§ 11.4. Jahon savdo tashkilotining jahon xo’jaligidagi rivojlanish yo’nalishlari va uni mamlakatlar
iqtisodiyotidaga ahamiyati
Jahon savdo tashkiloti (JST) 1995 yilning 1 yanvarida tashkil topdi. JST ko’p tomonlama savdo
tizimlarining xuquqiy va instituttsional asosidir. U muhim shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu
shartnoma majburiyatlari hukumatlarga ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda,
shuningdek tashqi savdoni boshqarishni aniqlab beradi. JST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1
yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT)ning davomchisi hisoblanadi.
§ 11.5. JSTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish uslublari
Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif uslublari mavjud
bo’lib, ularni qay me’yorda va qay ko’lamda qo’llanilishi har bir davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va
tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy yo’nalishlari bilan belgilanadi. JST talablariga ko’ra barcha tashqi
savdo operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga solishni
maqsadga muvofiq.
JST xalqaro savdo palatasi, BMTning savdo va rivojlanish bo’yicha Konferentsiyasi, Jahon
taraqqiyot va tiklanish banki, AQSH tarif komissiyasi hamda turli olimlarning notarif uslublarini
turkumlashga o’zgacha yendashuvlari mavjud.
Nazorat uchun savollar:
1.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar qanday tasniflanadi?
2.
BMT va BMT tizimidagi tashkilotlarning jahon xo’jaligidagi roli qanday?
3.
Xalqaro hududiy tashkilotlar va ularning funktsional vazifalari nimalardan iborat?
4.
JSTga a’zo bo’lish bosqichlarini xarakterlab bering.
12-mavzu. Jahon xo’jaligining globallashuv jarayonlarida O’zbekistonning ishtiroki
§ 12.1. O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari
O’zbekistonning jahon xo’jalik aloqalariga qo’shilish jarayoni ob’ektiv tuzilmaviy shart-sharoitlar
yetilgan va tashqi iqtisodiy aloqalarning xo’jalik mexanizmi isloh qilina borgan sari bosqichma-bosqich
rivojlanmoqda.
Respublika noyob tabiiy boyliklarga, kudratli iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, aqliy va ma’naviy
salohiyatga ega. Tarixning o’zi O’zbekistonning o’rnini G’arbni SHarq bilan, Janubni SHimol bilan
bog’laydigan Yevroosiyo yo’llari chorrahasida belgilagan. Bizning Respublikamiz Yevroosiyo iqtisodiy
va madaniy ko’prigi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu ko’prik doirasida tovarlar, texnologiyalar,
sarmoyalar va madaniy qadriyatlarning xarakati va almashuvi uchun yaxshi sharoit yaratilgan.
4
Butun Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha gaz kondensati zahiralarining 74 %, neftning 31 %,
tabiiy gazning 40
%,
ko’mirning 55 %i O’zbekiston xissasiga tugri keladi. Tabiiy gaz qazib olish
bo’yicha respublika MDH mamlakatlari ichida uchinchi o’rinda va dunyodagi bu sohaning kuchli
yetakchi 10 mamlakatlari qatorida turadi.
O’zbekiston Markaziy Osiyoda va MDH doirasida paxta yetishtiruvchi asosiy mamlakat bo’lib
hisoblanadi. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 mln. tonna paxta tolasi yetishtirsa, uning 1,4
mln. tonnasi o’zbek tolasidir. O’zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo’yicha dunyoda turtinchi o’rinda, uni
eksport qilish bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi.
Xozirgi vaqtda O’zbekiston MDHning bir necha yirik shaharlari va jahonning 20ta davlati:AQSH,
Germaniya, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Janubiy
Koreya, Singapur va boshqa davlatlar bilan bevosita xavo yo’llari orqali bog’langan.
O’zbekistonning xalqaro bozorga mustaqil sur’atda chiqishi va dunyo xo’jaligiga
integratsiyalashuvi sharoitlarida uning boshlang’ich iqtisodiy salohiyati jahon xo’jaligiga samarali
qo’shilish istiqbollariga umid qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |