“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Mehnat- turmush estetikasining muhim omili



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

 
Mehnat- turmush estetikasining muhim omili.
Mehnat – insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan maqsadli 
faoliyat. U kundalik ma’naviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, ma’naviy 
hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson, ayni paytda, ham aqliy ham 
jismoniy tomondan tarbiyalanib, ma’naviy yuksalib boradi. Biroq mehnat og‘ir majburiyatga 
aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu sababli, mehnat har jihatdan yuksak 
samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Zotan 
o‘ziga yoqqan, erkin mehnat turini bajarayotgan kishilarning «Bu ishni men o‘ynab qilib 
qo‘yaman» qabilidagi gaplari, erkin mehnatni o‘yinga qiyoslashlari bejiz emas. O‘yin – 
san’atning asosi ekanini nazarda tutsak, bu bilan o‘z kasbini, ishini sevgan odamlar uni ijod 
darajasiga ko‘tarishga harakat qilayotganini ko‘ramiz. Zotan sevmoq – erkinlik, ijod esa, erkinlik 
mevasi. Mehnat erkinligini, unga erkin munosabatni shakllantirish hamma zamonlarda ham 
muhim masala bo‘lib kelgan. Og‘ir mehnatni engillashtirish, erkinlashtirish maqsadida inson 
qadimdan uni badiiylashtirishga, estetiklashtirishga intilgan. Bunga halq og‘zaki ijodidagi 
mehnat turlariga bag‘ishlangan qo‘shiqlar yaxshi misoldir. Ular mehnat jarayonining qiziqarli, 
«ichdan» bo‘lmasa ham, «tashdan» go‘zal, musiqiy, badiiy bo‘lib ko‘rinishiga xizmat qilgan. 
Hozirgi paytda mehnat jarayonining ham «ichdan», ham «tashdan» go‘zal bo‘lishini 
ta’minlashni uyg‘un tarzda amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etgan. Bunda yana dizaynning 
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlash lozim. 


Mehnat estetikasida dizaynga bo‘lgan talab ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Unda faqat 
texnikaviy go‘zallik emas, botunisicha texnologik jarayon va ishlab chiqarish joyi – makon 
go‘zalligi ham dizayn qonun-qoidalariga bo‘ysunishi: inson – texnika – makon tizimining 
estetiklashishi ro‘y beradi. 
Mehnat bilan nafosatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ukrainalik estetik olim D.YU. 
Kucheryuk diqqatga sazovar fikrlar bildiradi: «Mehnatning mazmuni aynan o‘zini qadriyat 
sifatida namoyon qilishi bilan belgilanadi, – deb yozadi u. – Nafosat ham mehnatning mazmuniy 
jihatiga aloqador»

. Bunga misol tariqasida u inson o‘z ruhiy-fiziologik quvvatining mehnat 
jarayonini boshqarish mahoratiga egaligidan ruhlanishini va butun vujudi bilan estetik quvonchni 
his etishini ta’kidlab o‘tadi. Darhaqiqat, bunday holatda insonning ijodiy munosabati, ruhiy 
ko‘tarinkiligi mehnat bilan estetikaning uyg‘unlashib ketishiga olib keladi, nafosat mehnat 
jarayonini jonlantiradigan hodisaga, uni go‘zallashtiradigan qudratga aylanadi. Buning uchun 
inson – texnika – makon tizimida, ya’ni, dastgohlardan tortib, devoru imoratlargacha, 
gultuvakdan tortib, darpardalargacha bo‘lgan muhitda dizaynerning ijodiy yondashuvi lozim; 
bunda ranglar nafosati ham alohida rol o‘ynaydi. 
Nima uchundir biz, mehnat estetikasi deganda, ko‘pincha faqat jismoniy-moddiy mehnat 
jarayonlaridagi nafosatni tushunamiz va asosan uni zo‘r berib tadqiq etishga urinamiz. 
Vaholanki, ma’naviy-aqliy sohalardagi mehnat ham jiddiy e’tiborga, estetik tahlilga loyiq. 
Masalan, teatr san’atidagi mehnatni olib ko‘raylik. Ulug‘ rejissyorimiz Mannon Uyg‘ur yangi 
spektaklni tayyorlashda «o‘zi ham tinmagan, boshqalarni ham tindirmagan». Repetitsiya paytida 
tushlikka chiqishga vaqt topolmaganidan unga uyidan ovqat olib kelishgan. Spektakldan so‘ng 
tunlari tahlil bilan shug‘ullangan, teatr san’atining muhim masalalariga doir qoidalarini qog‘ozga 
tushirgan. Buyuk fransuz yozuvchisi Balzakninng esa, kuniga 14-16 soatlab ishlagani hammaga 
ma’lum. Mehnat tufayligina san’atkor o‘z iste’dodini namoyon qila oladi, ayni paytda ana shu 
«o‘zini qiynash»dan u butun borlig‘i bilan quvonch hissini tuyadi. Badiiy ijod estetik faoliyat 
sifatida san’atkor uchun doimo “shirin azob”, «go‘zal a’mol» – estetik zavq manbai. 
Fanda ham mehnatning o‘rni, u olimga beradigan estetik zavq, quvonch san’atdagidan kam 
emas. Ilmiy mehnat tabiatan estetik kechinmalarga boy, chunki unda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni, 
ijod hissini va insonning hayratlanish qobiliyatini namoyon qiluvchi botiniy kuch mavjud. 
To‘g‘ri, bir paytlar fan hissiyotga berilmasdan, sovuqqon va holisona haqiqatni bilishga 
asoslanadi, degan fikr hukmron edi, bunga sabab qilib, bunday qarashning majoziy tafakkurdan 
yiroqligi ko‘rsatilardi. Hozirgi paytda uning aksi isbot talab qilmaydigan haqiqatga aylangan. 
Zotan, fan tarixi unda ikki sifatni – axloqiy-shaxsiy va estetik ibtidoning mavjudligini ta’kidlab 
turadi. Buni V.A. Engelgart shunday ifodalaydi: «Ijod... – san’atning mohiyati. U xuddi shu 


Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish