Mavzu: Vitaminlar. Darsning ta`limiy maqsadi



Download 2,29 Mb.
Sana25.06.2017
Hajmi2,29 Mb.
#15508
Mavzu: Vitaminlar.

Darsning ta`limiy maqsadi. O’quvchilarga vitaminlarning ahamiyati, turlari, vitaminlarga boy mahsulotlar haqidagi bilimlarni o’rgatish va ongiga singdirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning tafakkur, hotira, idrok , erkin fikr, mustaqil qaror qabul qilish, hozir – javoblikka , topqirlikka o`rgatish va ilmiy, ekologik, biologik, bilimlarini kengaytirish

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Vitaminlarning organizmimizda yetishmasligi natijasida odamlarda kelib chiqadigan turli xil kasalliklar, ularni oldini olish profilaktik chora-tadbirlarga rioya qilishga sog’lom hayot tarziga ega bo’lishga o’rgatish.Yangi bilim berish

Dars turi: Yangi bilim berish

Dars jihozlari: Darslik,mavzuga oid rasmlar, slaydlar kompyuter kadaskop

Darsning usuli: Savol-javob, suhbat munozara, musobaqa, guruhlarda ishlash (interfaol usul)

Darsning shiori:

“Barcha dunyo ne’mati sog’liqga teng kela olmas”



B.Hiloliy.



Darsning bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qismi

2 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayon etish

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Guruhlarda ishlash

6 daqiqa

6

Dars yakuni va o`quvchilarni baholash, uyga vazifa berish

2 daqiqa

Darsning borishi:

1.Darsning tashkiliy qismi:

- Salomlashish;

- Davomatni aniqlash;

- Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorganligini tekshirish

II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimlarini savollar orqali aniqlash va baholash.

A) Moddalar almashinuvi deb nimaga aytiladi?

B) Moddalar almashinuvida hosil bo’lgan energiya nimalarga sarflanadi?

S) Oqsillar organizm uchun qanday ahamiyatga ega,to’liq ma’limot bering?

D) Yog’lar aimashinuvi qanday ahamiyatga ega?

E) Uglevodlar xsusuyatlarini gapirib bering?

F) Suv moddalar almashinuvida qanday xsusiyatga ega?

J) Mineral tuzlar moddalar almashinuvida qanday xsusiyatga ega?1. vitaminlar



Yangi dars rejasi: 1.Vitaminlar haqida Tushunchlar.

2.Vitaminlarning guruhlari.

3. Vitaminlar yetishmaganda kelib chiqadigan kasalliklar.

4.Vitaminlarga boy mahsulotlar.



Yangi dars bayoni : Vitaminlar biolo'gik faol moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I.Lunin [1853-1938] 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar arganizimi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi uning ko’ra ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organimiz mukin emas, deyilgan edi.

Keyinchalik bu no’malum muhim moddalar 1912- yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlanadi [vita- hayot degan ma’noni bildiradi ]

Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib , ularning har biri odam organizmida biror vitamin mutlaqo yo’qolsa , avitaminoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminiz, me’yoridan ortib ketsa, gipoervtaminoz deb ataladi. Bu holatlarning har qaysisida o’ziga xos xastalik belgilari paydo bo’ladi. Masalan , gipovitaminoz A, gipavitaminoz B gipavitaminoz C va hakoza.

Vitaminlar suvda va yog’da eriydigan guruhlarga bo’linadi. Suvda eridigan vitaminlar- B1, B2, B6, B12, PP va C. Yog’da eridigan vitaminlar - A, D,E,K,A vitamin hayvon va odam organizmining o’sishi va rivojlanishjda, hujayralarning bo’linib ko’payishida , epiteliy to’qimasining [terining ustki qavati , nafas yo’llari, ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq qavati ] funksional holatini normal saqlashda , ko’z o’tkiligining yaxshi bo’lishini ta ‘ minlashda muhim ahamiyatga ega.

Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqlashib yorilib, nafas yo’llari va oshqozon - ichak ichki qavatining yallig’lanish kasallari yuzaga keladi. Ko’rish o’tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong’da yaxshi ko’ra olmaydi. Bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi varivojlanish susayadi. A vitamin baliq yog’ida, sariyog’da, tuxum sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o’rik tarkibida ko’p bo’ladi.

B guruh vitaminlarga B1 [tiamin ], B2 [riboflayin ] B6, B12, B15 va boshqalar kiradi.

B1 vitamini [tiamin] markaziy narv sistemasida qo’zg’alish va tormozlash jarayanlari normal o’tishida, odamning aqliy faolyati yaxshi bo’lishida muhim o’rin tutadi. Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarlimiqdorda bo’lmasa, odamda gipovitaminoz B1 kasalligi yuzaga keladi. Buning begilari oyoq-qo’l musku llarining uvish og’rishi, holsizlik , tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayishi, ya’ni o’zlashtirish, esda saqlash, e’tiborNi muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlarning pasayishidir. U arzimaga narsaga jahli chiqadigan bo’lib qoladi. Bu vitamin uzoq muddat davomida yetishmasa, avitaminoz B1, ya’ni beri-beri degan kasallik yuzaga keladi. Bunda nerv sistemasidagi o’zgarish oqibatida nerv tolalari falajlanadi, teridagi sezuvchanlik oldini- ga kuchayadi, so’ngra yoqoladi, qo’l oyoq muskullariningharakati kuchsizlanadi. Odamoyog’ini yaxshi ko’tara olmaydi va u qodamini kalt-kalta, xuddi oyog’iga kishan solingan odamga o’xshab bosadi. Bu vitamin gurucvh po’stlog’ida, bug’doy non, loviya, no’xat, tuxum, sarig’i, yong’oq, mol jigari tarkibida biladi.

C vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida, ayniqsa, oqsillar va uglevodlar almashinuvuda mihim orin tutadi. Uning yetishmasligi tufayli singa kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning shishib, boshashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, tush cho’tka bilan tozalanganda milk qonashi kuzatiladi.Bu vitamin ho’l mavalarda,kokatlarda, sabzavotlatda, ayniqsa, limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko’p bo’ladi.

D vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvu normal o’tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo’lgan bolalar suyagining to’g’ri shakllanishi, o’sishi vs rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida oysh bolalarga raxit kasalligi yuzaga keladi. D vitamin baliq yog’ida, tuxum sarig’ida, sut va sut mahsulitlarida ko’p bo’ladi. U quyoshning ultrabinafsha nirlari ta’sirida odam terisida ham hosil bo’ladi. Bolalarni ochiq havoda chiniqtirish raxit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.1.Vitamin nima?

Darsni mustahkamlash:

1.Vitamin nima va qaysi olimlar tomonidan o’rganildi?

2. A va B guruh vitaminlari yetishmaganda qanday kasallik yuzaga keladi?

3. A vitamin qanday ahamiyatga ega?

4.Vitaminlar qanday guruhlarga bo’linadi va ularni guruhlari bo’yicha sanang?

5. Beri-berib kasalligining qanday alomatlari bo’ladi?

6. C vitamini yetishmaganda qanday kasallik yuzaga keladi?

7. D vitamini yetishmaganda qanday kasallik yuzaga keladi?

8. A vitamin qanday mahsulotlarda ko’p bo’ladi?

9. C vitamin qanday mahsulotlarda ko’p bo’ladi?



Darsni mustahkamlash:

O’quvchilar baholanadi va g’olib guruh aniqlanib rag’batlantiriladi.



Uyga vazufa: Mavzuni o’qib, test va boshqotirmalar tuzish, vitaminlar haqida ma’lumotlar yozib kelish.


c:\users\бахтиёр\saved games\desktop\новая папка (3)\img_20150122_095116.jpgc:\users\бахтиёр\saved games\desktop\новая папка (3)\img_20150122_095232.jpgc:\users\бахтиёр\saved games\desktop\новая папка (3)\img_20150122_103621.jpgc:\users\бахтиёр\saved games\desktop\новая папка (3)\img_20150122_095125.jpgc:\users\бахтиёр\saved games\desktop\новая папка (3)\img_20150122_103649.jpgc:\users\бахтиёр\saved games\desktop\новая папка (3)\img_20150122_103604.jpg

Erta homiladorlikning reproduktiv salomatlikka

ta’siri.

Reproduktuv salomatlik bilan bog’liq muommolar butun dunyoda ayollar kasalliklari va o’limining asosiy sababchisi hisoblanadi. O’zining tom ma’nosida reproduktiy salomatlik masalari ayollarning ham, erkaklar ning ham salomatligi o’z ichiga oladi. Repruduktiv salomatlik muhofasi katta ahamiyatga ega va ming yillik drklaratsiyada begilab berilgan rivojlanish sohasidagi maqsadlarga erishish uchun ochqich vazifasinio’taydi.

Reproduktiv salomatlik bilan bog’liq masala va muommalar ijtimoiy –iqtisodiy hayotning turli jabhalariga olaqadordir .

Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini yaxshilash yo’lida ko’p ishlar qilinmoqda. 2386tadan ortiq ayollar maslahatxonalari, 2 ta ilmiy tekshirish markazi: Akusherlik va ginekologiya ,Pediatriya hamda uning viloyatlardagi bo’linmalari homiladorlik va tug’ruqning mo’tadil kechishiga yordam beruvchi 3 ta perinatal markaz mavjud. Respublika reproduktiv salomatlik markazi tashkil qilingan.

Reproduktiv salomatlik shunchaki reproduktiv tizim, uning faoliyati va jarayonlarga oid kasallik va nuqsonlar yo’qligi emas, u kishining jismoniy, aqliy va ijtimoiy holati ko’ngildagidek ekanligini bildiradi.

Reproduktiv salomatlikka liddiy xavf soluvchi tahdidlardan biri erta homiladorlikdir. Tug’ish uchun eng maqbul yosh 19 dan 35 yoshgacha hisoblanadi. Ko’pchilik qizlar uchun 19 yosh ularning organizmi yangi insonga hayot ato etib,homiladorlikka va tug’ishga tayyorligini anglatadi.

Biroq hatto shu hollarda ham istisnolar uchraydi. Har bir kishining o’ziga xosligi uning reproduktiv vazifani (insonni yaratish vazirasi )ado etishga tayyorligida ham nomoyon bo’ladi. Barchamizga ma’lumki, tug’ishga tayyorlik deganda organizmning yurak –qon tomir, mushak, suyak, asab va boshqa tizimlarining homiladorlik yukiga bardosh bera olish qobiliyati nazarda.

Jinsiy hayotning erta boshlaninshi,turli ko’rinishdagi(ma’naviy, ruhiy, jismoniy)ko’rinishdagi turli xildagi qizlarning salomatligiga juda noxush ta/sir ko’rsatadi.

Odatda jismoniy mashqlar bilan shig’illanadigan, umumiy va shaxsuygigiyena qoidalariga amal qiladigan o’smirlar jismoniy va ruhiy jihatdan ham,aqliy jihatdan ham to’liqroq va tezroq rivojlanadi.

Keyingi vaqtda nikohning “yosharishi” degan tushuncha paydo bo’ldi.

Erta qurilgan nikoh erta homiladorlikka olib keladi.erta homiladorlik xavfli bo’lib, ko’plab jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki yosh ona organizmi hali homiladorlik kabi yukka tayyor emas. Natijada yosh onalar va ularning farzandlari orasida olim darajasining yuqoriligi kuzatiladi. Aynan shu sababga ko’ra, homilador ayolning tirli yuqumli kasallilli bola salomatligi uchun katta xafv tug’diradi.Agar u qiz bolalik davrida tekshiruvdan o’tmagan, kasalligini aniqlamagan va davolanmagan bo’lsa, ushbu kasalliklar homiladorlik paytida zo’rayadi. Natijada, bu turli potologiyalar, og’ir me’yorda n og’ishlarga olib keladi, homola to’laqonli rivojlanishdan to’xtaydi va bolalarning dunyoga kelmasdan nobud bo’lishi xavfi tug’iladi.

Homilano oy-kuniga yetkazib tug’ishga tayyor bo’ilmagan, hali mushak, suyak va gormonal tizim, tos-son suyagi rivojlanishi oxiriga yetmagan yosh ona organizmi zo’riqishag dosh berolmaydi. Bola va ona o’rtasida qon almashinivi holatining buzilishi yuz berishi mumkin, bu esa kislorod tanqisligini keltirib chiqaradi va tug’ilish jarayonida nobud bo’lishi mumkin bo’lgan zauf, nuqsonli homila rivojlanishiga ilb keladi. Nimjon, jismoniy yetilmagan qizlar homiladorlik paytida kamqonlik, qon bosimi poto’liyasi, qon ketishi va h. k. xavflarga duch keladilar: bu ham, o’z navbatida, og’ir oqibatlarga hatto erta o’limga olib kelishi mumkin.

Erta va istalmagan homiladorlik holatlari ba’zi o’smir qizlar orasida kuzatilishi mumkun. Bunga sabab erta jinsiy hayot boshlash haqida noto’g’ri qaror chiqarish va homiladorlikning oldini olish borasida bilimlarning yoqligi bolishi mumkun. Ba’zan homiladirlik jinsiy zo’ravonlik natijasida sodir bo’ladi.

Har qanday holatda ham qizlar malakali mutaxassisdan maslahat olishlari, yaqin kishilarining ko’magida foydalanishlari lozim.

Qanday qilib bo’lmasin homiladorligini yashirish istagi, shubhali odamlarga bundan xolos qilish iltimosi bilan murojaat qilish tuzatulmas oqibatlarga – bepushtlikdan o’limgacha – oilb kelishi mumkun.Har bir qiz bola shuni yaxshi bil;ishi lozimki, shifokor etikasi va siri degan tushuncha bor. Yaxshi mutaxassis va shifokor ularning sirini oshkor qilmaydi. Yaxshisi begona kishilardan ko’ra o’zingga qadrli bo’lgan yaqin insonlarga ishongan ma’qul.

Albatta, yaqilarni bu narsa qattiq ranjitadi, ko’p yoqimsiz gaplarni eshitishga to’g’ri keladi, biroq har bir inson o’z qilmishlari uchun javobgarligi va bu dashnomlar qilmishlariga yarasha baho ekanligini unutmasligi darkor



Yahgibozor tumani 1- son umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Matchanova Nasibaning “Erta turmush qurishning reproduktuv salomatlikka ta’siri” mavzusidagi ma’rizasi
Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish