14-BOB
CHORVACHILIK TARMOQLARI
VA ULARNIRIVOJLANTIRISH VO
I LARI
• Chorvachilik tarmoqlarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
• Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
• Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida chorvachilik tarmoqlarini
rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.
• Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish
yo‘llari.______ _____________________________________________________
14.1. Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
abamiyati.
Chorvachilik - mamlakatimiz qishloq xo'jaligining muhim tarkibiy
qismidir. Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalariga
boy bo'lgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Go‘sht, sut,
tuxum - aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo'lib, ularsiz oziq
moddalarga bo'lgan talabni qondirib bo‘lmaydi.
Chorvachilik sanoat uchun jun,
teri, go'sht, sut kabi xomashyo yetkazib beradi. Natijada sanoat tarmoqlarining
rivojlanishiga shart-sharoit yaratiladi.
Chorvachilik tarmog‘i dehqonchilikni mahalliy o‘git bilan ta’minlaydi.
Bu esa yerlaming mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik
yurik
tarmoq
bo'lib,
hayvonlar
turlari
va
yetishtiriladigan mahsulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi
tarmoqlarga bo'linadi:
- qoramolchilik;
- qo‘ychilik;
-
parrandachilik;
- cho'chqachilik;
- yilqichilik;
- mo‘ynachilik;
- baliqchilik;
- asalarichilik va boshqalar.
272
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuning uchun respublikamiz hukumati chorvachilikni rivojlantirishga
qaratilgan
yirik dasturiar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha
qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy yordamchi,
dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish
dasturini amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi
kunda sezilarli natijalar bermoqda.
Qoramolchilik chorvachilik tarmoqlari tarkibida
alohida ahamiyatga
ega. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari - sut va go‘sht bilan
ta'minlaydi. Ularning terisidau esa ko‘p turdagi charm mahsulotlari
tayyorlanadi. Boshqa turdagi chorva
mollari bilan taqqoslaganda, qoramollar
yuqori sut mahsuldorligiga ega. Bir yil mobaynida bir bosh qoramoldan 5-8
ming kilogramm, bir sutkada esa 25 kilogrammgacha sut sog‘ib olish mumkin.
Bundan tashqari, qoramollar ratsioni tarkibiga kiruvchi
ozuqalar ham boshqa
turdagi chorva mollari ozuqasiga nisbatan ancha arzon bo‘lib, asosan dag‘al
xashak iste'mol qiladi.
Qo'ychilik ham chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib,
go‘sht, jun, teri, qorako‘l teri, sut va boshqa mahsulotlar beradi.
Mamlakatimizda 2009-yil holatiga 20846,2 ming gektar yaylovlar mavjud
bo‘lib, ushbu yaylovlarda qo‘ychilikni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlar mavjuddir.
Parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor,
samaradorlik darajasi
yuqori bo‘lgan tarmoqlaridan biridir. Parrandachilik aholini to‘yimli parhez
oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta'minlaydi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikka ham alohida e'tibor
berilmoqda. Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur va me’yoriy
hujjatlar qabul qilinib, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari
tashkil etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: