“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Hayotni tark etish bosqichlari



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Hayotni tark etish bosqichlari. 
Biologik mavjudot sifatida har bir inson o‘limga 
mahkumdir. Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan,o‘z muxoliflaridan 
birining: «O‘ttiz tiran seni o‘limga hukm etdi», degan gapiga Suqrot: «Ularni esa, o‘limga tabiat 
hukm etgan», deb javob bergan. Ammo,odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘limga 
mahkumdir. Hozirgi zamon fanida o‘lish jarayonining to‘rt bosqichi farqlanadi. Bu bosqichlarga 
organizmda yuz beradigan va uning qarishini tavsiflaydigan orqaga qaytarib bo‘lmaydigan 
biologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa, 45 yoshdan keyin 
insonda har kuni u tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon 
yangilanmaydigan o‘n minglab nerv hujayra (neyron)lari halok bo‘ladi. Ammo bosh miya 
qobig‘ida bunday hujayralar soni 40 milliardga etadi va shu sababli «qariyotgan normal miya 
uchun bu jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmaydi, chunki unda yana o‘n milliardlab neyronlar normal 
faoliyat ko‘rsatishda davom etadi»
41
. Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan o‘zini 
olib qochib, jamiyatdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan 
ijtimoiy o‘lim 
yuz berganida 
boshlanadi. Surunkali giyohvand moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, ichki likbozlik, o‘z 
hayotidan doimiy norozilik ijtimoiy o‘limni bildiradi. So‘ngra 
ruhiy 
o‘lim yuz beradi, bunda 
inson hayot tugagani va o‘limning muqarrar ekanligini va o‘z hayoti davomida hech narsaga 
erisha olmaganini anglaydi. 
Miya o‘lishi
bilan bosh miya faoliyati butunlay to‘xtaydi, 
41
Годфруа Ж. Что такое психология. Т. 2. –М.: 1996 г. с. 11. 


organizmning turli funksiyalarini boshqarish barham topadi. Bu jarayon 
fiziologik o‘lim 
bilan 
yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik organizm sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-
kesil to‘xtaydi. 
Suitsid
(lot. sui caedere – o‘zini o‘ldirish) – maqsadli ravishda o‘zini hayotdan mahrum 
qilish, odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qilish. Suitsidga mukammal ta’rifni 
fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo‘yicha, shaxs tomonidan o‘zini 
kutayotgan natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita 
natijasi bo‘lmish har bir o‘lim holati o‘z joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda 
nashr etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim 
mavjud statistik ma’lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy 
ildizga ega xatar ekanligini isbotlagan.). O‘z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi 
munosabatlarda inson o‘zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘l orqali 
echishni istamagan muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan 
bog‘liq tashvish mavjudligidan darak beradi. O‘z joniga qasd qilishga ko‘pincha uzoq davom 
etadigan kasallik, ba’zan esa nogironlik ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Adabiyotlarda uchraydigan suitsidal harakatning 3 turini ko‘rib chiqamiz: 
▘ Namoyishkorana (demonstrativ)
▘ Affektli
▘ Haqiqiy 
Demonstrativ hatti – harakatlar – bu boshqalar uni qutqarishni ko‘zlab, o‘z joniga qasd 
qilishning bir ko‘rinishidir. Bunda o‘zgalarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, o‘ziga nisbatan 
boshqalarda qiziqish uyg‘otish, boshqalarning rahmli bo‘lish hissini keltirish, tarafdor (hayrihoh 
bo‘lish), og‘ir gunohni (aybni) qilib, jazodan qochish, ranjiganlik uchun o‘ch olish, adolatsizlik 
atrofdagilar ranjiganni ayblash holatlari uchraydi. SHuningdek, 16 yoshli bir qiz bir nechta 
aspirin va paratsetamol tabletkalarini qabul qilgan. Uning ta’kidlashiga bunga sabab onasi bir 
yigit bilan do‘stlashishiga qarshi bo‘lganligi va uni tushunishni xohlamaslik bo‘lsa, u qizning bu 
tarzdagi hatti-harakatlari og‘ir jarohatlanish natijasida o‘z sog‘lig‘iga suiqasd qilib kasalxonama-
kasalxona yurishi hayoliga kelmaganida.
Affektiv suitsidial hatti – harakat – yuqori affekt holatida ruy berishi bilan 
xarakterlanadigan xulq–atvor tipi. Affekt holatidagi suitsidial harakatlar saxnalashtirilgan 
(spektakl) shaklida bo‘lishi mumkin, ammo yanada haqiqiy niyatlar ham bo‘lishi mumkin, 
hattoki o‘zoq yillar o‘tsa ham. Affektiv holatlar uzoqqa tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, suitsidial 
harakatlarda beqarorlik (ikkilanishlar) kuzatilishi mumkin. Bir kuni 14 yoshli qizoloq otasi o‘gay 
ona bilan yashayotgan xonadonga keladi, agar otasi uyga qaytmasa o‘zini o‘ldirishini aytadi, 


bunga javoban o‘gay ona qizning qo‘liga pichoqni ushlatib, hoziroq shu ishni qilishi 
mumkinligini aytadi. Qiz pichoqni qo‘liga olgan holda chap qo‘liga bir necha marta uradi.
Haqiqiy turdagi suitsidial harakatlar – uzoq vaqtlar puxta o‘ylangan, aniq bir maqsadga 
qaratilgan bo‘ladi. O‘smir bu ishni qilishdan oldin, shu ishning xavfsizligini o‘ylab qo‘yadi. 
Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar 
hamda ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar, bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar 
hayoti, ularning psixologik muhiti voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga o‘z 
ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’lumki, ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit 
voqeahodisalari o‘smirning ongi, xohish-irodasiga bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning 
ongi, dunyoqarashi, shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. 
I.P.Pavlovning ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv sistemasining 
tug‘ma xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy 
ravishda berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham ham bog‘liq bo‘ladi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish