psixofiziologik vazifalarni
ko‘rib chiqamiz.
Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga
odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, o‘tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va
qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor
vazifalar haqida so‘z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida
mustahkam o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar
kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat
tomonidan belgilangan bo‘ladi.
Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat vositalarini
zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, biror ma’lumotni xotiramizda saqlab
qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin
agarda biz yodda saqlab qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo‘lmaganimizda, bu
faoliyatni amalga oshira olmagan bo‘lardik. Mnemik vazifalar tug‘ma bo‘ladi. Bola tug‘ilishi
bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo‘lib,
keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo‘lgan axborot hajmidan tashqari,
yodda saqlashning sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgaradi.
«Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o‘rgangan mashhur rossiyalik psixiatr
S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu
kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa avval sodir bo‘lganlari ham umuman yodda saqlanib
qolmaydi. Bunday bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun
ovqatlanganmi yoki yo‘qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga kitobiy asarning
o‘ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o‘qib berganini yodidan chiqarib yuborib, beto‘xtov
o‘qib berardi va, shu asnoda bir necha o‘n martalab takrorlardi. Agar bunday bemor biror matnni
yod olishga urinib ko‘rsa, u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningrni o‘zini ham yodidan
chiqarib yuborishi mumkin.
Shunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik ustqurmasini
tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, harakatlar va muolajalarning
bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining ham imkoniyati mavjud emas.
Istalgan faoliyat tuzilishida
Do'stlaringiz bilan baham: |