mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli,
«ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat qilgan.
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini
ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim.
Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat
texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon
go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining
estetiklashishi ro‘y beradi.
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU.
Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat
sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy
jihatiga aloqador»
. Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat
jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni
his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy
ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat
jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun
inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha,
gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim;
bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi.
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniy-moddiy mehnat
jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz.
Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq.
Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi
spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida
tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng
tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga
tushirgan. Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga
ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu
«o‘zini qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat
sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai.
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam
emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni,
ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: