Bu tugmalar yordamida nota kiritish uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1.
Nota kiritish kerak bo’lgan takt belgilab olinadi;
2.
Nota terish rejimiga kirish uchun klaviaturadan “N” xarfi bosiladi. Bunda
tanlangan taktda vertikal chiziq paydo bo’ladi;
3.
O’ng qo’l barmog’i bilan kompyuterning raqamli
klaviaturasidan kerakli
nota uzunligiga mos kelgan raqam bosib turiladi. Kompyuterning raqamli
klaviaturasi to’la ravishda notalar klaviaturasiga mos keladi. Ya’ni 1 raqami
32-notaga, 2 raqami 16-notaga va hakozo moslik mavjud. Bunda “
+
” tugmasi
bosilsa asosiy notalar ustunidan keyingi ustunlarga o’tiladi.
4.
Chap qo’l barmog’i bilan asosiy klaviaturadan notalarning xarfli
belgilanishlari bosiladi.
Natijada belgilangan joyda kerakli uzunlikdagi
va balandlikdagi nota paydo
bo’ladi. Uni bir oktava yuqori yoki pastga tushirish uchun “Ctrl+↑” va “Ctrl+↓”
tugmalar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Asosiy klaviaturani yuqoriga (↑) va
pastga (↓) yo’naltiruvchi tugmalari yordamida sekin asta nota uzunligini o’zgartirish
mumkin. O’ngga (→) va chapga (←) yo’naltiruvchi tugmalar yordamida esa bir
notadan ikkinchi bir notaga o’tiladi. Notaga yuqoridan interval qo’shish uchun
asosiy klaviaturadan 1- unison , 2
- sekunda, 3 – tersiya va boshqalar tugmalar
bosiladi. Notaga pastdan interval qo’shish uchun “Shift”
tugmasi bosib turilgan
holda asosiy klavituradan raqamlar bosiladi. Akkordlar ham shu kabi kiritiladi.
Akkord tovushlari bo’yicha yuqoriga yoki pastga siljish uchun mos ravishda “Alt +
↑” va “Alt+↓” tugmalar kombinatsiyasi bosiladi. “R” tugmasini bosish orqali
kiritlgan notani qayta terish mumkin. Noto’g’ri kiritilgan notalarni “Ctrl + Z”
tugmalari yordamida bekor qilish yoki “Del” tugmasi yordamida o’chirish mumkin.
Tanlangan miqdorning to’xtalishlarini (pauzalarini) kiritish uchun avval F7
tugma bosilib raqamli klaviaturani asosiy notalar terish rejimiga o’tkaziladi, so’ng
“0” raqami bosiladi. Butun takt uzunligidagi to’xtalishni kiritish uchun avval F8
tugmasi bosilib yordamchi notalarga o’tiladi, so’ng “0” raqami bosiladi. Alteratsiya
va artikulyatsiya nota kiritib bo’lingandan so’ng ham kiritish mumkin.
Buning
uchun kerakli nota belgilanadi, so’ng raqamli klaviaturadan
mos keluvchi raqam
bosiladi. kerakmas belgilar shu tugmachani qayta bosish bilan o’chiriladi, ya’ni bir
marta bassa yoziladi, yana bir marta bossa o’chiriladi. Bunda avval F7-F12
tugmalarni bosib raqamli klaviaturani kerakli ko’rinishga moslab olinadi. Masalan,
F7 tugmasi bosilsa raqamli klaviatura asosiy notalar rejimiga o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: