Умк иш юритишдекаб+++


Bildirishnomaning zaruriy qismlari



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/94
Sana05.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#639075
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
Bildirishnomaning zaruriy qismlari: 
1.
Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari 
hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi. 
2.
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari 
hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi. 
3.
Hujjat turining nomi (bildirishnoma). 
4.
Matn sarlavhasi. 
5.
Bildirishnoma matni (mazmuni). 
6.
Qancha varaqligi ko’rsatilgan ilovalar ro’yxati (agar ilova bor bo’lsa). 
7.
Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs 
tomonidan tayyorlangan bo’lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). 
8.
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari
tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo’yiladi). Ko’rinib 
turibdiki, zaruriy qismlari va yozilishi shakli jihatdan 
bildirishnomalar xizmat ma’lumotlari (spravka)ga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, 
ma’lumotnomalarda asosan talab qilingan, so’ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot 
beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib 
chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi. 
ildirishnoma tayyorlangan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli 
bo’lmog’i kerak. SHuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni 
tasdiqlovchi, bo’lib o’tgan voqea-hodisalarga, qonunchilik ko’rsatmalariga, tegishli 
hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bildirishnomalarda bayon etilgan masalani 
bevosita muassasa misolida o’rganish yoki sinab ko’rish natijasida olingan boshqa 
dalillarga havolalar qilinishi zaruriy hisoblanadi. 
Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat bo’lmog’i kerak. Birinchi qismda 
uning yozilishiga sabab bo’lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi lozim. Ikkinchi qismida 
esa xulosalar va aniq harakatlar haqidagi takliflar aks etmog’i zarur. Mutaxassislarning 


fikricha, bunday harakatlar bayon qilingan voqealar munosabati bilan yuqori idora yoki 
mansabdor shaxs tomonidan qilinishi (boshlanishi) kerak. 
Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan ma’lumotlar aniq bir vaqt oralig’iga 
taalluqli bo’lsa, xuddi malumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan alohida zaruriy qism 
sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan “1999 yil 31 iyuldagi holatga 
ko’ra” yoki “2000 yilning 1 yanvaridan 1 sentyabrgacha bo’lgan davr uchun”. Bu 
ma’lumotlarni matn sarlavhasiga qo’shib yuborish ham mumkin. 
Bildirishnoma namunalarining (Maxmudov N. va b. O’zbek tilida ish yuritish. - 
T.: O’zbekiston Sovet Entsiklopediyasi Bosh redaktsiyasi. 1990 (50-55 betlar) qaralsin) 
deyarli barchasi ariza shakliga o’xshash yozilgan. Bildirishnomaning yana bir shakli ham 
borki, unda tarkibiy qismlarning joylashishi bir oz boshqacharoq. Bunday 
bildirishnomalarda muassasa, tarkibiy bo’linma nomi, hujjat nomi, uning yozilish sanasi 
hamda matn sarlavhasi qog’oz varag’ining yuqori chap burchagiga yoziladi
bildirishnoma yo’llanayotgan shaxs nomi o’z o’rnida, ya’ni varaqning yuqori o’ng 
burchagiga yoziladi. 
Agar bildirishnoma mantiqan va mazmunan to’g’ri, ishonarli dalil va isbotlar bilan 
yozilsa, uning har ikkala shaklidan ham foydalanaverish mumkin. 

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish