Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


Yorma zavodining oqlash bo‘limidagi nazorat qiluvchi



Download 7,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/158
Sana05.06.2022
Hajmi7,74 Mb.
#639225
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158
Bog'liq
Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi. Tursunov S. Muqimov Z. Norinboyev B.

Yorma zavodining oqlash bo‘limidagi nazorat qiluvchi
texnologik jarayonlar
Nazorat texnologik jarayonlar barcha turdagi texnologiyalar 
uchun zarur bo‘lib, ular korxonaning butun ish vaqti davomida 
uzluksiz amal qilishi kerak va tayyor mahsulotlarning tegishli 
sifatini ta ’minlaydi. Yuqorida aytib o ‘tilganlar prinsipial ahamiyatga 
ega, chunki deyarli har doim korxonalarni ishga tushirishda 
tasodifiy nuqsonlar uchrashi mumkin (elaklarning yuk tushadigan 
joyi, qistirmalarining mustahkam emasligi, yirtiqligi sababli 
mahsulotlarning buzilishi; sifatli mahsulotlarning aspiratsion 
uzatkichlarga kirib ketishi; qo‘shimcha mahsulotlarning uskunalar 
ishidagi turli nuqsonlar tufayli asosiy mahsulotga tushib qolishi va 
b). Ana shunga ko‘ra nazorat qilish texnologik tizimlari quyidagilarni 
ta ’minlashi kerak:
- tayyor mahsulotlardagi tasodifan tushib qolgan aralashmalarni 
ushlab qolish;
- mahsulotning turi, navi va raqamini shakillantirish;
227


- tayyor mahsulotlarni ham istisno qilmagan holda texnolo- 
giyaning barcha mahsulotlariga bir xil tus berish;
- qo‘shimcha mahsulotlardan yormabop don m ag‘zini to‘liq 
chiqarib olish va boshqalar.
Nazorat texnologik jarayonlari ish jarayonida qo‘llanadigan 
texnologik uskunalarga o ‘xshash uskunalardan foydalanib amalga 
oshiriladi, asosan: separatsiyalovchi mashinalar (rassevlar, yorma 
«OKRIM», pnevmoseparatorlar, metallomagnit aralashmalarni 
ajratuvchi apparatlar va boshqalar)dan foydalaniladi.
Nazorat jarayonlari uchun tortishga oid hisob-kitobni amalga 
oshirish maqsadida turdagi tayyor mahsulotlarni nazorat qilish 
majburiy hisoblanadi.
Texnologik jarayonni nazorat qilish barcha turdagi yormalar 
va qo‘shimcha mahsulotlar tayyorlashda amalga oshiriladi. 
Maydalanmagan (butun) yormani nazorat qilishda quyidagi 
texnologik jarayonlar amalga oshiriladi:
- Maydalangan (m ag‘iz) va kepakni ajratish uchun yormani 
qaytadan elash.
- Tayyor yormadagi tasodifan qolib ketgan oqlanmagan donlarni 
ajratish uchun nazorat qilish.
- Yengil chiqindilami tozalash uchun pnevmoseparatsiyalash.
- Metallomagnit aralashmalarni ajratish.
- Nazorat qilish.
86- 
rasmda maydalanmagan yormani nazorat qilishning prin- 
sipial chizmasi keltirilgan.
Yorma ajratishni nazorat jarayoni ishchi jarayonidagi kabi 
uskunalarda amalga oshiriladi. Masalan sholi va suli uchun padi 
separator, grechixa uchun elakli separatordan foydalaniladi. Na­
zorat elash uchun asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar yirikligiga 
mos elak tanlanadi, u har bir turdagi mahsulot uchun individual 
b o ‘ladi. Maydalangan yormani nazorat qilishda taxminan xuddi 
maydalanmagan yormani nazorat qilishdagi kabi texnologik 
jarayonlar majmui amalga oshiriladi.
Faqat nazorat yorma ajratish o ‘miga yormani raqamiga ko‘ra
228


bir o ‘lchamga keltirish jarayoni olib boriladi. 87-rasm nazoratning 
boshlangMch bosqichida tayyor yorma avvaldan yorma raqamining 
yirikligiga muvofiq ho Ida fraksiyalarga saralanadi. Har bir raqamdagi 
yorma o ‘ziga xos texnologik yiriklikka ega bo‘lib, bu ikkita yonma- 
yon elakdan o ‘tgan yoki elakda qolganligi bilan xarakterlanadi. 
Masalan, 2-raqamli perlovka yormasi diametri 3 mm li elak o ‘tishi, 
diametri 2,5 mm li elak qolishidan olinadi.

Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish