АНДИЖОН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК ИНСТИТУТИ
6.Kursdoshlaringiz ichidan kim bilan mashg’ulotlarga birgalikda tayyorlanishni
yoqtirasiz?
7.Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
2.4. Sotsiometriya metodi.
Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo’lib, kichik
(birlamchi) guruh a’zolari o’rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita
o’rganish va darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan
guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatda
kim bilan ishtirok etishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, chizma,
jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi
odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi.
Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos. Uni
takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar YA.L.Kolominskiy va
I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab
o’zgartirilgan variantlari, ko’rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir-
birini
tanlash
motivlarini
aniqlash
mumkin.
Ayniqsa
sotsiometriyaning
YA.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o’zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi
shaxslararo munosabatlar to’g’risida to’la axborot berishga yordam beradi.
Odatda o’quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen
sayohatga kim bilan birga borishni xohlaysan?», «Mashg’ulotlarga kim bilan birga
tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qo’shni bo’lib yashashni yoqtirasan?»
sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma’qul» deb tanlashi lozim. Unga «avval,
hammadan ko’ra ko’proq kim bilan birga bo’lishni xohlasang, o’shaning familiyasini
yoz», «agar sen istagan shaxs to’g’ri kelmasa, yana kim bilan birga bo’lishni istasang,
shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini
yoz» deb uqtirish maqsadga muvofiq.
Guruhiy tabaqalanishni ko’rsatish uchun sotsiogramma to’rtta «maydon»ga
ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o’g’il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi.
Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soniga to’g’ri keladi. Guruh a’zolarining
o’zaro munosabatlari doiracha va uchburchaklar strelkalar bilan bog’langanida o’z
ifodasini topadi. Eng ko’p munosabatga ega bo’lgan sinaluvchi doiraning markazidan
o’rin oladi. U guruh a’zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi. SHaxslar bilan
aloqa o’rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi
«maydon»larga o’rtacha va undan kamroq tanlangan tekshiriluvchilar joylashtiriladi.
SHu yo’l bilan birinchidan shaxslararo munosabatning darajasi va ko’lami aniqlanadi,
ikkinchidan qizlar bilan o’g’il bolalar o’rtasidagi ko’rsatkichlar taqqoslanadi.
Natijalariga qarab guruhdagi munosabatlar va ularning o’ziga xosligi, psixologik
mexanizmlari, barqarorligi, puxtaligi, o’zaro bir-birini taqozo etuvchanligi haqida
xulosalar chiqariladi. SHu bilan birga nazariy va metodologik ahamiyatga molik
g’oyalar, qonuniyatlar ilgari suriladi, amaliy ko’rsatmalar beriladi, aniq tavsiyalar
bildiriladi, mavzuning tadqiqot istiqboli to’g’risida mulohazalar yuritiladi.
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi..
Do'stlaringiz bilan baham: |