“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi


Ekspertiza usulida baholash –



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Ekspertiza usulida baholash – 
bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va 
texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‘ngra 
natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi 
muammoning mumkin bo‘lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, 
odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar 
umumiy bir to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni echish vositasi va prognoz qilish 
usuli, ayniqsa, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib chiqishga 
ehtiyoj tug‘ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, 
hatto «g‘alati» g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish 
mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi YUnonistonning 
mashhur Orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. 
Bunda oldinma-ketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan 
tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida 


baholashning yana bir o‘ziga xos metodi – sotsiologik so‘rov mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillarda 
bizda ham, chet elda ham tobora keng qo‘llanilmoqda. 
Kelajak ssenariylari 
– bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan kelajagi 
haqidagi u yoki bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig‘indisi. 
Ssenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish 
mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki 
chetlab o‘tish uchun voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar 
mavjudligini aniqlaydi. 
Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va tarixiy 
yondashuvlarni birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda u tavsifiy xususiyat 
kasb etadi va kompleks prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. SHuni qayd etib o‘tish lozimki, 
ko‘rib chiqilgan metodlarning birortasi ham alohida holda prognozning yuksak darajada 
ishonchliligini ta’minlay olmaydi. SHu sababli amalda, odatda, murakkab, kompleks 
metodlardan foydalaniladi. Mazkur yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish 
va prognozlarning ko‘proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. 
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz 
hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni echishning mumkin 
bo‘lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli 
jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning 
ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol 
intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. 
Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan 
mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, 
mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan 
kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin. 
Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish 
uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan 
davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. 
Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu 
prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – 
kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga 
erishish yoki qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga 
javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay 
o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, 
maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi. 



Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish