11-MAVZU: DIN MADANIYAT FENOMENI.
REJA
1.O‘zbekistonda dinga yangicha qarash va munosabatlarning shakllanishi.
2.“Dinshunoslik” fanining maqsad va vazifalari.
3.Din – ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, manaviy qadriyat sifatida.
Dinning ijtimoiy funksialari – vazifalari.
4. Миллий ва жаҳон динлари.
Tayanch so’z va iboralar
Din, dinshunoslik, dinshunoslik fanb predmeti, dinning strukturasi, dinning funksiyalari:
dunyoqarashlik, tarbiyaviy, regulyatorlik, integratorlik, kompensatorlik, kommunikativliк,
totemizm, animism, fetishism, shomonlik, magiya, milliy dinlar: hinduiylik, konfutsiylik,
daotsizm, iudazim,буддизм,христианлик.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘tgan yillar davomida ijtimoiy tuzum, siyosiy
o‘zgarishlar kishilar ma’naviyatida o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Inson ma’naviy kamolotining
omillaridan biri bo‘lgan din mamlakatimiz hayotida o‘ziga xos munosib o‘rinni egalladi.
Ko‘pgina millat, turli diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashayotgan O‘zbekistondagi barcha
dinlarning tengligini ta’minlash, fuqarolarning e’tiqodiga hurmat bilan qarash, mamlakatda
tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot imkoniyatlarini
kengaytirishning muhim shartlaridandir.
Ma’naviy
taraqqiyot
imkoniyatlarini
kengaytirish,
rivojlantirishda
esa
dinshunoslik fanining tutgan o‘rni benihoyadir. Hozirgi kunda Oliy o‘quv yurtlarida
o‘qitilayotgan ushbu fanining vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali
fan doirasiga kirgan masalalarni taxlil qilishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo‘llab, ularda
diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil
fikr yuritish orqali ilmiy- falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni shakllantirishdan
iborat.
Dunyoviy demokratik va huquqiy jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan jamiyatda diniy
e’tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri idrok etishda mazkur
fanning ahamiyati kattadir. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo‘lgan din
xalqlar hayoti bilan bog‘liq holda rivojlangan, moslashgan, asta-sekin diniy tuzimni vujudga
keltirgan. Natijada, ma’lum ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishni o‘z
zimmasiga olgan. Bunday funksiyalar jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ayniqsa
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Dinshunoslik fani insonshunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida ijtimoiy
taraqqiyotdagi o‘rniga, ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayiiqsa dinning mohiyatini,
jamiyatda, tarixda, ma’naviy madaniyatda tutgan o‘rniga oid ishlangan mavzularda o‘z aksini
topdi.
Din inson tarbiyasiga adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga imkon beradigan
ma’naviy e’tiqoddir. Hozirgi murakkab va mas’uliyatli mustaqillik davrida turli dinlarga
e’tiqod qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, xalqlarni diniy ziddiyatlar girdobiga
tortish, xokimiyat uchun kurash maqsadida dindan foydalanish adolatsizliklarga, nohaq qon
to‘kishga olib keladi.
«Dinshunoslik» fani dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, bir shakldan ikkinchi
shaklga o‘tishini o‘rganuvchi fandir. SHuningdek, dunyoviy davlat qurish yo‘lidan izchillik bilan
borib, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlayottan O‘zbekistonda dinga bo‘lgan
munosabatning asosiy mezonlari ham aniq belgilab beriladiki, amaliy o‘zgarish ham
dinshunoslikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Hurfikrlilikka xos dastlabki fikrlar hurfikr mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar
Hayyom, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi bobokalonlarimizning ijtimoiy-falsafiy
qarashlari bilan boyiganki, ular izchil xulosalarni ham keltirib chiqarishgan - birinchidan, har
qanday din jamiyatda vujudga kelib, jamiyatda shakllanganki, shu sababli din ijtimoiy ong
shakllaridan biridir: ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan
ijtimoiy sharoitlar ta’sirida turli-tuman shakl va ko‘rinish kasb etgan: uchinchidan, ibtidoiy din
tasavvurlaridan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar taraqqiyoti evolyusiyasini e’tirof etish
dinshunoslik haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Fan chiqargan ilmiy xulosalarni talabalar ongiga etkazish, ularda falsafiy dunyoqarashni
kengaytirish, din muammosi bo‘yicha ilmiy erkin fikr yuritish, diniy. manbalarni o‘rganish va
ular bo‘yicha ob’ektiv xulosalar chiqarishda dinshunoslik fanining ahamiyati kattadir.
Ma’lumki, falsafa va boshqa fanlar singari dinshunoslik ham dunyoqarash bilan bog‘liq. U
shaxsda diniy e’tiqodni paydo bo‘lishi, yashashdan boshlab, jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasi
va uning hissiyotiga ta’sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Dinshunoslik o‘ziga xos ilmiy ta’rif berish
bilan birga uning ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini ochadi.
Inson doimo turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaydi va yashagan. Har kimning o‘z
ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi. Lekin, bunday xilma-xillik, qarama-qarshi aqida va
g‘oyalarning mavjudligi murosasiz ziddiyatlarga, jiddiy to‘knashuvlarga olib kelmasligi,
odamlar, dinu mazhablar mamlakatu davlatlar o‘rtasida ijobiy munosabatlarning shakllanishi va
rivojlanishiga to‘siq, sun’iy g‘oya bo‘lmasligi kerak. Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni
majburan o‘z e’tiqodlaridan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda, ta’qiqlab qo‘yishning har qanday
nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. Kursning amaliy ahamiyatidan yana biri
shundaki, qonunlarni mukammal o‘rgangan, tahlil qilgan holda uning mohiyatini, mazmunini
ochib berishga xizmat.qiladi.
Fuqaro, jamiyat, davlat o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatni o‘rnatishda «Dinshunoslik»
predmetining ahamiyati benihoyadir. Konstitutsiyada dinniig tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor
berish lozimligi ko‘rsatilganki, predmet yoshlarga din va hurfikrlilik xaqida ilmiy bilimlar
berish orqali dinning ijtimoiy mohiyatini, u tarixiy xodisa ekanligini tushuntirish bilan jamiyat
rivojlanish borasida zamonaviylashuvini, ba’zan esa yangi diniy guruhlar paydo bo‘lishi
mumkinligini ham tushuntiradi.
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-
bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning
shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va
merosi, o‘zligini omon saqlab keldi.
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada
rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi
tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan
faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini
bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat
qiladi.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning asosida eng
avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta’kidlash zarur. Bu haqda
Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “
Diniy tashkilotlar va birlashmalar
davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning
faoliyatiga aralashmaydi
”.
Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Birinchidan,
diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda
faoliyat olib boradilar. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki
ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
SHu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan
ajratilganini anglatmasligini ta’kidlash zarur. Zero, biror dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar ham
jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi.
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi.
Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki,
davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning
rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |