganidek, ushbu misralarda ham yuqoridagi kabi muqayyadi
muqayad qofiya
qoʻllangan.
Dostonning juda koʻp oʻrinlarida misralarning qofiyasiz shaklda kelish oʻrinlari ham
uchraydi. Biroq bu qofiyasiz oʻrinlarda vazn buzilmaydi. Aksincha, muallif vaznni saqlab qolish
maqsadi bilan ba’zi misralarni qofiyasiz shaklda keltiradi.
Agʻïr –teg qamugʻï agʻïr qïlquqa,
Ridf
Raviy
Ud
u
gʻ
Bod
u
gʻ
169
Qïlumaz bü ishni biligsiz kishi.
(Ulugʻlashish uchun ezguning borligi yuqoriga koʻtarilish kabidir,
Bu ishni yesa bilimsiz, nodon kishi qila olmaydi.)
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Yusuf Xos Hojib vazn talabi bilan ba’zi misralarda
qofiyasiz radifni
keltirib, ohangdoshlikni radif orqali ta’minlashga yerishgan. Doston misralari
orasida misralar tarkibida qofiya ayblari sinod, iqvo, ikfo,
iyto kabi ridf, raviy, hazv va
majrodagi tafovutlar juda koʻp oʻrinlarda uchraydi.
Ey ül bü kitobkə qabul boldüqï,
Bü türklər tilində äjäb kɵrdüki.
(Ehe, bu kitobga kiritilgan narsalar,
Bu turklar tilida qiziq koʻringan narsalardir)
Misradagi qofiyadosh soʻzlarga e’tibor berilsa, asoslar –
bol
va
kɵr
soʻzlari oʻzaro
qofiyadosh boʻla olmaydi, biroq asosga qoʻshilgan qoʻshimchalar –
-duqi
va
-duki
shakllari
oʻzaro ohangdoshlikni ta’minlagan.
Xulosa qilib shuni
alohida qayd qilish lozimki, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”
asarida vazn qofiya uygʻunligiga asoslangan misralar boshdan-oyoq bir butunlikni tashkil qiladi.
Muallif mohiyat va vazn, qofiya shakllarini uzviylikda shakllantirib, poetik jihatdan mukammal
misralarni yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: