MAKTABDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI
ISHLARNING FORMALARI
Sultanova M.M.
Andijon shahar 25-maktabi matematika fani o’qituvchisi
Maktabda matematika o’qitishning muhim vazifasi keng ma’lumotli har
tomonlama rivojlangan kishilar tayyorlashdan, o’quvchilarni o’quv rejasidan har bir
fanga oid chuqur va puxta bilimlar bilan qurollantirishdan, ularda bilimlarni
mustaqil to’ldira borish, ularni amalda qo’llay olish malakasini tarbiyalashdan
iborat. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi- o’quvchilarda fanga qiziqishni
rivojlantirish, olinadigan bilimlarni to;ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik
dalil va ma’lumotlar, malaka va ko’nikmalarni hosil qilishdan iboratdir.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deyilganda o’quvchilarni o’qituvchi
rahbarligida darsdan tashqari paytda sistemali mashg’ulotlari tushuniladi. Sinfdan
tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farq qilish lozim. Uning birinchisi
programma materialini o’zlashtirishda orqada qoladigan o’quvchilar bilan ishlash,
bunga qo’shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi matematikani
o’rganishga qiziquvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar. Birinchi tur
mashg’ulotlar 3- 4 o’quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan haftada bir marta
o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko’proq
ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadni ko’zlaydi:
1.
O’quvchilarda matematikaga va uning tadbirlariga qiziqish uyg’otish.
2.
O’quvchilarning matematikadan reja bo’yicha bilimlarini kengayatirish.
3.
O’quvchilarda ilmiy tekshirish harakteridagi malakalarni hosil qilish.
4.
Mtematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash.
5.
O’quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyot bilan ishlashga o’rgatish.
6.
O’quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati haqidagi O’rta Osiyo
matematika maktabining dunyo fani orasida yetakchilik roli haqidagi tasavvurlarini
kengaytirish.
Аниқ фанларни ўқитишни модернизациялаш: инновацион таълимнинг янги моделлари ва амалиёти, 2020 йил 17 апрель
134
1.Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning formalari quyidagilar: matematika
to’garaklari, matematik vektorinalar, konkruslar va olimpiadalar, matematika
kechalari, matematik ekskursiyalr, matematik insholar, maktab matematika
matbuoti va hokazolar.
2.Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning ba’zi formalari.
Mаtematika to’garagi: Maktabda matematikadan sinfdan tashqari ishning
asosiy formasi matematika to’garagidir. Maktabda matematika to’garagi bo’lmasa,
sinfdan tashqari boshqa ishlarning hech qaysi bir formasi (matematik olimpiada va
matematika kechasi o’tkazish, matematika gazetasi chiqarish) mumkin bo’lmaydi,
chunki maktabda matematika ishlarini tashkil qiladigan faollr to’garak a’zolaridan
iborat bo’ladi.
To’garakning asosiy vazifalari.
1.Programmaning ayrim qismlarini chuqurroq o’rganish, o’quvchilarning
matematik bilimlarini kengaytirish.
2.O’quvchilarning individual qiziqishlarini va qobiliyatlarini o’stirish.
3.Maktabda “matematik atmosfera” yaratish.
Maktabda matemarik atmosfera o’qitishni hamda ommaviy harakterga ega
bo’lgan tadbirlarni tashkil etuvchi, sinf ishi bilan sinfdan tashqari ishlarni qo’shib
olib boruvchi matematika to’garagi ishini muntazam va yaxshi yo’lga qo’yilishi
bilan vujudga keltiriladi. Maktabdagi “matematik atmosfera” ning hayotiyligi
o’quvchilarning qiziquvchanligi, ijodkorligini vujudga keltirish bilan bog’liqdir.
To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy. Ba’zi bir o’qituvchilar to’garakka faqat
matematikaga qiziquvchi o’quvchilarni gina jalb qilish kerak degan nuqtai-nazar
bilan qraydilar. Sinfdan tashqari ishning yaxshi yo’lga qo’yilishi o’quvchidan
matematikaga qiziqish uyg’otishi mumkin. Har bir bolada matematikaga qiziqish
uyg’otish mumkin, shuning uchun har bir o’quvchi to’garakka a’zo bo’lishi
mumkin. To’garak a’zolarining doimiy soni 20 tadan oshib ketmasligi maqsadga
muvofiqdir. To’garakning bir maromda ishlashi muvoffaqiyat garovidir.
Mashg’ulotlarni qat’iy belgilangan kunlarda va soatlarda o’tkazilishi, mashg’u-
Do'stlaringiz bilan baham: |