“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Korrupsiya shakllanishining tarixi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Korrupsiya shakllanishining tarixi.
BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. 
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning 
ahamiyati. Hozirgi zamonda tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. 
Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmokda. 
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan:“Har qanday davlat tizimida - qonunlar va 
boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni 
noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa 
bu borada “Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, 
uni suiiste’mol qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda 
yuradi” degan fikrlarni bildirgan. Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi barcha millatlar, diniy, 
huquqiy adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd etiladi. Davlat boshqaruvi san’atiga 
bag‘ishlangan qadimiy hind dostonlaridan “Artxashastra” (er.avv.IV asr)da podshoh oldida 
turadigan mug‘im vazifalardan biri xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi 
ta’kidlanadi. “Osmonda uchayotgan qushning qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan ko‘ra, 
ayyor amaldorning qanday hiyla o‘ylab topishini oldindan aytib berish mushkulroqdir; 
dengizdagi baliq suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab bo‘lmaganidek, amaldor 
unga ishonilgan mulkni o‘zlashtirayotgan yo o‘zlashtirmayotganligini ham aniqlab bo‘lmaydi”
43
, - deyiladi. G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli 
ko‘rinishlari va korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha 
davrning ilg‘or yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, 
Shekspirning “Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Do‘zax”, 
“Tozalovchi” kabi asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va 
eng chuqur joyiga tashlash kerak degan fikrni bildirgan. 
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli 
o‘rganib, uni yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin 
aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, 
ammo davolash qiyin”. Mana shu so‘zlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng 
tarqalgan korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. 
Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bulib, 
mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana 
“korroziya” suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib 
chikib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan 
ma’noni beradi. 
43
Кузнецов Ю.А., Силинский Ю.Р., Хомутова А.В. Российское и зарубежное законодательство о мерах 
противодействия коррупции. / 


Korrupsiya muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 
22-24 fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora olish 
(o‘ziga og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor 
shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab 
vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan 
shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega 
bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”. 
Shuningdek, “Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat yoki 
harakatsizlik sodir etish (etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan shaxsning manfaatini 
ko‘zlab mansab vazifasini buzgan yozi buzmagan holda, turli shaklda moddiy qimmatliklar 
olishi yoxud mulkiy naf ko‘rishi.” (BMT mansabdor shaxslarining obod-axloq Kodeksi 
17.12.1979 y). 
“Korrupsiya – shaxsiy manfaati yo‘lida davlat hokimiyati vazifalarini suiiste’mol qilishi 
(BMTning Korrupsiyaga qarshi xalqaro kurash bo‘yicha axborot hujjati). Korrupsiya – bu 
shaxsiy manfaat uchun davlat hokimiyati mansab vazifasini suiiste’mol qilish (Butunjahon banki 
hisoboti, 1997 y.) Jahon miqyosida quyidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro-
huquqiy hujjatlarni alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir: 
a) BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”; 
b) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgorlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi; 
v) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi; 
g) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik 
asoslari to‘g‘risida”gi model qonuni; 
d) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo va Tinch okeani 
korrupsiyaga qarshi harakat dasturi”; 
Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasiga (Nyu-
York, 2003 yil 31 oktyabr) qo‘shildi. Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va 
rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashishning Istanbul 
rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo‘shilgan. SHuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy 
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha 
Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda 
ratifikatsiya qilingan. O‘zbekiston mintaqamizda birinchilardan bo‘lib “Jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan 
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi. 


O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-
moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va 
manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish