39
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekistonning
agrosanoat
kompleksini
rivojlantirishda
amalga
oshirilayotgan barcha ishlaridan asosiy maqsad mamlakatni aholi jon boshiga oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo‘yicha eng rivojlangan
davlatlar darajasiga olib chiqishga qaratilgan. O‘zbekiston
iqtisodiyotining bir
yoqlama xom ashyo bazasiga aylanib qolishiga barham berish Respublika ichki
siyosatining eng muhim strategik masalalaridan biri hisoblanadi.
Men o‘z loyihamda olmadan kompot tayyorlash va saqlash texnologiyasini
loyihalashtirdim. Asosan men
tavsiya etayotgan texnologiya, jahon bozorlarida
raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Men bu
loyihani tuzishda viloyatimizda yetishtirilayotgan mahsulotlar miqdorini, xalqning
bu mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rgandim. Chunki olma kompoti boshqa
mahsulotlarga
nisbatan vitaminlarga boy, xushta’m mahsulot hisoblanadi. Xom
ashyo zonasini rejalashtirdim, bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyati
bo‘lgan tumanlarni o‘rgandim. Kompot tayyorlash va
saqlash texnologiyalarini
o‘rganish asosida quyidagi xulasalarga keldim.
1.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligiga sanoatni olib
kirish, fermer xo‘jaliklari uchun kichik hajmli texnologiyalarni joriy etish va
fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan mevalarni nes-nobud qilmasdan o‘zlarida
saqlash va qayta ishlash masalalarini hal qilish zamon
va xukumat talablaridan
kelib chiqadi.
2.
Olmadan kompot tayyorlashda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash
uning haridogirligini oshiradi.
3.
Olma kompotini saqlashda mahalliy shart-sharoitni bilgan holda tashkil
etilsa ularning sifati o‘zgarmaydi va saqlanuvchanligi oshadi.
40
4.
Men loyihalayotgan texnologiya mavsumda 1500 tonna olmadan kompot
tayyorlash va saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mavsumda 64 kun ya’ni 103
smena ishlaydi. Mavsum davomida 4795000 shartli banka mahsulot ishlab
chiqaradi.
5.
Ushbu texnologiya juda oddiy bo‘lib, ishlovchilar va atrof muhitga salbiy
ta’sirlari bo‘lmaydi.
6.
Men loyihalayotgan texnologiya iktisodiy samarador bo‘lib
mavsumda
1500 tonna olmadan kompot tayyorlaydi va ularni saqlash quvvatiga ega bo‘lib, 1
sh.b. kompotning tannarxi 2071,0 so‘m va sotish bahosi 2795,8 so‘mni tashkil
etadi. Bunda sof foyda 3475620,5 ming so‘mni tashkil etadi. Korxonani o‘z-o‘zini
qoplash muddati 2,7 yilni tashkil etadi.
Men bitiruv malakaviy ishimda ishlab chiqqan texnologiyaning arzonligi,
qo‘layligi va iqtisodiy jixatdan samarali ekanligini hisobga olib ishlab chiqarishga
tadbiq etishni tavsiya etaman.