sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “
materialistik yondashuv
” deb
nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi
yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Evropada cherkov hokimiyatining
susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning
ikkinchi yarmida CHarlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning
chop etilishi ham turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig
Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson
tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan –
murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq
tarixiy evolyusion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy,
fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega
edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli
hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni
kashf etishiga ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va
o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan
ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi
mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati
darajasida ularga sig‘ina boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy
rol o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham
ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab
bo‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining
dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning
barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan
ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor
qaratilganligiga ishora qiladi.
Din tushunchasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, ishonch, inonmoq ma’nosini
bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni
tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks
ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir.
E’tiqod
so‘zi ham arab tilidan kirib kelgan
bo‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma’nosini anglatadi- Demak, diniy e’tiqod deganda
mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy ta’limot nuqtai
nazardan "din", "diniy e’tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma’nosi,
maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo‘lgan, uni go‘yo
yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yo‘llarini
ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak,
qarashlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir.
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga ko‘ra diniy dunyoqarashlar
to‘la hukmron bo‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar
ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab o‘ta
olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan
jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bo‘lgan munosabatlarida
ko‘rishimiz mumkin.
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" risolasida
bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o‘rganishga qaratilgan, Bu falsafa
moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog‘lanishlarini aniqpash orqali o‘rganadi. Din esa
voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan
foydalanish orqali e’tiqod qilishga chakirish yo‘li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab
va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini o‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda
voqelikni falsafiy bilish, o‘z mohiyatiga ko‘ra, diniy bilishdan ustuvordir.
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar" va
"Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo‘lib, bunday bilim
vokelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o‘rganish mumkin bo‘lmagan
joyda qo‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e’tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga
asoslanadi. Beruniyning o‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan shugullangan. U
moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta’sirini cheklashga intilgan.
Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy bilimni din ta’siridan xalos etishga
g‘oyat o‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi
chiqqanlar.
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqikiy ta’limot olamning mavjudlik
sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati,
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini o‘rganishda minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qo‘lga
kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi.
Dinlarning paydo bo‘lishi, qaror topishi va kayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va
psixologik ildizlari mavjudsir. Uning ildizlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, ijtimoiy
taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan o‘rni ham, odamlarga ta’sir darajasi ham
goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj
olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar,
chunonchi oziq-ovqat etishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi,
aholining tez ko‘payib borayotganligi, termo-yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-
muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya’ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy
ekstremizm, terrorchilik, korupsiya, o‘garlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora ko‘proq
taxdid, xavf-xatar tug‘dirmokda.
Din kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy tashkilotlarning
faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari diniy munosabatlar va diniy
tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy
mustaqillikka ega bo‘lib, kishilarning voqelikka bo‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy
yoki salbiy ta’sir etib turadi.
Diniy tushunchalar, tasavvur va kayfiyatlarga moslashib, bularning bevosita ta’siri
natijasida vujudga keladigan dindorlar o‘rtasidagi aloqadorlik va diniy jamoa, uyushma va
tashkilotlarning faoliyatlari diniy munosabatlar deb ataladi. Bunday munosabatlar ijtimoiy,
goyaviy, mafkuraviy munosabatlarning turlari bo‘lib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi,
pirovardi-oqibatda ishlab chiqarish munosabatlarining mahsuli hisoblanadi.
Jamiyatda diniy munosabatlar alohida mavjud bo‘lmaydi; ijtimoiy munosabatlarning
boshqa turlari, chunonchi siyosiy, huquqiy, axloqiy, ma’naviy munosabatlar, mehnat jarayonlari
bilan uzviy bog‘liqsir; bir-birini oziklantirib turadi.
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi,
ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi
aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga
asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy
uyushmaning boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:
1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi
faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a’zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan
mavqe va vazifalarning birligi.
Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar, qoida,
fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar sosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: -
"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari
bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi.
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi
yangilanish jarayoni va tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat ijobiy
tomonga o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi,
vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra,
din
– muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar
etkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga
ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar,
jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga
(muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va
yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati
avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul
qilishdan iborat.
Din
– tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning
bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga
to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda
etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy
tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur
qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha
o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli
tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiy-
ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz
biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaraganda din
jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni
yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda
bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |