Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq
va qisqa jumlalar bilan
tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga
oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va imkoniyatlarini o’z vaqtida va
diqqat-e’tibor bilan ko’rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri,
qonunchilikning mustahkam garovidir.
Ariza asosan qo’lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va
uslubiga ko’ra arizalar bir xil emas: u bir necha so’zdan iborat bo’lishi ham mumkin yoki
keng jamoatchilikni o’ylantirayotgan ijtimoiy masalalar
yuzasidan fikr-mulohazalar
bildirilgan xat tarzida bo’lishi ham mumkin. SHu nuqtai nazardan arizalar
sodda va
murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo’lishi bilan birga unga
ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir.
Ishga kirish haqidagi arizalar. Bunday arizalarda ariza zaruriy qismining
barchasidan foydalaniladi. Bu arizalarning aksariyatida ilova qismi bo’lmaydi,
shuningdek, xodimning yashash joyini ko’rsatishning zaruriyati yo’q.
O’quv yurtlarga kirish yoki muayyan jamoa tashkilotlariga a’zo bo’lish arizalari.
Ularning barchasiga zaruriy hujjatlar ilova qilinadi va ular bosma ish qog’oziga
to’ldiriladi.
Aholi ish joyida yoziladigan arizalar (uy-joyini
kengaytirish, almashtirish va shu
kabilar).
Da’vo arizalari muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar)
shaxslarda davo qilinayotgan mablag’ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda
undirib berishni iltimos qilib sud idoralariga yoki davlat xakamligiga yozma
murojaatidir. Ularning zaruriy qismlari:
1.
Yo’llovchining nomi, hujjat tuzilgan vaqti va tartib raqami ko’rsatilgan
to’rtburchak muhr.
2.
Sud idorasi yoki davlat hakamligining nomi.
3.
Davogarning to’liq nomi va manzili.
4.
Javobgarning to’liq nomi va manzili.
5.
Da’vo summasi.
6.
Hujjat nomi (da’vo arizasi).
7.
Da’vo arizasining matni (mazmuni).
8.
Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar). Hisob-kitob arizasi
bajarilgan ishlarga haq to’lash haqidagi yozma
yoki og’zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni
bajargan ayrim ishchi
(xizmatchi)lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi.
Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi, lekin unda quyidagi zaruriy
qismlar bo’lishi kerak:
1.
Muassasa hamda ariza yo’llanayotgan mansabdor shaxsning nomi.
2.
Arizachi haqida ma’lumotlar (adresi, pasport raqamlari, kim tomonidan va qachon
berilgan; ismi, ota ismi va familiyasi; zarur hollarda tug’ilgan
yili va soliqlar
bo’yicha imtiyozi borligi ko’rsatiladi).
3.
Hujjat nomi (hisob-kitob arizasi).
4.
Ariza matni.
5.
Ariza berilgan sana.
6.
Arizachining shaxsiy imzosi. Korxona va bo’linma rahbariga xizmat faoliyati
bilan aloqador
muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron bir voqea va
hodisa haqida xabardor qilish zaruriati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma
axborot - bu bildirishnomadir.
Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo’yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning
takliflari aks etadi.
Kimga yo’nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajratiladi.
Ichki bildirishnoma o’z korxona rahbariga yoki bo’lim mudiriga yoziladi.
U toza
qog’oz varag’iga qo’lda yoki mashinkada yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar
muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan
yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda,
xos ish
qog’ozga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi korxonaning o’zida
qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar korxona rahbari tomonidan imzolanadi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga ega. Bu xususiyatlar
hujjat matni sarlavhasidayoq o’z aksini topadi. Tashabbus bildirishnomasi matnida
tegishli masala yuzasidan umumiy yoki
aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal
qilishga undaydi.
Axborot bildirishnomasi, odatda, umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan
jarayon to’g’risida xabar beradi.
Hisobot bildirishnomasi ma’lum bir ishning tugallanishi
haqida yoki biron-bir
ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarni xabardor qilishi kerak. Muayyan
vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport
ham deyiladi. Aslida frantsuzcha bo’lib, bu tushuncha bizga “bildirgi” atamasi bilan
ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: