Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi I4-BOB



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/140
Sana05.06.2022
Hajmi10,95 Mb.
#638925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

5
www.ziyouz.com kutubxonasi


I4-BOB. 
CHORVACHILIK 
TARMOQLARI 
VA 
ULARNI
RIV O JLANTIRISH YO‘LLARI
14.1. 
Chorvachilik 
tarmoqlarining 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotidagi
ahamiyati............................................................................................................ 272
14.2. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish
holati....................................................................................................................273
14.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida chorvachilik tarmoqlarini
rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar..................................282
14.4. Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish 
va samaradorligini
oshirish yo'llari................................................................................................... 285
QISQACHAIZOHLI LUG‘AT...................................................................... 290
ADABIYOTLAR............................................................................................... 297
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog'ining ahamiyati 
juda katta. Chunki respublikamiz abolisining yarmi qishloq joylarda istiqomat 
qiladi va ulaming turmush farovonligi mazkur tarmoq rivoji bilan uzviy 
bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti va valyuta 
tushumi tarkibida ham qishloq xo‘jaligi tarmog'i sezilarli salmoqqa ega. 
Qishloq xo'jaligi tarmog‘i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan hamda 
sanoatning ayrim sohalarini xomashyo bilan ta'minlashda muhim ahamiyatga 
ega. Endilikda aholi soni va ehtiyojlarining o'sishi hamda qayta ishlash sanoati 
quvvatlarining yuksalishi qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini 
yanada ko'paytirishni obyektiv ravishda taqozo etmoqda. Shuning uchun ham 
mazkur tarmoqni rivojlantirish va samaradorligini oshirish zarur.
Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan 
yuksaltirishda agrar sohadagi yutuqlar nihoyatda muhimligini qayd etib, 
"Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush 
darajasini ko‘tarish, iqtisodiyotimizning samaradorligini oshirish, xalqimizni 
boqish, istiqbolimizni rejalash, xullas qanday muammo, qanday masalani 
ko‘rmaylik, ulaming aksariyati birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga borib 
laqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha qishloq xo'jaligi 
tarmog‘idir”, - deb ta’kidlagan edi.
Qishloq xo‘jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida 
rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko'rsatish imkoniyatiga ega 
bo‘lgan turli xildagi mulkchilik shakllarining, ularga asoslangan tadbirkorlik 
turlari hamda ular o'rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy 
asoslarini teranlashtirish, takomillashtirish, investitsiyalami ko‘proq jalb etib, 
fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami ishlab 
chiqarishga joriy etish, cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital hamda 
mehnat resurslaridan qisqa va uzoq muddatlarda to'liq va samarali foydalanish 
yoilarini aniq belgilash, barcha xarajatlami tejash, mehnat unumdorligini 
yuksaltirish, ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish 
negizida foyda summasini ko'paytirish yoMlarini asoslangan holda belgilab 
olish maqsadga muvoftqdir. Bu masalalarning ilmiy hamda amaliy asoslarini 
yaratishda, rivojlantirishda, ulami ishlab chiqarishga joriy etishda qishloq 
xo'jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olish zamr.
Yuqoridagi masalalaming erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qonun- 
qoidalarini, barcha munosabatlaming mohiyatini, sabab va oqibatlarini, 
tushunchalarini, ulaming qishloq xo‘jaligida qay darajada, qanday shaklda amal 
qilayotganligini, kelajakda takomillashtirish yo'llarini «Qishloq xo'jaligi 
iqtisodiyoti» fani o‘rganadi.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlaming 
yo‘nalishlari, 
ahamiyati 
hamda 
mazmunini 
yoritishda 
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, Prezidentimiz 
I.A.Karimovning asarlariga asoslanish, mamlakatimizda 2008-2012-yillarga 
moijallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi va ”Qishloq 
taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturlaridan ham foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Bundan tashqari mazkur o‘quv qoilanmada qishloq xo‘jaligidagi 
iqtisodiy munosabatlaming mazmun va mohiyatini Qishloq va suv xo'jaligi 
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, fermerlar uyushmasi 
va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi alohida korxonalar 
ma'lumotlaridan foydalanib, jadvallar, diagrammalar, grafiklar yordamida 
yoritishga e’tibor berildi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi talablari va Oliy va 
o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida 
tayyorlangan mazkur o‘quv qoilanmada o‘qitishning zamonaviy, innovatsion 
texnologik xususiyatlarini hisobga olib, har bir bobning qisqacha mazmuni 
bayon etilgan, nazorat va muhokama uchun savollar, mavzu bo‘yicha tavsiya 
etiladigan asosiy adabiyotlar ro‘yxati hamda har bir bobdan keyin shu 
mavzudagi ma'ruza darsining texnologik xaritasi keltirilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish