Tadqiqot ob’ektlari va predmetini tanlash bosqichi. Mazkur bos‐
qichda muammoning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqotning
ob’ekti va predmeti aniqlanadi. Tadqiqotning ob’ekti bo’lib ma’lum bir
sinfda olib boriladigan o’quv jarayonining ba’zi jihatlari bo’lishi
mumkin.
Masalan, «Boshlang’ich tabiiy geografiya» kursida tabiatni kuzatish
ko’nikmalarini shakllantirish ishning predmeti bo’lishi mumkin.
Iqtisodiy geografiya tushunchalarini shakllantirishda tadqiqot
ob’ekti bo’lib «O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» kursi
bo’lishi mumkin, tadqiqot predmeti bo’lib esa iqtisodni o’qitish
texnologiyasi bo’lishi mumkin.