Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/140
Sana05.06.2022
Hajmi10,95 Mb.
#638925
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

13.3. Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
dehqonchilik
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotiar.
Globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiy inqiroz domida bo‘lishiga 
qaramay, 0 ‘zbekistonda mazkur salbiy jarayon oqibatlarining nafaqat oldi 
olindi, balki barqaror iqtisodiy rivojlanish ham ta'minlanmoqda. Bunday ijobiy 
natijaga Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, islohotlarni 
amalga oshirishning besh tamoyiliga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni 
yuritish hamda inqirozga qarshi choralarni o‘z vaqtida qabul qilish tufayli 
erishildi.
2009-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 
o'sishi 8,1 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi - 9 
foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari - 5,7 foizni, chakana tovar aylanmasi -
16,6 foizni, pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmining o‘sishi 12,9 foizni tashkil 
qildi. Davlat budjeti unda belgilangan xarajatlami kamaytirmagan holda 
barqaror ravishda profitsit bilan ijro etildi, inflatsiya darajasi esa prognoz 
ko‘rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni tashkil etdi.
265
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 
o‘z vaqtida qabul qilingan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘l!ab- 
quwatlash, ulaming barqaror faoliyatini ta’minlashga va eksport salohiyatini 
oshirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi Xalqaro valyuta 
jamg'armasi tomonidan mintaqaning barcha mamlakatlari orasida inqirozga 
qarshi kurashish bo‘yicha eng samarali choralar sifatida qayd etilgani bejiz 
emas.
2008-yil 28-noyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«Iqtisodiyotning real sektori koTxonalarini qo'llab-quvvatlash, ulaming 
barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari 
dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga 
muvofiq iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quwatlash, ularning 
barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari 
dasturi 
ishlab 
chiqilgan. 
Mazkur 
dastuming 
ikkinchi 
qismida
mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko'rsatuvchilari 
mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha choralar 
belgilab berilgan. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
kengaytirish bo‘yicha qo'shimcha choralarga bag‘ishlangan alohida punkt 
bo‘lib, quyidagi tadbirlami amalga oshirish nazarda tutilgan:
- aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror 
ta’minlash 
maqsadida viloyatlar hokimliklari 
qoshida 
meva-sabzavot 
mahsulotlari va kartoshka yetishtirishga bo‘nak ajratish, xarid qilish
transportga yuklash, saqlash va ulgurji savdosi bo'yicha ixtisoslashtirilgan 
kompaniyalar tashkil etish hamda yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan 
kompaniyalarga aylanma mablag‘lar ajratish va zarur moddiy-texnik bazani 
ularga ijaraga berish. Shu maqsadda meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka 
yetishtirish uchun avans ajratish, ulami xarid qilish, tayyorlash, saqlash va 
ulgurji sotish bo‘yicha 13 ta hududiy ixtisoslashtirilgan “Mevasabzavot- 
tayyorlovsavdo” kompaniyalari tashkil etildi;
- 2009-yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishni 
optimallashtirish va samaradorligini oshirish hisobidan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish: sabzavotlarni - 5,6 foizga, poliz 
ekinlarini - 6,6 foizga, kartoshkani - 6,2 foizga ko‘paytirish;
- har bir tumanda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi 
yengillashtirilgan konstmksiyali 5-6 ta issiqxona barpo etish. 2009-yilning 
birinchi yarmida umumiy maydoni 341 gektarga teng bo'lgan yengillashtirilgan 
konstruksiyali, muqobil issiqlik manbalaridan foydalanuvchi 648 ta issiqxona 
tashkil etildi;
- 2009-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va 
Xorazm viloyatlarida 2 ming gektarli umumiy maydonda, shu jumladan xorijiy
266
www.ziyouz.com kutubxonasi


sarmoyadorlami jalb etgan holda qishloq xo'jalik ekinlarini tomchilab 
sug'orish texnologiyalarini joriy etish;
- meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va 
agrofirmalariga bo'nak tarzida va xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun naqd 
pul mablag‘lari berilishi ustidan muntazam nazorat olib borish.
2009-yilning birinchi 
yarmida 
iqtisodiyotning agrar tarmog'i 
samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar doirasida, eng avvalo, 
qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha zamonaviy korxonalami 
barpo etish ishlarini jadallashtirish evaziga hisobot davrida meva-sabzavot, 
go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlovchi minitexnologiyalar bilan 
jihozlangan 66 ta korxona tashkil etildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-oktabrdagi 
«Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va ulami 
yetishtirishni ko'paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni va 
2009-yil 
26-yanvardagi 
«Oziq-ovqat 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi 1047-sonli qarori e’lon qilindi va oziq-ovqat mahsulotlari 
yetishtirish hajmini oshirishga e’tibor kuchaytirildi. Jumladan, Surxondaryo 
viloyati hokimining 2008-yil 23-oktabrdagi 169-sonli qaroriga ko‘ra, 2009-yil 
hosilidan boshlab paxta ekib kelingan yer maydonidan 3400 gektari oziq-ovqat 
ekinlari ekish uchun ajratilgan. Shu maydonning 3000 gektari g'alla, 115 
gektari sabzavot, 30 gektari kartoshka va 255 gektari moyli ekinlar uchun 
ajratilgan.
Bundan tashqari "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat 
dasturida ham dehqonchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu 
dasturda 2009-yil mobaynida quyidagi ishlami amalga oshirish nazarda tutilgan 
edi:
- barcha mintaqalarda ilg'or xorijiy texnologiyalarni joriy etgan holda 
meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini saqlash, chuqur qayta ishlash va 
idishlarga joylash bo'yicha korxonalar tashkil etish (8 ta yangi korxona tashkil 
etish va 12 ta mavjud korxonani modemizatsiya qilish);
- yetakchi xorijiy kompaniyalar - mini-texnologiyalar va ixcham 
asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilami jalb etgan holda minitexnologiyalar va 
ixcham asbob-uskunalar bo'yicha doimiy ishlaydigan ko'rgazma-savdolar va 
yaimarkalar tashkil etish.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish